• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Telegram’dagi kanal admini Sergeli hokimidan ta’mirtalab ko‘chada intervyu berishni so‘radi. Hokim bunga rozi bo‘ldi, ammo adminni topolmadi

    Telegram’dagi “Kompramatuzb” kanalida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovga murojaat yo‘llanib, “Hurmatli hokim, kecha yurib intervyu berganingizda ravon yo‘ldan yurgan edingiz, mana shu ko‘chada ham intervyu bersangiz”, deyildi. Bu chiqishga javob bergan Elbek Shukurov jonli efir qilib, kanal adminiga suhbatga tayyorligini, kim u bilan ta’mirtalab ko‘chada suhbatlashmoqchi bo‘lsa, unga aloqaga chiqishini so‘radi. Bu haqda hokim Facebook’dagi jonli efirida gapirdi.

    Ma’lum bo‘lishicha, Telegram messenjeridagi “Kompramatuzb” kanalida Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovga xayrli kun tilanib, tumanning “Xonobodtepa” mahallasi Yakubova 3-tor ko‘chasida ta’mirtalab yo‘llar borligi aytilib, hokimdan aynan shu ko‘chalarda intervyu berish so‘ralgan.

    Bu “Xonobodtepa” mahallasi. Shu ko‘chada intervyu bersangiz, deb so‘rashibdi. To‘g‘risi, men intervyu berishim uchun mendan intervyu oladigan odam bo‘lishi kerak-da, intervyu oladigan odam bo‘lmagach, shu tarzda jonli efir qilib, savollarga javob bermoqchiman, — deydi Telegram’dagi tanqidiy postga onlayn javob qilgan hokim.
    Tuman hokimi anchadan beri jonli efir qilmaganini, kuz-qish mavsumi qiyinchiliklar bilan o‘tayotgani, shuningdek, aholida ko‘plab savollar tug‘ilib qolgani uchun yana jonli efirlarini boshlashini bildirgan.
    Bugun ertalab judayam xursand bo‘ldim. Telegram’dagi “Kompramatuzb” kanali tashabbus bilan chiqib, menga yordam berishga chog‘lanibdi. Kanalda tuman hududidagi muammolar ko‘rsatilayotgani uchun kanal adminiga tashakkur izhor qilaman. Kanalda 120 ming nafarga yaqin kuzatuvchi bor va, o‘ylaymanki, bu kuzatuvchilar orasida sergeliliklar ham ko‘p. Shu paytgacha ko‘plab ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilib kelganmiz. Endilikda “Kompramatuzb” kanali bilan ham hamkorlik qilib, kamchiliklarni ko‘rib, kuzatib borsak, uni to‘g‘rilashimiz oson bo‘ladi. Bu menga katta yordam bo‘ladi, — deydi u.
    Hokim tumandagi mahallaning ahvoli haqida qo‘shimcha ma’lumotlar va mas’ullar izohi kerak bo‘lsa, tayyorligini aytib, “Kompramatuzb” kanali botiga javob yuborganini, ammo kanal admini u bilan bog‘lanmaganini aytmoqda.
    Telegram botlaringizga o‘zimning 24 soat ishlab turadigan shaxsiy telefon raqamim, Telegram manzillarim haqida axborot qoldirdim. Har qanday savolga, suhbatga ham tayyorligimni bildiraman. Ammo sizlardan javob bo‘lmadi. Balki texnik muammolar bordir. Tan olamiz, Sergeli tumani ideal tuman emas, o‘ziga yarasha muammolari bor. Bu murojaatdan so‘ng yana murojaatlar ko‘payishi tayin. Barcha murojaatlar joylab boriladigan bo‘lsa, kanalda faqat Sergeli tumani haqida ma’lumotlar chiqa boshlaydi. Shu sabab qo‘shimcha savollar va yana muammolar bo‘lsa, javob berishga tayyorman. Menga javob kelmagach, jonli efirga chiqib, barcha savollarga javob berishga jazm qildim, — deydi tuman hokimi.
    Elbek Shukurov Telegram’dagi chiqishga javob berar ekan, “Xonobodtepa” mahallasining faqatgina Yakubova 3-tor ko‘chasi emas, aksariyat ko‘chalari mana shunaqa abgor ahvoldaligini ham tan olgan.
    Sergeli tumaniga Toshkent viloyatidan 13 ta mahalla o‘tgan bo‘lib, shu mahallalarning biri “Xonobodtepa” mahallasi hisoblandi. 13 ta mahallaning 11 tasida asfaltlashtirish ishlari olib borilgan. Ko‘plab ko‘chalari ta’mirlangan. Jumladan, “Xonobodtepa” mahallasidagi ko‘chalarda ham ta’mirlash ishlari bo‘lgan. Faqatgina suv o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ko‘chalar asfaltlashtirilmagan, shag‘al to‘kib qo‘yilgan. Sababi aholining ko‘pchiligi suv o‘tkazish ishlari yakunlanganidan so‘ng asfaltlashtirish lozimligini so‘ragan. Shunga javoban ta’mirlash ishlari to‘xtatilgan. O‘zim ham shu fikrdaman. Boisi suv o‘tkazish ishlari bo‘lsa, yana qaziladi va asfalt xohlaysizmi yo‘qmi, cho‘kadi, buziladi. Biroq bu ko‘chalarni asfalt qilish uchun ajratilgan pullar turibdi. Tender o‘tkazilib, pudratchi ham aniqlangan. Vaqti-soati bilan bu ko‘chalarni ham ta’mirlab, asfaltlashtirish ishlarini amalga oshiramiz, — deydi tuman hokimi.
    Hokim, shuningdek, kanal adminiga yana bir bor murojaat qilib, unga aloqaga chiqilsa, aholi muammolari yuborilsa, aholi muammolarini yechish yanayam oson bo‘lishini, ish tez bitishini aytgan.
    Siz kuniga o‘nlab murojaatni e’lon qilsangiz, axborot xizmatim javob berishga ulgurmasligi mumkin. Shu sabab agar aloqaga chiqilmasa shu tarzda, ya’ni jonli efirga chiqib barcha savollarga javob berishga tayyorman. Biz bundan oldin ham ko‘pchilik jurnalist va blogerlarning savollariga, bizga yuborgan murojaatlariga o‘z vaqtida javob berib kelganmiz, — deydi Elbek Shukurov.

