• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jurnalist-blogerlar doimo haq, ular umuman noto‘g‘ri gapirmaydi deyish xato” — Sergeli hokimi Elbek Shukurov

    Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Ommaviy axborot vositalarining doimiy kuzatuvchisi, ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisi ekanini aytib, bu tizim bilan hamkorlik qilgan rahbar muammolar haqida tez xabar topishini aytmoqda. Bu haqda u “Daryo” nashriga bergan intervyusida gapirdi.

    Jurnalist yoki blogerlar har doim ham haq, ular doim to‘g‘ri gapiradi deyish xato. U ham biror bir masalada fikrlab, muammoni ochib berayotganida murojaatchidagi mavjud ma’lumotdan kelib chiqib, fikr bildiradi. Yoritadi. Undan keyin hokimiyat yoki davlat tashkiloti vakili bilan suhbatlashganidan so‘ng uning fikri o‘zgarishi yoki to‘ldirilishi mumkin. Shuning uchun uning yoritib bo‘lgan ma’lumotidan xafa bo‘lishning keragi yo‘q. Shunaqa paytda biz hokimlar qo‘rqib, ketib ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yib qo‘yamiz, — deydi Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov.

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Foto: “Daryo” / Ilhom Xursanaliyev

    Hokimning fikricha, jamiyatda, ayniqsa hokimiyat tizimida ikkiyuzlamachi xodimlar ko‘p va ular rahbarning aynishiga sabab bo‘ladi.

    Men ham imkon qadar hokimlikdagi komandamni saralaganman. Ammo hammasi bo‘lmasa ham ichida biror bir ish qilsangiz, “xo‘jayin zo‘r ish qildingiz, zo‘r aytdingiz, bopladingiz, shunaqa qilish kerak edi”, deb Sizni maqtaydigani topiladi. Siz bu gapni bir eshitasiz, ikki eshitasiz va uchinchisida shu gapga o‘rganasiz. Rahbar bunga o‘rgandimi atrofidagi kamchiliklarini ko‘rmay qoladi. Shunday paytda ko‘zimizni ochib turuvchi bu — ijtimoiy tarmoqlar. Ular bizga ko‘zgu bo‘lib, kamchiligimizni ko‘rsatib turadi. Siz kamchiliklar haqida o‘qiy boshlaganingizda, odamlarning bu haqda Sizga yozish imkoni yaratilganida Siz qilayotgan ish o‘sha to‘rt nafar xodimingiz maqtaganidek juda zo‘rmas, xato ekanini tushuna boshlaysiz, — deydi tuman hokimi.
    Elbek Shukurovning aytishicha, ijtimoiy tarmoqlar unga odamlarning arz-dodini yetkazuvchi asosiy minbar bo‘lishidan tashqari xodimlariga berilgan topshiriq ijrosini kuzatuvchi vosita hamdir.
    Aytaylik biror-bir xodimingizga topshiriq berdingiz, u o‘sha ishni qanday bajarganini odamlar ijtimoiy tarmoqlar orqali yozib boradi. O‘qiganingizda nomiga kelib, oqlab-ko‘klab ketdi deyishgan bo‘lsa, demak xodimingiz hech qanday ish bajarmagan. Siz buni ijtimoiy tarmoq orqali kuzatib borsangiz va buni xodimingiz bilsa, tushunib yetsa, Siz bergan topshiriqni yanayam mas’uliyat bilan bajaradi, — deydi u.
    Sergeli tumani rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bugun odamlarda hokimiyat tizimi bo‘ladimi yoki biror bir tashkilotmi uning oddiy xodimlariga ishonch yo‘qolgan. Hamma muammosini aynan hokimga aytishni istaydi.

