Toshkentdan Olmaotaga uchgan Air Astana aviakompaniyasining KC 128 reysi kuchli turbulentlik zonasiga (havo girdobi) tushib qolgandi. Air Astana kompaniyasining matbuot xizmati holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Hodisa 2-yanvar kuni Toshkent—Olmaota yo‘nalishi bo‘yicha KC 128 reysida yuz bergan. Airbus A321 bortida 134 yo‘lovchi va bir chaqaloq, shuningdek, 9 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Aviakompaniya xodimlaridan hech biri jabrlanmagan. Ikki nafar yo‘lovchi tibbiy yordam so‘ragan, ular hozirda Olmaotadagi shifoxonalardan birida ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.
Shifokorlarning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, sinishlar qayd etilmagan. Turbulentlik hodisasi oqibatida yetti kishi jarohatlangandi.
Izoh (0)