• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Seulni egallagan KXDR qo‘shinlari, “Yil odami”ga aylangan Stalin va dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifaning ochilishi. Kun xronologiyasida 4-yanvar

    4-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan KXDR qo‘shinlari tomonidan Seulning egallanishi, “Yil odami”ga aylangan Stalin hamda dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifaning foydalanishga topshirilishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Seulni egallagan KXDR qo‘shinlari

    1951-yil 4-yanvar kuni KXDR qo‘shinlari Xitoy ko‘ngillilari qo‘llab-quvvatlovi ostida Seulni qayta qo‘lga kiritgan edi. Shimoliy va Janubiy Koreya o‘rtasidagi qurolli mojaro sabablari ma’lum, ammo birinchi bosqichdagi jarayonlar haqida ma’lumot kam. Bir tarafdan AQSH, ikkinchi tomondan SSSR va Xitoy urushi sifatida qaralgan mojaro uch yil davom etib, ko‘plab qurbonlarni yuzaga keltirgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ikkinchi jahon urushi yakunlanishidan bir oy oldin Yaponiyaning taslim bo‘lishi ravshanlashgach, AQSH va SSSR Koreya yarimorolini 38-parallel bo‘yicha bo‘lib tashlashga kelishib oladi. Avvaliga ushbu qaror vaqtincha sifatida qaralgan, ammo Gitlerga qarshi koalitsiya ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishmovchilik keyinchalik ularning birlashishiga yo‘l qo‘ymagan.

    Aslida Koreya yarimorolining ham shimoliy, ham janubiy qismlarida militaristik kayfiyat va mamlakatni birlashtirish istagi yil sayin kuchayib borgan. Pxenyan ham, Seul ham ruhan urushga tayyorlangan: ikkala davlat konstitutsiyasida ham hukumatlarning maqsadi butun yarimorol hududida o‘z hokimiyatini kengaytirish ekani belgilangan.

    1950-yil may oyiga kelib SSSR, Xitoy va KXDR o‘rtasida harbiy ittifoq tuziladi, ularning rahbariyati Koreya yarimorolini harbiy yo‘l bilan birlashtirish rejasini ilgari suradi. Shimoliy koreyalik yozuvchi Von Chxun Gukning aytishicha, urush 1950-yil 25-iyunda emas, balki “ancha oldin boshlangan”. Yozuvchiga ko‘ra, 1947 va 1948-yillarda AQSH Shimoliy Koreyaga bosqinlar uyushtirib turgan. U Amerika qo‘shinlarining 38-paralleldagi qurolli provokatsiyasi va bosqinlariga oid statistikani keltirgan. Von Chxun Gukning ta’kidlashicha, 2617 ta provokatsiya va 1060 ta bosqin amalga oshirilgan bo‘lib, ularda jami 67 398 ta inson ishtirok etgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1950-yilning olti oyida, ya’ni mojaro rasman boshlangan sanaga qadar 1147 ta qurolli provokatsiya qayd etilgan. Tadqiqotchining fikricha, amerikaliklar “Shimol va Janub aholisining kayfiyatini buzishga va ular orasiga ishonchsizlik hamda dushmanlik urug'ini ekishga harakat qilgan”.

    Janubiy koreyalik tarixchi Li Gi Bekning yozishicha, KXDR muntazam ravishda qurolli kuchlarini oshirib borgani bois ancha kuchli va yaxshi armiyaga ega bo‘lgan. Muallifga ishoniladigan bo‘lsa, 38-paralleldagi dastlabki otishmalar vaqtida Shimolning 10 ta piyoda, bitta tank va bitta aviatsiya diviziyasi bo‘lgan. Janubiy Koreya prezidenti Li Sin Manning jangovar bayonotlariga qaramay, mamlakatda sakkiztagina shu kabi diviziya shakllantirilgandi. Janubiy Koreya armiyasining ta’minoti ham juda yomon bo‘lgan: piyodalarning tanklari yo‘q edi, aviatsiyasida esa 20 ta o‘quv samolyoti va bitta qiruvchisi bo‘lgan, xolos.

    Urush 1950-yil 25-iyunda soat 04:00 da boshlangan. Sovet va Shimoliy Koreya tarixchilariga ko‘ra, hujumni janubliklar boshlagan. Janubiy Koreya, G‘arb va zamonaviy Rossiya nuqtayi nazaridan esa urushni KXDR boshlab bergan.