    Foto: Sergeli tumani hokimligi axborot xizmati

    Foto: Sergeli tumani hokimligi axborot xizmati
    Bilasizmi nega bunday bo‘lgan. Prezidentimiz to‘g‘ri aytadilar, biz uzoq yillar davomida odamlarni eshitmay, ular bilan yuzma-yuz uchrashmay qo‘ydik. Hokim yoki biror bir rahbarning qabuliga kelgan fuqaro oddiy qorovul yoinki biror bir xodim bilan gaplashib, qaytib ketadigan bo‘ldi. Shu sabab odamlar oddiy xodimlarga ishonmay qo‘ydi. Aslida fuqaro hokimga muammosini aytsa ham uning bajaruvchisi o‘sha oddiy xodim bo‘ladi. Hokim o‘sha topshiriqni baribir qo‘l ostidagilarga topshiradi va bajartiradi. Odamlar shuni bilsa-da, baribir hokimni ko‘ray, unga muammoyimni aytay deydi. Biz ularni shu ahvolga keltirib qo‘ydik. Endi bu odatni qanday yo‘q qilamizki, biz odamlarga ishxonangizga kelmasa ham Sizga dardini aytish, yozish imkonini yaratishimiz kerak. Bunda esa bizga ijtimoiy tarmoqlar asqatadi, — deydi hokim.
    Tuman rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini, doimo jonli efirlar tashkil qilib turishini aksariyat rahbarlar, aynan hokimlar ham piar deb baholaganini aytmoqda.
    Men oxirgi paytlarda deyarli ijtimoiy tarmoqlarga chiqmay qo‘ydim. Buni piar deb baholovchilar ham topildi. Eng yomoni buni davlat tashkilotida ishlovchilar, kasbdosh hokimlar ham aytib, mana piar qilib yuribdi degan gaplarni aytishdi. To‘g‘risi, menga piar umuman kerakmas. Men faqat xalqqa yaqin bo‘lish uchun, xalqqa hisobot berish uchun ijtimoiy tarmoqda faol bo‘lishga urinaman, — deydi Elbek Shukurov.
    Hokimning tan olishicha, yoshlar tashkilotidagi faoliyatida ko‘p gapirgan bo‘lsa, hokimiyat tizimida ko‘p gapirish emas, amaliy ishga o‘tish kerakligini tushunib yetgan.
    Men Kamolot yoshlar tashkilotida ishlagan paytim juda ko‘p intervyu berganman, ko‘p televideniyega chiqqanman. Yetarli darajada tanilganman. Hozir menga tanilish kerakmas, menga piar shartmas. Men hokimiyat tizimiga kelib, ko‘p gapirish emas, amaliy ish qilish kerakligini ham tushunganman. Aslida ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lishimdan yana bir maqsad matbuot xizmatim faoliyatini ham jonlantirish bo‘lgan, — deydi hokim.
    Mavzuga doir: “Hokimlar pulni yeb ketdi deyishadi, ishoning, prezident yaratgan tizimda buning imkoni yo‘q” — Sergeli hokimi
    31.12.2022, 08:34   Izoh (0)   18072
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xalqimiz orasida ilm diniy va dunyoviyga ajratilmoqda” — Nuriddin Xoliqnazarov

    31.12.2022, 00:05

    Ijodkorlar tomonidan yillar davomida yaratilgan 1—4-sinf uchun o‘quv qo‘llanmalari davlatga beg‘araz taqdim qilinadi

    30.12.2022, 22:44

    “Hokimlar pulni yeb ketdi deyishadi, ishoning, prezident yaratgan tizimda buning imkoni yo‘q” — Sergeli hokimi

    30.12.2022, 22:30

    Shavkat Mirziyoyev 2023-yildagi eng muhim vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi

    30.12.2022, 21:56

    Namanganda MIB idorasida qalbaki 10 000 dollar yoqib yuborildi

    30.12.2022, 21:35

    O‘zbekistonda ayrim tumanlarda tadbirkorlar uchun foyda solig‘i 1 foiz etib belgilanadi

    30.12.2022, 21:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.