• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qonunga e’tirozi bor tadbirkor, 1 mlrd so‘mlik lotni yutgan qarindoshlar, telefon raqami bir raqobatchilar — 31-yanvardagi shubhali tenderlar

    31-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 100 dan ortiq tenderlar amalga oshirildi. “Daryo” muxbiri Abduqahhor Qosimov hujjatlarni monitoring qilib, eng e’tiborga molik savdolar haqida ma’lumot beradi.

    Qarindoshlar yana 1 milliard so‘mlik tenderni yutib oldi

    20-yanvar kuni “Daryo” internet-nashrida Uz Chasys MCHJ o‘tkazgan tenderda ishtirok etgan And Cargo Trans Service va Zafarbek Cargo Trans Servis korxonalari qarindoshlik aloqalari bilan bog‘langani haqida material e’lon qilingandi. Shundan so‘ng Uz Chasys korxonasi holatni tasdiqlab, tender yuzasidan tuzilgan shartnomani bekor qildi. “Daryo” kuzatuvlariga ko‘ra, bir-biriga afillangan ushbu korxonalar ishtirokidagi tenderlar hali ham davom etmoqda.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    31-yanvar kuni transport vositalari qismlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi Uz-Dong Won Co qo‘shma korxonasi tashish va yetkazib berish xizmati uchun o‘tkazgan tender yakunlandi. Boshlang‘ich qiymati naq 1 milliard 1 million 600 ming so‘m bo‘lgan lotda yuqoridagi And Cargo Trans Service va Zafarbek Cargo Trans Servis MCHJlar ishtirok etgan.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Gap shundaki, ushbu ikki korxona ta’sischilari hisoblangan Ismanov Muxiddin Gulamjanovich va Ismanova Fatmaxon Igemberdiyevna 100 foiz ulush bilan afillangan shaxslar hisoblanadi. Ushbu tenderda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 14-moddasida (manfaatlar to‘qnashuvi) ko‘rsatilgan qonun talablari qo‘pol ravishda buzilgan.

    “Daryo” muxbiri holat yuzasidan tadbirkorlar fikrini o‘rganish maqsadida ular bilan bog‘lanishga urindi. Ammo ko‘rsatilgan aloqa telefon raqamlaridan biri vaqtincha ish faoliyatida emas ekan. Ikkinchi raqamga qilingan qo‘ng‘iroqni ko‘targan shaxs adashib tushganimizni bildirdi.

    Tasodiflar ketma-ketligi

    Xavfsiz daryo boshqarmasi kanal va suv omborlari qurilmalarini tozalash ishlarining loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun 24,5 million so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda 2 ta ishtirokchi qatnashdi va “Yo‘l Uy Suv Loyiha” MCHJ g‘olib, New Road Water Project zaxira g‘olib deb topildi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Raqobatchilarning rahbariyati, ochiq ma’lumotlari bilan tanishish jarayonida ikkita shubhali holatga duch keldik.

    Skrin: Statistika agentligi

    Tender g‘olibi “Yo‘l Uy Suv Loyiha” MCHJning ta’sischisi va rahbari Tursunova Zuxra Namoz qizi. Korxona Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan.

    Skrin: Statistika agentligi

    New Road Water Project MCHJning rahbari Xudoyshukurov Quvonchbek Tojimurodovich. Korxona Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan.

    Ma’lumotlarga e’tibor berilsa, ikkala tadbirkorlik subyektlarining aloqa telefon raqamlaridagi so‘nggi 4 ta raqam bir xil: 41 76. 

    Bundan tashqari, g‘olib MCHJning elektron pochta manzili mana bunday: nr_waterproject@mail.ru. Raqobatchi korxonaning nomiga juda o‘xshab ketadi.

    Bu yerda qonun buzilish holati bormi yo bular shunchaki tasodifmi? Mas’ullardan izoh kutib qolamiz.

    Raqobatchilarning bir xil telefon raqamlari

    Surxondaryo viloyati 2-son ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasi bemorlarni yuvintirish xizmati (hammom) uchun boshlang‘ich qiymati 42 million 900 ming so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda “Surxon Yoqut Sifat” va Suppliers Sale MCHJlar raqobat olib bordi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Komissiya a’zolarining yakuniy baholariga ko‘ra, tenderni 90 ball bilan “Surxon Yoqut Sifat” MCHJ yutib oldi, Suppliers Sale esa zaxira g‘olib.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Tender ishtirokchilarining ma’lumotlari bilan tanishish jarayonida ushbu ikki raqobatchi korxonaning aloqa telefon raqamlari bir xil ekani ma’lum bo‘ldi.

