• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Janna d’Arkning 10 ming livrga sotilishi, muhandislar xatosi bilan Irkutskda yuz bergan aviahalokat va “duche”ga aylangan diktator Mussolini. Kun xronologiyasida 3-yanvar

    3-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan burgundiyaliklar tomonidan sotib yuborilgan Janna d’Ark, muhandislar xatosi bilan Irkutskda yuz bergan aviahalokat hamda “duche” unvonini olgan diktator Mussoliniga oid faktlar o‘rin olgan.

    Janna d’Arkning sotilishi

    1431-yil 3-yanvar kuni burgundiyaliklar o‘zlarining ingliz ittifoqchilariga Yuz yillik urushda fransuzlar g‘alabasi ramziga aylangan Janna d’Arkni sotib yuborgandi. Dushmanlar nafratiga duchor bo‘lgan ayol cherkov sudi tomonidan bid’at va jodugarlikda ayblanib, o‘limga hukm etilgan.

    “Janna d’Arkning asirga olinishi” kartinasi. Adolf-Aleksandr Dillens

    “Janna d’Arkning asirga olinishi” kartinasi. Adolf-Aleksandr Dillens

    Janna d’Ark 1412-yilda Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan Domremi qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi qishloq oqsuyaklaridan bo‘lib, Janna ancha yaxshi sharoitda katta bo‘lgan. Jannaga o‘qish va yozish o‘rgatilmagan bo‘lsa ham, uning onasi qiziga katolik cherkoviga bo‘lgan cheksiz muhabbatni singdirgan.

    Bu paytda Angliya va Fransiya o‘rtasida Yuz yillik urush davom etayotgan bo‘lib, Angliya fransuz ittifoqchisi Burgundiya gersogi yordamida Fransiyaning shimolini o‘z qo‘liga olgan edi. Angliya qiroli Genrix V Parijni egallab, o‘zini birlashgan Angliya va Fransiya qiroli deb e’lon qiladi. Fransuz taxtining qonuniy vorisi valiahd shahzoda Karl mamlakat janubiga chekinadi.

    Domremi aholisi dushman bosqini xavfi ostida o‘z uylarini tashlab, janubga ketishga majbur bo‘ladi. 13 yoshida Janna ilohiy ovozni eshitganini, ovoz unga “vatanini qutqarishi va shahzoda Karlga taxtga o‘tirishda yordam berishi kerakligini” aytganini e’lon qiladi. 16 yoshida otasi uni erga bermoqchi bo‘lganida buni qat’iy rad qilib, inglizlarni vatani Fransiyadan butunlay quvib chiqarmaguniga qadar bokira qolishini aytgan.

    1428-yil may oyida Janna yaqin atrofda joylashgan shahzoda Karlga sodiq insonlar qarorgohi Vokulyorga keladi. Dastlab u mahalliy sudya Robert de Bordikur tomonidan rad etilib, qo‘shinga olinmaydi. Ammo Janna o‘zining ilohiy qutqaruvchi ekanligini aytib, kichik bir guruh yig‘ishga erishadi.

    Foto: Colorface

    Foto: Colorface
    Sochlarini qirqib, erkakcha kiyingan Janna valiahd shahzoda oldiga, Shinonga borish uchun dushman hududi orqali o‘tuvchi 11 kunlik yo‘lga chiqadi. Shahzoda Karl bilan suhbatlashgan Janna fransuz qirollari an’anaviy toj kiyuvchi shahri — Reymsda Karlga ham toj kiydirishni va’da qilib, undan inglizlar qamal qilayotgan Orleanni ozod qilish uchun qo‘shin berishni so‘raydi. Ko‘pgina general va maslahatchilarining qarshiligiga qaramasdan Karl uning iltimosini qondiradi. Bunday qaltis qarorni qabul qilishda muhim rolni Jannaning Yaratgan nomidan Karlning taxtga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlagani va uning hokimiyati qonuniyligi aytgani bajardi.

