• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vyetnam urushidagi “Bolo” operatsiyasi, Gruziya prezidenti Gamsuxurdiyaning ag‘darilishi va polyaklar tomonidan otib tashlangan Qizil Xoch vakillari. Kun xronologiyasida 2-yanvar

    2-yanvar sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Vyetnam urushi davomida “Bolo” operatsiyasining boshlanishi, Gruziya prezidenti Gamsuxurdiyaning ag‘darilishi hamda polyaklar tomonidan otib tashlangan Qizil Xoch vakillariga oid faktlar o‘rin olgan.

    Vyetnam urushi davomida boshlangan “Bolo” operatsiyasi

    1967-yil 2-yanvar kuni Vyetnam urushi davomida AQSH Harbiy-havo kuchlari tomonidan “Bolo” nomini olgan operatsiya boshlangandi. Uning maqsadi vyetnamliklarning “MiG-21” qiruvchi samolyotlari xavfini bartaraf etish bo‘lgan. Operatsiya davomida AQSH Harbiy-havo kuchlari butun urush davomidagi eng muvaffaqiyatli havo jangini olib borgan.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    1965-yildan boshlab AQSH aviatsiyasi muntazam ravishda Vyetnamni bombardimon qilib kelgan. Birinchi yil davomida Vyetnam havo hujumidan mudofaa tizimlarini artilleriya qurollari hamda pulemyotlar tashkil etgan, zenit raketa majmualari va tutib qoluvchi qiruvchilar u qadar katta rol o‘ynamagan.

    Ammo SSSR tomonidan ko‘rsatilgan doimiy yordam mamlakat mudofaa qobiliyati va Harbiy-havo kuchlarini mustahkamlashga xizmat qilgan. 1966-yillar o‘rtalariga kelib Vyetnam tomoni zamonaviy “MiG-21” qiruvchi samolyotlariga ega bo‘lgan. Yil oxiriga kelib mamlakat Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi uzoq masofadagi Amerika samolyotlarini tutib qolishni sinay boshlagan va bu o‘z navbatdagi F-105 samolyotlari uchun sezilarli darajada zarar yetkazgan.

    1966-yil kuzida AQSH Harbiy-havo kuchlari 8-taktik qiruvchi qanotining yangi komandiri etib Ikkinchi jahon urushida tajriba orttirgan polkovnik Robin Olds tayinlangan. U havo janglaridagi yo‘qotishlar ortib ketganidan tashvishga tushgan va dushman tarafning aviatsiyasiga zarar berish kerak degan xulosaga kelgan. Bunga qadar Vyetnam Harbiy-havo kuchlari faolligi pastligi sabab ikkinchi darajali nishon sifatida qaralgan.

    Vyetnam aerodromlarini bombardimon qilishga taqiq qo‘yilgani bois “MiG”larni yerda yo‘q qilish imkonsiz edi: AQSHning yuqori siyosiy rahbariyati aerodromlarga berilgan zarbalar sovet harbiylarining o‘limiga sabab bo‘lib, oqibatda SSSR to‘g‘ridan to‘g‘ri urushga aralashishni boshlashiga olib kelishidan xavotirda bo‘lgan. Yechim bitta edi: dushman taraf aviatsiyasini Amerika tomoni foydasiga xizmat qiladigan havo jangiga chorlash.

    Operatsiya “Bolo” shartli nomini olgan. Uning maqsadi F-4 qiruvchilari bir guruh F-105 zarba beruvchi guruhini olib ketayotgandek ko‘rsatishi va shu orqali “MiG”larni o‘ziga jalb etishi kerak bo‘lgan. Rejaga muvofiq havoga ko‘tarilgan “MiG”lar oddiy samolyotlar o‘rniga jangga tayyor qiruvchilarga duch kelib, tuzoqqa tushardi. Bu vaqtga kelib Shimoliy Vyetnamda bitta “MiG-21” qiruvchilari polki bo‘lgan u Fuk-Yen aerodromida joylashgan edi.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Operatsiya 1967-yil 1-yanvarga mo‘ljallangan, biroq ob-havo noqulayligi sabab 2-yanvarga qoldirilgan. Asosiy vazifa 8-qanotning shaxsan Oldsning o‘zi boshchilik qilgan 28 ta F-4C samolyotlariga yuklatilgan.

    Amerikaliklarning rejasi ish bergan. Dushman taraf “MiG-21” qiruvchilarini havoga ko‘targan va “Fantom” uchuvchilari sanoqdagi ustunliklaridan foydalangan holda manyovrli havo jangiga kirishgan. Amerika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘shanda Vyetnamning 7 ta samolyoti urib tushirilgan va birorta yo‘qotishga uchramagan.