    Ertasi kuni, 26-iyunda KXDR yetakchisi Kim Ir Sen o‘z xalqiga radio orqali murojaat qilib, urush mas’uliyatini “xiyonatkor Li Sin Minga yuklagan”. U kampaniyaning maqsadi “birlashish, ozodlik, mustaqillik va demokratizatsiya” ekanini aytgan. Shimolliklarning harakati shu qadar jadal ketganki, ular 28-iyunda Seulni egallagan. KXDR harbiy rahbariyati janub tomon har kuni 10 kilometr harakatlanish va 50 kunda operatsiyani yakunlashni reja qilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ammo vaziyatga amerikaliklarning aralashuvi rejalarni o‘zgartirib yuborgan. Vashington tezda harakat qilishga majbur bo‘lgan. Jangovar harakatlar boshlangan kun AQSH BMT Xavfsizlik Kengashini chaqirib, tinchlikparvar operatsiyani o‘tkazishga mandat olgan. Amerika rezolyutasi to‘qqizta “ha” ovozi bilan qabul qilingan. SSSRning BMT Xavfsizlik Kengashidagi vakili Yakov Malik ovoz berish jarayonlariga boykot e’lon qilgani bois unga veto qo‘ya olmagan. Natijada yarimorolga “havorang kaskalilar” kontingentini yuborishga qaror qilingan. BMTning Koreyadagi kuchlaridan AQSHdan tashqari, Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya, Filippin va yana 11 ta davlat harbiylari o‘rin olgan. Bu vertolyotlar qo‘llangan tarixdagi birinchi katta urush edi. Amerikaliklar ulardan ommaviy foydalangan.

    BMT qo‘shinlari urushga katta ta’sir ko‘rsatgan. 28-sentabrda ular Seulni qaytarib olgan, 19-oktabrda Pxenyanga kirgan va Koreya—Xitoy chegarasining shimoli tomon harakatlangan. Qudratli Xitoy guruhining hujumi ostida BMT qo‘shinlari chekinishga majbur bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    4-dekabrda ularning Pxenyanni, 24-dekabrda — Xinnamni, 1951-yil 4-yanvarda — Seulni tashlab ketishiga to‘g‘ri keladi. Mart oyiga kelib KXDR dushmanlari yana Janubiy Koreya poytaxtini qaytarib olib, 38-parallelga o‘tishga erishadi. Aprel o‘rtalarida BMT qo‘shinlari soni 230 ming kishiga yetgan. BMTning Koreyadagi qo‘shinlari asosini tashkil etgan AQSH armiyasi ixtiyorida 1000 ga yaqin tank va 1600 samolyot bor edi. 1951-yil 23-iyun kuni SSSR BMTga o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifni kiritgan. Dastlabki tinchlik muzokaralari boshlangan. General Makartur BMT kuchlarining bosh qo‘mondonligi lavozimidan chetlatilgach, AQSHning Koreyadagi siyosati o‘zgargan. 1951-yil iyunda front asosan 38-parallelga joylashgan.

    “Yil odami”ga aylangan Stalin

    1943-yil 4-yanvar kuni Time jurnali muqovasiga Stalin surati tushirilgan holda chiqqan edi. Dunyoga mashhur nashr Stalinni “Yil odami” deb topgan. Ushbu nom dunyodagi hal qiluvchi voqealarga ta’sir ko‘rsatgan yorqin shaxslarga beriladi. Tahririyat fikricha, Ikkinchi jahon urushidagi 1942-yilda erishilgan muvaffaqiyatlar ortida Stalin turgan.

    Foto: Time

    Foto: Time

    Umuman olganda, bu Stalinning Time jurnalida ikkinchi marta paydo bo‘lishi edi. Ilk bor — 1939-yilda Molotov-Ribbentrop pakti imzolanganida unda Stalin salbiy qiyofada tasvirlangan. Time jurnali bunga sabab qilib Stalin Yevropadagi kuchlar taqsimotini butkul o‘zgartirib yuborganini ko‘rsatgan. Va o‘shanda Stalin salbiy qahramon sifatida tarixga kirishi mumkinligi haqida yozgan. Natsistlar va bolsheviklar ittifoqi butun Yevropani qo‘rquvga solgandi.

    Ammo Ikkinchi jahon urushi boshlangach va SSSR fashistlar hujumiga uchragach, jurnal qarashlari keskin o‘zgargan. Shundan so‘ng, Amerika jurnali sovet armiyasi, xalqi va Stalin haqidagi maqolalarni ijobiy qarashlarda ifoda etishga kirishgan.

    Sovet armiyasining 1942-yildagi muvaffaqiyati jurnalistlar hayratiga sabab bo‘lgan. Ular Stalinni “cho‘rtkesar yigit” deya ta’riflab, uning Stalingrad jangidagi muvaffaqiyatini e’tirof etgan. Ushbu jang urushning borishini tubdan o‘zgartirib yuborgandi — shundan boshlab nemislar himoyalanishga majbur bo‘lgan.