    1429-yil mart oyida oq zirh kiyib, oq otga o‘tirgan Janna d’Ark Orlean himoyasi uchun yo‘l oladi. Qo‘shinni Yaratganning xabarchisi boshqarayotganligi to‘g‘risidagi xabar askarlarda ruhiyatning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘plab mag‘lubiyatlardan so‘ng umidni yo‘qotib, tushkunlikka tushgan sarkarda va askarlar Jannaning ilhomlantiruvchi so‘zlaridan ruhlandilar. Bir necha g‘alabadan so‘ng Janna ingliz-burgund qo‘shinini Luara daryosi bo‘ylab chekinishga majbur qiladi. Yuz yillik urushda anchadan beri g‘alaba qozona olmayotgan fransuz qo‘shini orasida bu muvaffaqiyatlardan keyin Jannaning obro‘si keskin ortadi. Janna d’Ark boshqa fransuz sarkardalari imkonsiz deb hisoblagan vazifani to‘rt kun ichida amalga oshirdi. Orleandagi g‘alabalardan keyin uni “Orlean qizi” deb atay boshlashadi.

    Foto: Colorface

    Foto: Colorface

    Fransuzlar o‘zlarining to‘liq ustunligini isbotlashi uchun hali Parijni ham ozod etishi kerak edi. Shahar Orelandan ko‘ra yaxshiroq himoyalanganini bilgan d’Ark Karl VII dan ko‘proq askar so‘raydi. Ammo qirol armiyaga ortiqcha xarajat qilishdan bosh tortadi. 1429-yil avgust oxirlarida Parij devorlariga qadar kelgan Janna o‘zining qo‘shini bilan mag‘lubiyatga uchragan va chekinishga majbur bo‘ladi. Qiz og‘ir jarohat oladi, shu bois to‘liq sog‘aygunga qadar keyingi harbiy safardan qolib ketadi. Fransuzlar Janna Orleandagi g‘alabasidan juda kibrlanib ketgani, shuning uchun ilohlar unga yordam bermayotgani to‘g‘risida gap-so‘z tarqatadi.

    1430-yil mayda Janna inglizlarning ittifoqchilari — burgundiyaliklar tomonidan bosib olingan Kompyen qamalini yengillashtirishga yordam berishga harakat qiladi. Janglardan birida u asirga tushgan va u armiya yetakchisi Jan de Lyuksemburgga topshirilgan.

    Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, Janna burgundiyaliklar tuzog‘iga pul evaziga sotilgan fransuz komandiri sabab tushib qolgan. Inglizlar va burgundiyaliklar Janna d’Arkning asirga olinishini katta bayram sifatida nishonlagan. Ammo sarkardaning qo‘lga olinishi fransuz armiyasining jangovar ruhini tushirib yuboradi degan umid amalga oshmagan. Uzoq muddatli qamal ingliz-burgund qo‘shinlarida tartibsizlik ketirib chiqargan, asrkarlar urushdan qocha boshlagan.

    Foto: Colorface

    Foto: Colorface

    Oxir-oqibat fransuzlar qamalni yorib o‘tgan, inglizlar qo‘shini qochib ketgan. Fransuzlar Jannani ozod etishdan xavfsirab, uni qal’aga joylashtirishgan. Fransuz sarkardasi ustida savdo boshlangan. 1431-yil 3-yanvar kuni burgundiyaliklar Jannani 10 ming livr evaziga ingliz qiroli nomidan ish ko‘rgan yepiskop Konoshaga sotgan. Jannaning g‘alabalari ortidan taxtga o‘tirgan qirol Karl VII Fransiyaning yosh himoyachisini ozod etish uchun biror chora ko‘rmagan. Bunga uning xalq orasida juda mashhurligi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Janna na harbiy va na fuqarolik sudiga, balki cherkov sudiga tortilgan — u jodugarlikda ayblangan. Kanosha raisligidagi inkvizitsiya sudi 1431-yil 9-yanvarda boshlanib, besh oy davom etgan. 30-may kuni cherkov Janna d’Arkni gulxanda yoqish orqali o‘limga hukm etgan.

    Muhandislar aybi bilan halokatga uchragan samolyot

    1994-yil 3-yanvar kuni Irkutsk—Moskva yo‘nalishi bo‘yicha uchgan “Tu-154M” yo‘lovchi samolyoti halokatga uchragan edi. “Baykal” aviakompaniyasi bortining qulashiga gidrosistemalarni ishdan chiqishiga olib kelgan ikkinchi dvigatelda yong‘in chiqqani sabab bo‘lgan. Favqulodda holat 115 yo‘lovchi, 9 nafar ekipaj a’zosi va yerda yana bir kishining umriga zomin bo‘lgan.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    Irkutsk bejizga “samolyotlar qulaydigan shahar” deyilmaydi: oxirgi 55 yilda bu o‘lkalarda oltita reys halokatga uchragan. 1963-yilda Albaniyaning Xitoydagi elchixonasi xodimlari halok bo‘lgandi.