    Mavzuga doir: 

    • “Jurnalist-blogerlar doimo haq, ular umuman noto‘g‘ri gapirmaydi deyish xato” — Sergeli hokimi Elbek Shukurov
    • “Prezident ham hudud uchun mehmon-da”. Sergeli hokimi davlat rahbari tashrifidan avvalgi tayyorgarliklarga izoh berdi
    • “Jahongir aka bilan ishlash boshqa rahbarlarga nisbatan judayam oson” — Sergeli hokimi Ortiqxo‘jayev haqida
    • “Hokimlar pulni yeb ketdi deyishadi, ishoning, prezident yaratgan tizimda buning imkoni yo‘q” — Sergeli hokimi

    05.01.2023, 16:14   Izoh (0)   22314
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi korxona sexida yong‘in yuz berdi (video)

    05.01.2023, 16:01

    “Bu dinimizga mutlaqo zid”. Fatvo markazi Umradan qaytgan ayol oyog‘i ostiga yosh bola yotqizilganiga munosabat bildirdi

    05.01.2023, 15:52

    O‘zbekistonda qariyb 11 ming nafar ayol kurash sporti bilan shug‘ullanmoqda

    05.01.2023, 15:22

    Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni sertifikatlash organini tayinlash vakolati Vazirlar Mahkamasiga berilmoqda

    05.01.2023, 15:06

    Sirdaryoda gaz ta’minoti mas’ul xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

    05.01.2023, 14:46

    Toshkent viloyatida “Dok-1 Maks”dan ikki yoshli bola vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

    05.01.2023, 13:54
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” 2026-yilda “Liverpul” himoyachisini sotib oladi

    Sport | 5 avgust, 15:45

    “Dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan davlatlarga jahon iqtisodiyotida teng sharoitlarda ishtirok etish imkoniyatini ta’minlash kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:41

    Toshkentda bir kishi bir kunda o‘rtacha 230–270 litr ichimlik suvi sarflaydi — “O‘zsuvta’minot” AJ vakili

    O‘zbekiston | 5 avgust, 15:35

    Eronda jazirama: elektrni tejash uchun davlat idoralari yopiladi

    Dunyo | 5 avgust, 15:25

    Xitoy blokadasi Tayvanning elektr ta’minotini izdan chiqarishi mumkin. Ammo bu hammasi emas — tahlil

    Dunyo | 5 avgust, 15:10

    Jennifer Lopes va uning jamoasi Yerevandagi restoranda tushlik uchun 37 ming dollar to‘ladi

    Shou-biznes | 5 avgust, 15:00

    Barcha bosqichlar tizimli nazoratga olinadi — Toshkent viloyati hokimligi Sea Breeze loyihasi haqida

    O‘zbekiston | 5 avgust, 14:50

    “Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

    Sport | 5 avgust, 14:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.