    Foto: “TASS”

    Foto: “TASS”

    Time’ning yozishicha, 1941-yilda Stalin deyarli imkonsiz yumushni uddalagan — og‘ir vaziyatda Gitlerni Moskvadan chekintirgan. Ammo “1942-yilda Stalin yanada ko‘proq natijaga erishgan. U ikkinchi marta Gitlerni barcha muvaffaqiyatlari mevasidan mahrum etgan”.

    Ushbu nomga loyiq ko‘rilish nimani anglatadi?

    Time jurnali “Yil odami”ni tanlashda nimalar inobatga olinishi haqida birinchi marta 2007-yilda batafsil ma’lumot bergan. O‘shanda jurnal muqovasidan Vladimir Putin o‘rin olgandi.

    Time’ning bosh muharriri Richard Shtengel tahririyat o‘z fikridan kelib chiqib, “Yil odami”ni tanlashini aytgan. “Yil odami” — bu dunyoning ayni vaqtda bergan bahosi. Ushbu nom — tanlangan inson ma’qullanishini bildirmaydi. Ammo u yetakchilik va sayyoradagi hayotga ta’sir ko‘rsatayotganlarga beriladi.

    Nima bo‘lganda ham, qariyb 100 yillik tarixga ega “Yil odami” nominatsiyasi butun dunyoda mashhurlikka ega. Yirik OAVlar bu inson haqida yozib, uni keng muhokama qiladi.

    Stalin va Putindan tashqari, ruslar orasida “Yil odami” nomiga ega chiqqan boshqa yetakchilar ham bor. Masalan, 1957-yilda Nikita Xrushchyov — u “Karib inqirozi” muammosini hal etgan va yadroviy urush boshlanishiga yo‘l qo‘ymagandi. 1983-yilda esa Yuriy Andropov bu nomni Reygen bilan bo‘lishgan — Time ikki davlat yetakchisi bir-biri bilan kelishib olganidan hayratga tushgandi. Shuningdek, Mixail Gorbachyov ham ikki marta — 1987 va 1989-yillarda “Yil odami” bo‘lgan.

    Foydalanishga topshirilgan dunyodagi eng baland inshoot — Burj-Xalifa

    Insonlar uzoq zamonlardan beri osmono‘par binolarni qurishga qiziqadi, bunga Bobil minoralarini ham misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda dunyodagi eng baland minora — bu 2010-yilning 4-yanvar kuni foydalanishga topshirilgan Dubaydagi Burj-Xalifa osmono‘par binosidir. Ushbu ko‘p funksionalli minora eng zamonaviy innovatsion ixtirolarni o‘zida mujassam etgan. Olti yil ichida bunday ulkan inshoot qanday qilib qurilgan? Burj-Xalifa ichida nimalar bor? U necha qavatdan iborat? Quyida shu savollarga javob beramiz.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Burj-Xalifa binosi — haqiqiy vertikal shahar bo‘lib, bir vaqtning o‘zida uning ichiga 35 mingga yaqin odam sig‘adi. Dunyodagi eng baland inshootni loyihalashda muhandislar oldinlari faqat nazariy jihatdan mavjud ko‘plab muammolarga duch kelgan. Eng avvalo, muhandislar oldiga asosiy maqsad qo‘yilgan — balandlik borasida Burj-Xalifa bilan raqobatlasha oladigan biror bino bo‘lmasligi lozim. Shundan kelib chiqib, 35 qavat qismi qurib bo‘lingan vaqtda loyihaga o‘zgartirish kiritilgan. Gap shundaki, qurilish buyurtmachilariga 700 metrdan ortiqroq balandlikka ega bino qurilishi mumkinligi to‘g‘risida gap-so‘zlar yetib kelgan, shu boisdan ular Burj-Xalifani 800 metrga yetkazishga qaror qilgan. Natijada binoning balandligi dengiz sathidan 828 metrga yetgan.

    Burj-Xalifa sahro hududida — tuproq qatlami ancha mo‘rt hududda joylashgan bo‘lishiga qaramay, binoning asosi juda mustahkam. Tuproqning o‘ziga xosliklari inobatga olingan holda, muhandislar uzunligi 45 metr, diametri 1,5 metrli osma qoziqlardan foydalangan. Ularning soni jami 200 dona bo‘lib, qoziqlar taxminan 0,5 million tonnali bino vaznini ko‘tarib turadi. Qoziqlarni o‘rnatish oson kechmagan, burg‘u chiqarib olinishi bilan chuqurlik devorlari ko‘chib ketavergan. Buning oldini olish uchun esa shaxtalar o‘ziga xos polimer qatron bilan to‘ldirilgan.