    BKL130 odatdagi yuzlab reyslardan farq qilmagan va mutlaqo tinch holatda o‘tishi kerak edi, buning ustiga shturvalni 16 ming soatdan ortiq parvoz qilgan tajribali uchuvchi Gennadiy Padukov boshqargan. Ammo chigal holatga kutilmagan vaziyat sabab bo‘lgan. Ko‘ngilsizliklar 4 ming metr balandlikdagi parvozdan 3 daqiqa-yu 45 soniya o‘tgach boshlangan. Yong‘inga dvigatel startyoriga yot predmet tushishi oqibatida uning buzilishi sabab bo‘lgan — keyinchalik tergov davomida bu gaz kollektori korpusining bo‘lagi bo‘lgani aniqlangan.

    Startyor korpusdan uchib chiqqan turbinaning aylanuvchi diski dvigatel va bo‘linmaga tushib ketgan, ikkinchi dvigatelning havo, yonilg‘i va moy liniyalariga, gidravlika tizimlarining elementlariga zarar yetkazgan.

    “Qora qutilar”ni o‘rganish davomida “Startyorning xavfli aylanishlari” signalizatsiyasi samolyot yerda bo‘lganidayoq ishlagan. Ammo ekipaj ogohlantirishni yolg‘on deb hisoblab, uchishga ruxsat olgan. Yong‘in aniqlangach, ikkinchi dvigatel o‘chirilgan. Biroq yong‘inni osmonda o‘chirishning imkoni bo‘lmagan. Vaziyat qaltis ekanini payqagan uchuvchilar samolyotni Irkutsk tomon burgan va favqulodda qo‘nishga ruxsat so‘ragan. Ikkinchi dvigatel yonishni davom etgani bois gidroaralashmali ballonlarning buzilishiga olib kelgan. Laynerni uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘ndirishning imkoni bo‘lmagan.

    Barcha gidrotizimlar ishdan chiqqani bois boshqaruv soatiga 510 kilometr tezlikda yo‘qotilgan va samolyot Irkutsk aeroportidan 11 kilometr naridagi “Mamoni” qishlog‘ida joylashgan sut fermasiga urilgan. Bu vaqtga kelib parvoz boshlanganiga 12 daqiqadan biroz o‘tgandi, xolos. Dahshatli to‘qnashuv oqibatida samolyot ikki qismga ajralib ketgan — uchuvchilar kabinasi va birinchi salon parchalanib ketgan, ikkinchi salon va dum qismi boshqa joyga tushgan. Samolyot qoldiqlari 400 metr radiusga sochilgan. Fyuzelyaj bo‘laklaridan biri fermadagi xodimlardan birining o‘limiga sababchi bo‘lgan, yana biri jarohatlangan.

    “Misha yaxshi erkak edi. Chilangarlik qilardi. 16 yoshli nogiron qizlari qoldi”, — deya eslaydi favqulodda holatga guvoh bo‘lgan traktorchi Yevgeniy Kovalev.

    Samolyot bortida bo‘lgan 125 kishidan jami 74 nafarining shaxsiga aniqlik kiritilgan. Bundan tashqari, o‘nlab qoramollar halok bo‘lgan, ferma butunlay vayron qilingandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Foto: Wikimedia Commons

    “Ekipaj me’yoriy hujjatlardagi, axborot ta’minotidagi kamchiliklar, shuningdek, ma’lumotlarning yetarli emasligi sababli bunday vaziyatda harakat qilishda noto‘g‘ri qarorni qabul qildi”, — deyilgandi Rossiya Transport vazirligi bayonotida.

    Fojia sabablarini o‘rgangan tergov komissiyasi “Tu-154M”ning ikkinchi dvigatelida bundan oldin ham nosozliklar kuzatilganini aniqlagan. Jumladan, 1993-yil yozida Guanchjouga parvoz qilish vaqtida shunaqa vaziyat kuzatilgan: o‘sha vaqtda ekipaj yonilg‘ini sarflab, avariyaviy qo‘nishni amalga oshirgandi.

    Uchuvchilar kabinasidan olingan yozuvlar o‘rganilganida parvozdan ikki daqiqa oldin shunday suhbat bo‘lgan: “Dvigatellarni tayyorlagan muhandisga aytginki, ular juda yomon tayyorlangan, ishga tushmayapti. Uchta dvigatelni o‘t oldirishga 20 daqiqa vaqt ketdi”.

