• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Vatani mustaqilligi yo‘lida kurashib o‘tda yoqilgan qiz. Jasorati tillarda doston bo‘lgan Janna d’Ark

    1431-yil 30-may kuni Fransiyaning inglizlar nazorati ostidagi Ruan shahrida 19 yoshli Janna d’Ark cherkov buyrug‘i bilan gulxanda yondiriladi. Jasur fransuz qizi cherkov tomonidan jodugarlikda ayblangandi. “Daryo” vatani ozodligi yo‘lida kurashib ko‘plab qahramonliklar ko‘rsatgan “Orlean qizi” —  Janna d’Ark hayoti  haqida hikoya qiladi.

    Yoshlik yillari

    Janna d’Ark 1412-yilda, Fransiyaning shimoli-sharqida joylashgan Domremi qishlog‘ida dunyoga keladi. Uning otasi qishloq oqsuyaklaridan bo‘lib, Janna ancha yaxshi sharoitda katta bo‘ldi. Jannaga o‘qish va yozish o‘rgatilmagan bo‘lsa ham, uning onasi qiziga katolik cherkoviga bo‘lgan cheksiz muhabbatni singdiradi.

    Bu paytda Angliya va Fransiya o‘rtasida Yuz yillik urush davom etayotgan bo‘lib, Angliya fransuz ittifoqchisi Burgundiya gersogi yordamida Fransiyaning shimolini o‘z qo‘liga olgan edi. Angliya qiroli Genrix V Parijni egallab, o‘zini birlashgan Angliya va Fransiya qiroli deb e’lon qiladi. Fransuz taxtining qonuniy vorisi valiahd shahzoda Karl mamlakat janubiga chekinadi.

    Domremi aholisi dushman bosqini xavfi ostida o‘z uylarini tashlab, janubga ketishga majbur bo‘ladi.

    13 yoshida Janna ilohiy ovozni eshitganini, ovoz unga “vatanini qutqarishi va shahzoda Karlga taxtga o‘tirishda yordam berishi kerakligini” aytganini e’lon qiladi. 16 yoshida otasi uni erga bermoqchi bo‘lganida buni qat’iy rad qilib, inglizlarni vatani Fransiyadan butunlay quvib chiqarmaguniga qadar bokira qolishini aytadi.

    Janna d’Ark

    Janna d’Ark
    Foto: O‘rta asr minatyurasi

    “Orlean qizi”

    1428-yil may oyida Janna yaqin atrofda joylashgan shahzoda Karlga sodiq insonlar qarorgohi Vokulyorga keladi. Dastlab u mahalliy sudya Robert de Bordikur tomonidan rad etilib, qo‘shinga olinmaydi. Ammo Janna o‘zining ilohiy qutqaruvchi ekanligini aytib kichik bir guruh yig‘ishga erishadi.

    Sochlarini qirqib, erkakcha kiyingan Janna, valiahd shahzoda oldiga, Shinonga borish uchun dushman hududi orqali o‘tuvchi 11 kunlik yo‘lga chiqadi. Shahzoda Karl bilan suhbatlashgan Janna fransuz qirollari an’anaviy toj kiyuvchi shahri — Reymsda Karlga ham toj kiydirishni va’da qilib, undan inglizlar qamal qilayotgan Orleanni ozod qilish uchun qo‘shin berishni so‘raydi. Ko‘pgina general va maslahatchilarining qarshiligiga qaramasdan Karl uning iltimosini qondiradi. Bunday qaltis qarorni qabul qilishda muhim rolni Jannaning Yaratgan nomidan Karlning taxtga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlagani va uning hokimiyati qonuniyligi aytgani bajardi.