    “Daryo” muxbiri ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qildi. Go‘shakni o‘zini Shamsiddin Xalmurotovning o‘g‘li deb tanishtirgan shaxs ko‘tardi. U Suppliers Sale korxonasi faoliyatini o‘zi yuritishini, yuqoridagi tenderda yutqazib qo‘yganini aytdi.

    “Ammo telefon raqamlar bir xil ekani haqida ma’lumotim yo‘q. Balki adashishgandir. Bu yerda hech qanday tanish-bilishchilik bo‘lgan emas”, — deb ta’kidladi u.

    Abonent apparati o‘chirilgan

    Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani markazlashgan Tibbiyot birlashmasi shifoxonadagi generatorni ta’mirlash uchun 31 million 860 ming so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda ham yuqoridagi kabi holatga duch keldik.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    Lotni yutib olish uchun Market Magnet MCHJ va “Ziyo Fahir Nuri” MCHJ kurash olib bordi. Yakunda Market Magnet g‘olib deb topildi.

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Dang‘ara tumanida joylashgan ushbu ikki korxona ta’sischi va rahbarlari boshqa-boshqa odamlar. Ammo aloqa telefon raqamlari bir xil, shuningdek, pochta manzillarida ham o‘xshashlik mavjud.

    “Daryo” muxbiri ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilganida “abonent apparati o‘chirilgan” ekani ma’lum bo‘ldi.

    Qonunga e’tirozi bor tadbirkor

    Buxoro elektr bilan ta’minlash distansiyasi yengil yuk transportlarini ta’mirlash xizmati uchun boshlang‘ich qiymati 135 million so‘mlik tender o‘tkazdi. Unda ikkita MCHJ ishtirok etdi.

    Skrin: “etender.uzex.uz”

    E’tiborlisi, tender g‘olibi bo‘lgan Buxara Auto Leader, zaxira g‘olib Pit Stop Avto MCHJlar bir tadbirkorga tegishli hisoblanadi. 

    Skrin: Statistika agentligi
    Skrin: Statistika agentligi

    “Daryo” muxbiri Ergashev Shahriyor bilan bog‘landi. Uning ma’lum qilishicha, tender 31-yanvar kuni bekor qilingan, ammo tadbirkorga yetarlicha tushuntirish berilmagan.

    “Tenderni bekor qildik, deyishdi. Lekin nega? Ha, to‘g‘ri, men ikkita korxona bilan ishtirok etgandirman, ammo hech kimni cheklaganim yo‘q, istalgan odam kirishi, qatnashishi mumkin edi. Qonunga e’tirozim bor”, — dedi u.

    Mas’ullardan ushbu shubhali tenderlar natijalariga e’tibor qaratib, noqonuniy holatlar bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishni so‘raymiz.

    31.01.2023, 20:38   Izoh (0)   6485
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    Abduqahhor Qosimov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Avvallari donorlikni targʻib qilish uchun idora va tashkilotlarga borsak, ichkariga kiritishmasdi” — Respublika qon quyish markazi direktori A’lonur Saidov

    31.01.2023, 19:35

    Rahbarlari qarindosh ekani tufayli savdolari bekor qilingan ikki korxona yana 1 milliard so‘mlik tenderni yutib oldi

    31.01.2023, 19:13

    “Hech kim koʻchada qolmaydi, munosib ish taklif etiladi” — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qisqartirishga tushgan 17 ming nafar xodim yuzasidan tushuntir...

    31.01.2023, 18:56

    Aholining valyuta ayirboshlashga yoʻnaltirgan pul mablagʻlari hajmi 68 foizga oʻsdi — Markaziy bank

    31.01.2023, 18:31

    Adliya vazirligi: Eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun onlayn buyurtma berishda yuzaga kelayotgan xatoliklar bartaraf etilmoqda

    31.01.2023, 18:23

    Samarqandda 2 kishi ovqatdan zaharlanib vafot etdi

    31.01.2023, 18:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 16:00

    “Tetris” 40 yoshda: bolalikda o‘ynalgan videoo‘yinlar asosida yaratilgan filmlar

    Kino | 26 iyul, 15:37

    Flik “Barselona” futbolchilari uchun intizomiy talablarni kuchaytirdi

    Sport | 26 iyul, 15:27

    Studiyada jihozlash ishlari olib borilgan — Navoiydagi zaharli tutun haqidagi reportajdan keyin jonli efirlar to‘xtab qolganiga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 15:01

    “Britaniya o‘t ochish to‘xtatilgandan so‘ng Falastin davlatini tan olishi mumkin” — Starmer

    Dunyo | 26 iyul, 14:51

    Qayiq ustida raqsga tushgan indoneziyalik bola internet yulduzga aylandi (video)

    Layfstayl | 26 iyul, 14:30

    Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 27 nafar nomzod ilk bor sudyalik lavozimiga tayinlandi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 14:21

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.