    “Duche”ga aylangan diktator Mussolini

    Bundan 97 yil oldin Italiya diktatori Benito Mussolini “duche” (dohiy) unvonini qabul qilgan. Italiya fashizmi asoschisi, Adolf Gitler tarafdori hisoblangan Mussolinining obro‘si Italiyada hozirga qadar saqlanib qolgan. Ayniqsa, millatchi siyosatchilar unga italiyaliklarning manfaatlarini himoya qilgan inson sifatida qaraydi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1925-yil 3-yanvar kuni Benito Mussolini o‘ziga “duche” unvoni berilishiga sabab bo‘lgan nutqni so‘zlagan edi: bu orqali Italiya bosh vaziri lavozimida bo‘lgan yetakchi haqiqiy diktatorga aylangan edi.

    Bu vaqtda hukumat hali koalitsiya ko‘rinishida bo‘lib, uning tarkibiga mamlakat siyosiy elitasi liberal spektrining bir qancha vakillari ham kirardi. Biroq Mussolinining 3-yanvardagi nutqida Italiya demokratiyasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidlar yangragan, ular Vazirlar Mahkamasini tark etgan — hukumat to‘liq fashistlar qo‘liga o‘tgan.

    Oradan ancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, Mussolini merosi hali ham munozarali bo‘lib qolmoqda, italyan siyosatchilari orasida hozirga qadar uning tarafdorlari topiladi. Agar Germaniyada Ikkinchi jahon urushi voqealari jamiyat tomonidan deyarli shaxsiy ayb sifatida qabul qilinsa, Italiyada hamma narsa boshqacha.

    Gitler fonida Mussolini shaxsi u qadar yomon ko‘rinmagan. Italiya diktatori yahudiylarni qirmagan, iqtisodiy islohoti esa aholining qashshoq qatlami hayotini yaxshilashga yordam bergan. So‘llarning dushmani bo‘lgan Mussolini ijtimoiy harakatdan chiqqan va hatto yoshligida “Avanti” gazetasi muharriri bo‘lgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Italiyada hozirga qadar Mussolini byustlari yoki fashizm ramzlari tushirilgan futbolkalarni uchratish mumkin. 2019-yilda ta’mirlashga yopilgan Mussolini qabri tomosha uchun yana ochilgan.

    Benito Mussolini Ikkinchi jahon urushi tugashidan ancha oldin Italiyada hokimiyatni qo‘ldan boy bergan. 1943-yil iyulda italyan armiyasida harbiy kampaniyaning omadsiz yakunlanishi fonida duche hokimiyatdan o‘zining Fashistlar partiyasidagi tarafdorlari tomonidan chetlatilgan. Iqtisodiy inqiroz Mussolinining hibsga olinishi, partiyaning tarqatib yuborilishi va Italiyaning urushdan chiqishi bilan yakunlangan.

    1943-yil 12-sentabrda hibsga olingan diktator nemis desantchilari tomonidan ozod etilgan. Sog‘lig‘ida muammolari kuzatila boshlangan Mussolini siyosatdan butunlay chekinishni istagan. Ammo Adolf Gitler bunga yo‘l qo‘ymagan. U bilan uchrashuvda fyurer Mussolinidan Italiyaga qaytishni va yangi fashistlar davlatini tuzishni talab qilgan. 23-sentabrda nemislar tomonidan egallab olingan Apenning yarimorolining sharqiy qismida Italiya sotsial respublikasi (Salo Respublikas) e’lon qilingan. U to‘liq Uchinchi reyx qo‘llab-quvvatlovi bilan shakllangan. Davlat rahbari lavozimida bo‘lishiga qaramay, 60 yoshli Mussolini biror-bir mustaqil qaror qabul qila olmagan.

    1945-yil 25-aprelda Salo Respublikasi tugatilgan. Shu kuni Milanda kartinal Shuster o‘rtakashligida Mussolini boshliq fashistlar delegatsiyasi va harbiy vazir Rodolfo Gratsiani o‘rtasida muzokara o‘tkazilgan. Taniqli fransuz tarixchisi ushbu uchrashuv haqida shunday yozgandi:

    “Vaziyat juda tang edi, biroq jarayon kelishuv bilan tugaydigandek ko‘rinardi: Mussolini so‘zsiz taslim bo‘lishga qarshilik bildirmadi, ammo fashist rahbarlar va ularning oila a’zolari uchun kafolat talab qildi. Shu payt prefekt Bassi paydo bo‘ldi va Qarshilik kuchlari nemislar bilan muzokaralar o‘tkazayotgani, ularni o‘ylash shart emasligini ma’lum qildi. ‘Ular doim bizga quldek munosabatda bo‘lishgan. Men o‘z ozodligimni qaytarib olaman’, — deydi Mussolini”.

