Sirdaryo tumanida gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i ushlandi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda aniqlanishicha, fuqaro M.R. ijarada yashayotgan xonadonida tabiiy gaz tarmog‘iga noqonuniy ulanib, 6,3 million so‘m zarar yetkazgan. “Sirdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limining ta’mirlash xizmati boshlig‘i M.K. esa holat bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 1 million so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)