    Foto: Flickr

    Foto: Flickr

    Bir necha kun ichida mavjud “MiG-21” qiruvchilarining yarmidan ayrilgan Vyetnam Harbiy-havo kuchlari qiruvchi aviatsiyadan foydalanish taktikasini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lgan. 921-polkning shaxsiy tarkibi sodir bo‘lgan voqeada tushkun kayfiyatda edi. Umuman olganda, yo‘qotilgan zarar o‘rnini to‘ldirishga ikki oy vaqt ketgan: 1967-yil bahoriga qadar 921-polk hech qanday harakatlarni amalga oshira olmagan, Shimoliy Vyetnam aviatsiyasi faoliyati deyarli to‘xtagandi.

    1967-yil 2-yanvardagi jang urush tarixidagi eng yirik to‘qnashuvlardan biri hisoblanadi. Amerika tomonining ma’lum qilishicha, keyinchalik bunday muvaffaqiyatga yana ikki marotaba erishilgan: 1967-yil mayda va 1972-yil mayda.

    Gruziya prezidentining ag‘darilishi

    1992-yil 2-yanvar kuni Gruziya muxolifati mamlakat prezidenti Zviad Gamsuxurdiyani hokimiyatdan ag‘dargan edi. Gamsuxurdiya qanday qilib prezidentlikka saylangani va uning ketishiga nima sabab bo‘lgani to‘g‘risida quyida bayon qilamiz.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1980-yillar oxirida gruzin jamiyatida SSSR tarkibidan chiqish bo‘yicha kayfiyat kuchaygan. Hamma 1921-yil fevral oyida mensheviklar Gruziyasi aholining katta qismi irodasiga qarshi va Qizil armiya bo‘linmalari yordamida sovetlashtirilganini ko‘proq esga ola boshlagan. Moskvaga nisbatan nafrat sezilarli darajada ortib borgan.

    1989-yil 9-aprel kuni Tbilisida IIV va armiya ichki qo‘shinlari respublika mustaqilligini e’lon qilish shiorlari ostidagi mitingni tarqatib yuborgan. To‘qnashuv namoyishchilarning halok bo‘lishi, jarohat olishi va kuch tuzilamalari xodimlari yaralanishiga olib kelgan. Gruziyaning mustaqillikka erishishga bo‘lgan intilishi yanada ortib borgan. Shu bilan birga, osetin ozchiligi Sovet Ittifoqi tarkibida qolish tarafdori bo‘lgan.

    1989-yil 9-dekabr kungi voqealar Tbilisida gruzin millatchilari reytingining keskin o‘sishiga olib kelgan va Gruziyadagi milliy harakatning navbatdagi murvatiga aylangan. Miting kuch bilan tarqatib yuborilganiga qaramay, u Gruziya muxolifati yetakchilarining g‘alabasiga aylanib, hokimiyatning vaziyatni nazorat qila olmasligini ko‘rsatdi, degan fikrlar mavjud.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Shu yilning 26-may kuni Gruziya Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Gruziya Demokratik Respublikasi e’lon qilinganining 71 yilligini nishonlash uchun milliy bayram deb e’lon qiladi. Tbilisidan viloyatlarga 1918-yilgi Gruziya mensheviklar hukumatining uch rangli bayroqlarini osib qo‘yish bo‘yicha buyruq kelgan. Qariyb bir yildan keyin, 1990-yil 9-martda Gruziya Oliy kengashi “Davlat suvereniteti himoyasi kafolati to‘g‘risida”gi qarorni qabul qilgan va u orqali mamlakatni 70 yil davomida boshqargan sovet hukumati davri noqonuniy bo‘lgani aytilgan.

    O‘sha yilning aprelida “Yumaloq stol — ozod Gruziya” bloki tashkil etilgan: mahalliy milliy harakatda birinchi rolga Zviad Gamsuxurdiya chiqqan. Siyosiy blokning asosini “gruzin millati konsolidatsiyasi”, “Gruziya mustaqilligini qayta tiklash”, “1921-yilgi konstitutsiyani qayta tiklash” tashkil etgan.

    Shuningdek, Janubiy Osetiyada ham gruzin hukumati harakatlaridan norozilik kuchaygan. 1991-yil 5-yanvarda Gruziya militsiyasi va milliy gvardiyasi bo‘linmalari Sxinvaliga kirishga uringan. Ularga mustaqil mudofaa va mahalliy militsiya otryadlari qarshilik ko‘rsatgan. Shu kuni Moskvadan “gruzin militsiyasini Sxinvali va Javskiy tumaniga kiritib yuborish, ularga hech qanday zarar yetkazmaslik, xizmatni harbiy shaharchalarni qo‘riqlash rejimida olib borish” bo‘yicha buyruq kelib tushgan. Ushbu qaror SSSR ichki ishlar vaziri Boris Pugo tomonidan Mixail Gorbachyov bilan kelishilgan holda qabul qilingan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1991-yil 31-mart kuni Gruziya mustaqilligi uchun umummilliy referendum o‘tkazilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, unda 3 million 326 ming kishi yoki ovoz berish huquqiga ega 89 foiz aholi ishtirok etgan. Ovoz berganlarning 98,9 foizi respublika mutaqilligi qayta tiklanishini yoqlagan.