    Burj-Xalifa minorasi o‘zining balandligiga qaramay, ancha barqaror shaklga ega. Uning strukturasi “kuchaytirilgan yadro” deb ataladi. Bu dunyodagi eng baland minora bir-birini qo‘llab-quvvatlovchi bir nechta binolardan iborat ekanini bildiradi. Ularning har biri alohida karkas va qo‘shimcha ustunlarga ega. Baland minoralarning asosiy dushmani hisoblangan shamol yuklamalaridan qutulishga me’moriy yechimlar yordam bergan. ular yordamida kuchli shamol oqimi bo‘lib yuborilib, jiddiy zarar yetkazmaydi. Burj-Xalifaning umumiy dizayni Dubay sahrosida o‘sadigan gul geometriyasidan ilhomlanilgan.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Bino 162 qavatdan iborat bo‘lib, ularning 46 tasi texnik binolar hisoblanadi. Bu qadar ulkan bo‘lishiga qaramay, Burj-Xalifa rekord darajada qisqa muddatda qurilgan. Bunga “sakrovchi shakllar” texnologiyasi yordamida erishilgan. Qavatlar orasidagi po‘lat karkaslar yerda yig‘ilgan, keyin esa kerakli balandlikka ko‘tarilib, maxsus shaklga kiritilgan va ustiga beton quyilgan. Beton qotgach, shakl gidravlik qurilmalar yordamida ko‘tarilgan, beton blok esa joyida qolgan. Beton kerakli balandlikka maxsus nasos tizimlari yordamida chiqarilgan. Havo haroratining yuqoriligi sabab quyish ishlari faqat tunda amalga oshirilgan, aralashmaga esa muz qo‘shilgan.

    Dunyodagi eng baland minora — haqiqiy innovatsiya markazi hisoblanadi. Burj-Xalifaning barcha tizimlari — elektr ta’minoti, vibratsiya datchiklari, konditsonerlari va hokazo — yagona boshqaruv markaziga ulangan bo‘lib, u yerdan doimiy nazorat qilinadi va zarurat tug‘ilganida sozlanadi. Bundan tashqari, yong‘inga qarshi kuchli xavfsizlik tizimidan qo‘shimcha to‘qqizda yong‘indan himoyalanish joylari o‘rin olgan — ular ikki soat davomida olovga bardosh bera oladi.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Burj-Xalifaning tashqi devorlari maxsus ikki qavatli shisha panellardan iborat bo‘lib, ichkaridagi iqlimning  saqlanishiga yordam beradi. Birinchi qatlam yupqa metall bilan qoplangan va quyoshdan himoya qiluvchi krem xususiyatiga ega, quyoshning issiqlik nurlarini qaytaradi. Ikkinchi qatlam kumush bilan qoplangani bois infraqizil nurlarni o‘tkazmaydi.

    Dunyodagi eng baland inshoot — ko‘plab ofislar, savdo maydonchalari, turar joy binolari va Giorgio Armani mehmonxonasidan iborat universal kompleksdir. Binoda 57 lift, 124-qavatda esa tomosha maydonchasi bor. Bino atrofi bog‘lar, suv havzalari va piyodalar uchun bulvarlar bilan qoplangan.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Balandligi 800 metrdan oshadigan Burj-Xalifa loyihasi budjeti 1,5 milliard dollardan oshadi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Janna d’Arkning 10 ming livrga sotilishi, muhandislar xatosi bilan Irkutskda yuz bergan aviahalokat va “duche”ga aylangan diktator Mussolini. Kun xronologiyasida 3-yanvar

    04.01.2023, 09:30   Izoh (0)   63569
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    BMT Kiyev tomonidan taklif etilgan “tinchlik sammiti” bilan shug‘ullanmayotganini ma’lum qildi

    04.01.2023, 09:25

    Makeyevkada halok bo‘lgan rossiyalik harbiylar soni 89 kishiga yetdi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    04.01.2023, 09:09

    RSFSR Oliy Kengashining so‘nggi raisi vafot etdi

    04.01.2023, 08:54

    Rossiya Qrimga yadroviy qurol tashuvchilarini joylashtirdi — Ukraina razvedkasi

    03.01.2023, 23:43

    Qirg‘izistonda Rossiya mablag‘lari hisobidan rus tilida o‘qitadigan maktablar quriladi

    03.01.2023, 23:28

    Britaniya Eron Islom inqilobi qo‘riqchilar korpusini terrorchi tashkilot deb e’lon qilmoqchi

    03.01.2023, 23:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.