    1429-yil mart oyida oq zirh kiyib, oq otga o‘tirgan Janna d’Ark Orlean himoyasi uchun yo‘l oladi. Qo‘shinni Yaratganning xabarchisi boshqarayotganligi to‘g‘risidagi xabar askarlarda ruhiyatning ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Ko‘plab mag‘lubiyatlardan so‘ng umidni yo‘qotib, tushkunlikka tushgan sarkarda va askarlar Jannaning ilhomlantiruvchi so‘zlaridan ruhlandilar. Bir necha g‘alabadan so‘ng Janna ingliz-burgund qo‘shinini Luara daryosi bo‘ylab chekinishga majbur qiladi. Yuz yillik urushda anchadan beri g‘alaba qozona olmayotgan fransuz qo‘shini orasida bu muvaffaqiyatlardan keyin Jannaning obro‘si keskin ortadi. Janna d’Ark boshqa fransuz sarkardalari imkonsiz deb hisoblagan vazifani to‘rt kun ichida amalga oshirdi. Orleandagi g‘alabalardan keyin uni “Orlean qizi” deb atay boshlashadi.

    “Janna d’Ark Orlean qamalida”

    “Janna d’Ark Orlean qamalida”
    Foto: Surat muallifi rassom Sharl Lenevyu

    “Orlean qizi” va uning qo‘shini muvaffaqiyatli yurishni davom ettirib, Luara daryosi bo‘yidagi shaharlarni birin-ketin ozod qiladi. Pate yaqinidagi hal qiluvchi jang inglizlarning to‘liq mag‘lubiyati bilan yakunlanadi.

    Janna shahzoda Karlni toj kiyish uchun Reymsga borishga undaydi. Yo‘lga chiqishdan oldin Janna Karlni bir qancha tajribali fransuz sarkardalari bilan yarashtiradi. 1429-yil 29-iyunda yurish boshlandi va iyulda Reyms egallanadi.

    17-iyul kuni Karlga toj kiydirilib, Karl VII  nomi bilan taxtga o‘tirdi. Bu mamlakat aholisi kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, milliy g‘ururni uyg‘otdi. Qirolsiz qolib, Angliya qiroliga bo‘ysungan fransuzlar o‘zlarining yangi rahnamosi uchun kurashishni boshladi. Yuz yillik urush xarakteri o‘zgarib, endilikda urush taxt uchun emas, ozodlik uchun kurashga aylanadi.

    Janna d’Ark Karl VII ning toj kiyish marosimda.

    Janna d’Ark Karl VII ning toj kiyish marosimda.
    Foto:  Surat muallifi rassom Jan Ogyust Dominik

    Janna d’Ark Burgundiya gersogi Flipp III ga ham xat yuborib, yarashishni taklif qiladi. Marosimdan so‘ng Janna qirolga ustunlikni boy bermasdan tezroq Parijni egallash kerakligini aytadi, biroq Karl yaqinlarining Jannaning qudrati tobora ortib borayotgani haqidagi ogohlantirishlari sabab yurishni kechiktiradi.

    1429-yil sentabrda Parij qamal qilinadi, ammo yurish muvaffaqiyatsiz tugab, Janna jarohat oladi. Qirol unga qamalni to‘xtatib, ortga qaytishni buyuradi.

    1430-yil bahorida harbiy harakatlar qayta tiklanadi. Jannaning o‘zi saroy ahli tomonidan  muntazam ravishda tazyiqlarga uchrardi. Shu yilning may oyida qirol unga burgundiyaliklar tomonidan qamal qilinayotgan Kompen qa’lasini ozod qilish vazifasini topshiradi.

    14-may kuni xoinlik natijasida (shahar darvozasi ko‘priklari ko‘tariladi va Janna tashqarida qolib ketadi) Janna burgundlar tomonidan asir olinadi. Qirol Karl VII uni qutqarish uchun hech narsa qilmaydi va Janna inglizlarga o‘n ming oltin liva(tanga)ga sotib yuboriladi.