    Duchening bunday javobidan keyin Qarshilik kuchlari rahbariyati umumiy isyon bo‘yicha buyruq bergan. Mussolinining o‘zi Bergamo shimolidagi vodiyga ketishga qaror qilgan. U agarda qo‘lga tushsa, sudsiz qatl etilishini bilardi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Mussolini, uning sevgilisi aktrisa Karla Petachchi va yaqin tarafdorlari Komo shahriga kelib joylashgan. Bu yerda diktator oxirgi marta rafiqasi Rakelye bilan uchrashgan, shuningdek, qizi Yelena va o‘g‘li Vittorio bilan suhbatlashadi. Shuningdek, yana ikki farzandi — Anna va Romanoning taqdiridan xavotirga tushgan.

    27-aprelga o‘tar kechasi Musso qishlog‘ida duchening kolonnasi partizanlar tomonidan to‘xtatilgan. Guruh komandiri italyanlarni topshirish evaziga nemislarni o‘tkazib yuborishga rozi bo‘lgan. Natsistlar Mussoliniga unter-ofitser kiyimini kiygizib, yuk mashinasi kuzoviga yashirgan. Biroq partizanlardan biri diktatorni tanib qolgan. Shundan keyin nemislar o‘z ittifoqdoshini ularga topshirishga majbur bo‘lgan.

    Mussolini o‘zining oxirgi tunini Dango qishlog‘idagi uychada o‘tkazgan. U yerda duche Qarshilik kuchlaridan birining rahbari Valyeer Audizioga (polkovnik Valerio) topshirilgan. Versiyalardan biriga ko‘ra, u ducheni ozod etish uchun kelgani haqida yolg‘on gapirib, uni qo‘lga olgan. Mussolini va Petachchi mashinaga o‘tqizilgan. Qatl uchun ma’qul joyni ko‘rgan Audizio haydovchiga to‘xtatishni buyurgan. Mahalliy vaqt bilan soat 16:10 da diktator, uning sevgilisi va yana bir nechta yuqori martabali fashist otib tashlangan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Vyetnam urushidagi “Bolo” operatsiyasi, Gruziya prezidenti Gamsuxurdiyaning ag‘darilishi va polyaklar tomonidan otib tashlangan Qizil Xoch vakillari. Kun xronologiyasida 2-yanvar

    03.01.2023, 09:30   Izoh (0)   61288
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    NYT: Ukrainadagi urush butun dunyoni oziq-ovqat tanqisligiga olib keldi

    03.01.2023, 09:21

    “Putin Stalinning xatolarini takrorlamoqda” — Finlyandiya prezidenti

    02.01.2023, 23:21

    Qirg‘izistonda fonogramma orqali ijro etish taqiqlandi

    02.01.2023, 22:53

    Ukrainaning Makeyevkaga bergan raketa zarbalari oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

    02.01.2023, 20:36

    Kim Chen In qiziga ballistik raketalar saqlanadigan omborni ko‘rsatdi (foto)

    02.01.2023, 19:26

    Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyotning kuchli havo girdobida qolgani bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

    02.01.2023, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Mobiuz "MazzaFest"da yangi "Mazza" va "Mazza 2.0" tarif rejalarini taqdim etadi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniyada o‘zini qirol deb e’lon qilgan shaxs qamoqqa olindi

    Dunyo | 13 may, 23:40

    “Putin muzokaralarga kelsa, Tramp ham Istanbulga boradi” — AQSH maxsus vakili

    Dunyo | 13 may, 23:25

    “Daryo” dayjesti: 13-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 13 may, 23:10

    Falastinning normal hayotga qaytishi uchun 15 yil kerakligi ma’lum qilindi

    Dunyo | 13 may, 22:55

    Maʼmuriy sudlar tomonidan uch oyda hokim qarorini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq qancha ish ko‘rilgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 13 may, 22:45

    Mashhurlik retsepti: qo‘shiqlari emas, balki reklamalar orqali tanilgan xonandalar

    Musiqa | 13 may, 22:35

    O‘zbekiston Kubogi. “OKMK” 12 ta gol urdi, “Surxon” Birinchi liga klubiga mag‘lub bo‘lib, guruhda qolib ketdi

    Sport | 13 may, 22:23

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    O‘zbekiston | 13 may, 22:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.