    Abxaziyada esa referendum Gudautsk tumanidan boshqa barcha hududlarda o‘tkazilgan. Gruziyadan mustaqil bo‘lish uchun ro‘yxatdan o‘tgan saylovchilarning 59,9 foizi ovoz bergan. Janubiy Osetiyadagi vaziyat keskinlashuvi sabab Sxinvali, Znauri va Javskiy tumanlarida so‘rov amalga oshmagan. Shu bilan birga, ochiq manbalarda Abxaziya va Janubiy Osetiya aholisining aksariyati referedumga boykot qo‘ygani haqida ma’lumotlarni uchratish mumkin.

    Ovoz berish jarayonlari natijasi to‘rt kundan keyin e’lon qilingan. 1991-yil 9-aprel kuni Gamsuxurdiya boshchiligidagi respublika Oliy kengashi Gruziya davlat mustaqilligini qayta tiklash to‘g‘risidagi aktni qabul qilgan.

    1991-yil 14-aprel kuni respublika Oliy kengashi Gruziya prezidenti postini joriy etish qarorini chiqargan. 26-mayda esa prezidentlik saylovlari boshlangan: uni 86,5 foiz ovoz bilan Gamsuxurdiya yutgan. Unga qonunchilik va ijro etishda keng valokatlar berilgan. Gamsuxurdiya qonunlarga veto qo‘yishi va Oliy kengashni tarqatib yuborishi, Vazirlar Mahkamasi faoliyatini to‘xtatishi hamda ma’muriy tumanlarni tuzishi, avtonom respublikalarni boshqarishda keng vakolatlarga ega bo‘lishi mumkin edi.

    “1991-yil 31-martdagi referendum Gruziyani mustaqil qildi. Gamsuxurdiya zudlik bilan Abxaziya va Janubiy Osetiyani yagona davlatga birlashtira boshladi. Butun mamlakat telba shovinizm bilan qoplandi. Tog‘li Qorabog‘dagi qirg‘in bilan band Kreml Eduard Shevardnadzening aytganini qilib, vaziyatga aralashmagan, qolgan butun dunyo Moskvaning siyosatidan tashvishga tushgandi”, — deb yozadi Donald Reyfild o‘zining “Gruziya. Imperiya chorrahasi. Uch ming yillik tarix” kitobida.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1991-yil oxirida Gamsuxurdiya va mamlakat parlamenti o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keladi va bu qurolli qarshilikka aylanib ketgan. 1992-yil yanvar boshida prezident Harbiy kengash tomonidan ag‘darilgan va Gruziyadan quvg‘in qilingan. Mart oyidan boshlab parlament funksiyasini yangi saylovlarga qadar Gruziya Davlat kengashi boshqargan — uning tarkibida muxolifat partiyasining 70 nafar a’zosi bor edi. Ularga SSSR sobiq tashqi ishlar vaziri Eduard Shevardnadze boshchilik qilgan va shu yilning kuzida u davlat rahbari lavozimiga saylangan.

    Polyaklar tomonidan otib tashlangan Qizil Xoch missiyasi a’zolari

    1919-yil 2-yanvar kuni polyak jandarmlari Varshavaga kelgan sovet Qizil Xoch missiyasi a’zolarini otib tashlagan edi.

    Foto: ICRC

    Foto: ICRC

    Birinchi jahon urushi yakunlangach sovet Rossiyasi chegaralaridan tashqarida qariyb 2 million askar va ofitser asirda bo‘lgan. Brest tinchlik bitimi imzolanganidan keyin ular sekin-asta o‘z vatanlariga qaytarila boshlangan. Bunda butun Yevropa bo‘ylab eng mashhur gumanitar tashkilot — Rossiya Qizil Xoch orqali ish olib borilgan.

    Uning Germaniya va Chexiyadagi missiyasi tezda ish boshlagan. Bu mahalliy hukumatda hech qanaqa savollarni keltirib chiqarmagan. Sobiq asirlar vataniga yuborilishga tayyorlangan, ularning sog‘lig‘i, ovqatlanishi nazoratga olingan va safari tashkillashtirilgan. Bunday missiyani Polshaga yuborishga ham tayyorgarlik ko‘rilgan. Biroq uning tarkibiga tezda aniqlik kiritilmagan, polyaklar kommunist Marxlevskiyni Bronislav Veselovkiyga almashtirishni talab qilgan. Bu qutqariladigan insonlar taqdiriga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagan va shu sababli sovet Rossiyasi Polshaning talabiga ko‘ngan.