    Janna d’Arkning asir olinishi

    Janna d’Arkning asir olinishi
    Foto: “Hermitagemuseum.org”

    Jannaning gulxanda yondirilishi

    1430- yil Janna d’Ark inglizlar nazorati ostidagi Ruan shahriga olib kelinadi. Unga jodugarlik, erkaklar kiyimini kiyish(o‘rta asrlarda ayollarga erkaklar kiyimini kiyish cherkov tomonidan taqiqlangan edi)  kabi  yetmishga yaqin ayblovlar qo‘yildi. Ayblovlar cherkov tarafdan qo‘yilgan bo‘lsada Janna inglizlar qamoqxonasida saqlanadi, sud jarayonlari ham inglizlar nazorati ostida o‘tkaziladi. Inglizlar “Orlean qizi” ning o‘limi Karl VII ning muvaffaqiyatlariga yakun yasaydi deb hisoblaydi va uning qatli uchun barcha harakatlarni amalga oshiradi.

    Janna jodugarlik bilan ayblangach, cherkov bilan aloqalari buzilishini istamagan Karl VII jasur fransuz qizini qutqarish hech qanday muzokara olib bormadi. Bunga uning Jannani yoqtirmaydigan amaldorlari maslahati ham sabab bo‘ladi.

    Tergov jarayonida Janna qiynoqlarga qaramasdan unga qo‘yilgan hech qaysi ayblovni tan olmaydi. Jannani iqror bo‘lishga majburlay olmagach cherkov unga qarshi tan olish shart bo‘lmagan ayblovlarni (erkakcha kiyinish va cherkov qoidalarini mensimaslik) qo‘yadi. Cherkov sudining qoidalaridan farqli o‘laroq Jannaga sud qarori ustidan Papaga murojaat qilishga ruxsat berilmaydi.

    Jannning o‘qishni bilmasligidan foydalangan yepiskop unga tavba-tazarru qilishi haqidagi hujjatni imzolatadi. Oradan bir necha kun o‘tgach Janna “hujjat qoidalarini buzdi va yana erkaklar kiyimini kiydi” degan ayblov bilan o‘limga hukm qilinadi.

    1431-yil 30-may kuni Ruan shahridagi bozor maydonida fransuz milliy qahramoni Janna d’Ark tiriklayin yoqib yuborildi. Olovda yonar ekan u “Yepiskop men siz tufayli o‘lyapman, men sizni Xudoning hukmiga chaqiraman” deya baqiradi.

    Jannaning kuli Sena daryosida oqiziladi.

    Janna d’Arkning gulxanda yondirilishi

    Janna d’Arkning gulxanda yondirilishi
    Foto: Wikipedia

    Janna d’Ark shuhrati uning o‘limidan keyin oshdi va yigirma yildan so‘ng Karl VII buyrug‘i bilan yangi sud jarayoni tashkil etildi. Jannaning nomi oqlanib, cherkov uni aybsiz deb topadi.

    1920-yilda papa Benidikt XV Jannani kanonizatsiya(cherkov tomonidan ulug‘lanadigan kishilar ro‘yxatiga kirgizish) qiladi. Hozirgi kunda Janna d’Ark haykali Fransiyadagi har bir cherkovda mavjud bo‘lib, mamlakat milliy qahramoni hisoblanadi.

    Muhammadqodir Sobirov tayyorladi

    30.05.2021, 23:59   Izoh (0)   58400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” “PSJ”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 6 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 10:20

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Borussiya D”ni mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi (video)

    Sport | 6 iyul, 09:50

    O‘zbekiston, Ozarbayjon va Qozog‘iston energetika kompaniyalari qo‘shma korxona tashkil etdi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 09:40

    Arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmang — Ichki ishlar bosh boshqarmasi

    O‘zbekiston | 6 iyul, 08:56

    Madagaskar yaqinida 300 yil oldin cho‘kib ketgan va dengiz qaroqchilari o‘ljasiga aylangan kema topildi

    Dunyo | 5 iyul, 23:55

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.