    1918-yil 20-dekabr kuni Qizil Xoch delegatsiyasi Polsha poytaxtiga yetib kelgan. Missiya kelib joylashgan mehmonxonada shu kunning o‘zida tintuv o‘tkazilgan. Ularning barchasi hibsga olinib, qamoqqa yuborilgan.

    Kutilmaganda Varshava aholisi xorij diplomatiyasi vakillari himoyasiga ko‘tarilgan. Natijada norozilik namoyishini quvish vaqtida polyak jandarmlari 6 kishini otib tashlagan va 11 kishi yaralangan.

    Foto: ICRC

    Foto: ICRC

    Ertasi kuni hibsga olinganlarning barchasi Varshavadan Men qishlog‘i atrofiga olib borilgan va 1919-yilning 2-yanvarida shunchaki otib tashlangan. Avvaliga ular kutilmaganda yo‘qolib qolishgani to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot bermoqchi bo‘lishgan. Keyinroq diplomatlar bosqinchilik hujumiga uchragani aytilgan. Buning uchun jandarmlar o‘g‘rilik holatini uyushtirgan. Ko‘p o‘tmay gazetalarda ruslar bedarak yo‘qolgani to‘g‘risida yolg‘on maqolalar chiqa boshlagan. Biroq haqiqat eng kutilmagan holatda barchaga oshkor bo‘lgan.

    Missiya xodimlari otib tashlangan vaqtda ulardan biri, shifokor Leon Alter omon qolgan. U ko‘kragiga o‘q tekkanida yiqilib tushgan va hushini yo‘qotgan. “O‘ldirilgan” shaxs boshqalar bilan birga qorlar orasiga ko‘milgan va ustlariga shox-shabbalar tashlangan. Shifokor sovuqda o‘ziga kelgan va eng yaqin qishloqqa qadar yetib borgan. Yaradorga dori vositalari bilan yordam ko‘rsatilgan, shundan keyin Alter Minsk orqali Rossiyaga yetib borib, polyaklarning jinoyati haqida so‘zlab bergan.

    Foto: ICRC

    Foto: ICRC

    Polyaklar qilgan jinoyatini oqlash maqsadida bolsheviklarning Qizil Xoch jamiyati vakillari Polshaga so‘l partiyalar bilan maxfiy ushrashuvlar o‘tkazish va hokimiyatni almashtirish bo‘yicha fitna uyushtirish uchun kelganini bahona qilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Linkoln tomonidan qullarning ozod etilishi, ilohiy naslidan voz kechgan imperator Xorixito va Yangi yilda inqilob uyushtirgan Kastro. Kun xronologiyasida 1-yanvar

    02.01.2023, 09:30   Izoh (0)   60980
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyaliklar shahzoda Garrini qirollik unvonidan mahrum etishni talab qilmoqda

    02.01.2023, 08:30

    Iqlimshunos 2023-yildagi ehtimoliy ob-havo anomaliyalari haqida ogohlantirdi

    02.01.2023, 08:00

    Janubiy Koreya yadroviy zarba amalga oshirilgan taqdirda, Kim Chen In rejimiga nuqta qo‘yilishi haqida ogohlantirdi

    01.01.2023, 23:45

    Braziliya prezidenti inauguratsiyasida portlovchi qurilma va pichoq bilan qurollangan erkak qo‘lga olindi

    01.01.2023, 23:24

    “Zarbalar nishonlarga borib tegdi”. 31-dekabr kuni Rossiya Ukrainada dron ishlab chiqarish korxonalariga zarba bergan

    01.01.2023, 23:10

    Kim Chen In: AQSH Yaponiya va Janubiy Koreya bilan NATOning “osiyocha varianti”ni tuzmoqda

    01.01.2023, 21:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06

    “Al-Hilol” Fernandesh transferini deyarli yakunladi — manba

    Sport | 30 may, 12:02

    AQSHda migrant Trampni o‘ldirish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 30 may, 11:56

    Gollivud yulduzlari mashhurlikning haqiqiy bahosi haqida ochiq-oydin so‘zlab berdi

    Kino | 30 may, 11:51

    BAA aholisi uchun ChatGPT Plus obunasi bepul bo‘ldi

    Dunyo | 30 may, 11:45

    Xakerlar Oq uy apparati rahbarining telefoniga buzib kirdi — WSJ

    Dunyo | 30 may, 11:15

    Havaskorlar o‘rtasidagi futbol musobaqasida ommaviy janjal yuzaga keldi (video)

    Sport | 30 may, 11:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.