• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Qorbobo mashinasi bilan yangi ‘inomarka’mni pachoq qilgan”. O‘zbek shou-biznesi vakillari hayotidagi eng qiziqarli va unutilmas Yangi yil voqealari (video)

    To‘kin dasturxon, yaqinlar diydori va Yangi yil bezaklari... Har bir oila yilning so‘nggi kunini ko‘taringki kayfiyatda kutib olishga harakat qiladi. Ammo, bu kun ham kutilmagan voqealar bilan esda qolishi mumkin. O‘zbek san’at vakillari ham Yangi yil oqshomida ko‘plab sarguzashtlarni boshlaridan kechirishgan.

    Sitora Farmonova

    Foto: Instagram / @sitorafarmonovaofficial

    Foto: Instagram / @sitorafarmonovaofficial

    — Aynan Yangi yil oqshomidagi ukam sabab qo‘limni eshik qisib qolgan. Avvaliga og‘riq o‘tib ketar deb o‘ylaganman. Ammo barmoqlarim soat sayin shishib, og‘riq ortavergan. Shundan keyin Yangi yilga bir soat qolganida kasalxonaga borishimizga to‘g‘ri kelgan. “Shu kuni tinch o‘tirmadinglarmi?” deb shifokorlar barmog‘im singanini aytishgandi. Xullas, gips qildirib uyga qaytgunimizga qadar Yangi yil kirib bo‘lgandi. Bu hayotimdagi eng og‘riqli va sarguzashtga boy Yangi yil bayrami bo‘lgan.

    Davron Ergashev

    Foto: Instagram / @davronergashev

    Foto: Instagram / @davronergashev

    — Bir yil bolalarni xursand qilay deb Qorboboni buyurtma qilganman. Yangi yil kuni Qorboboning xizmat haqqi anchayin yuqori bo‘lar ekan. “Mayli pul ketsa ham bolalar quvonsin”, deb Qorboboni chaqirtirganman. O‘sha paytda yangi inomarka mashinani xarid qilgandim. Bir payt “taraq” etgan ovoz chiqdi. Hayron bo‘lib ko‘chaga chiqsam, Qorbobo mashinamning ortidan kelib urgan ekan. Bolalar uni ko‘rib xursand, men esa mashinamni ko‘rib kayfiyatim tushgan. Aksiga olib Qorboboga og‘ir ham gapirolmaganman. Xullas, o‘sha yili Qorboboning kelishi menga juda qimmatga tushgan.

    Yorqinxo‘ja Umarov

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Sakkiz yil ishdan ertaroq kelib, uydagilar bilan Yangi yilni kutib olaman desam hech kim uyda yo‘q. Ular menga aytmay. Mehmonga ketishgan ekan. Aksiga olib, ortimga ham qaytib ketolmay qolganman. Chunki 10 daqiqadan so‘ng bayram kirishi kerak edi. Xullas uyga kirib, mandarinni yeb Yangi yilni kutib olganman. Hozircha hayotimdagi eng unutilmas Yangi yil shu bo‘lgan.

    Elmurod Haqnazarov

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    Foto: Instagram / @elmurodhaqnazarov

    — Uch-to‘rt yil oldin bayram kuni bolalarni quvontiray deb salyut sotib olganman. Soat o‘n ikkiga bong urganida oilaviy ko‘chaga chiqqanmiz. Salyutni otib uyga kirsak, molxonadagi ikkita qo‘yni “urib” ketishibdi. Mahalla noziri kelgan, xullas yil bayonnoma tuzish bilan boshlangan (kulib).

    Shohida Uzoqova

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    — Hayotimdagi unutilmas Yangi yilni ancha yil avval onam, opalarim davrasida kutib olganman. Xontaxta atrofiga ko‘rpachalar solib, oddiygina dasturxon bezatib samimiy suhbat qurgandik. O‘sha kundan bittagina rasm esdalik bo‘lib qolgan. Yaqinlarimni sog‘insam o‘sha rasmga qarab qo‘yaman. Hozir katta stol-stulni turli noz-ne’matlar bilan yasatib. Bayramni kutib olamiz. Afsuski, unga yaqinlarim diydori va samimiy suhbati yetishmaydi.

    Shohruxxon

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Hayotimdagi eng unutilmas Yangi yil o‘tgan yili sodir bo‘ldi. Turkiyadagi konsertim sabab, oilamni ham o‘zim bilan olib ketdim. Konsert 31-dekabrda bo‘ldi, uni o‘tkazib oilam bilan mashinaga o‘tirib ketayotgandik. Aksiga olib, tirband yo‘lda qolib ketdik. Va oilam bilan bayramni mashinada kutib olishimizga to‘g‘ri keldi.

    Dilshod Nazarov

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Shu kungacha nechta Yangi yil bayramini nishonlagan bo‘lsam, hammasi o‘ziga xos o‘tgan. Chunki bu kun oilamizda qo‘shaloq bayram. Onam ham aynan Yangi yil oqshomida dunyoga kelgan. Ba’zan Yangi yil yo‘q, degan gaplarni eshitib qolsam biz bayramni emas. onamning shukrona kunlarini nishonlayapmiz, deb kulib qo‘yaman.

    Ozoda Nursaidova

    Foto: Instagram / @ozodaofficial

    Foto: Instagram / @ozodaofficial

    — Hayotimdagi eng unutilmas Yangi yilni 2002-yili kutib olganman. O‘shanda reys qoldirilgani uchun aeroportda qolib ketganmiz. Hammaning kayfiyati yomon bo‘lsa-da, terminalda o‘zimizcha bayram tashkillashtirganmiz (kulib). San’atkorlarning hayotida bunday unutilmas bayramlar ko‘p bo‘ladi. Chunki ular hamisha xizmatda. Bayram kuni bemalol dam olib o‘tirganimni eslolmayman. Hamisha bir tadbirdan, ikkinchisiga shoshamiz. Ba’zan Yangi yilni yo‘lda kutib olgan paytlarimiz ham bo‘ladi.

    Hamdam Sobirov

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Ilgari bayram qadrini unchalik tushunmasdim. Hozir eng yaxshi bayram ota-onam, singillarim davrasida o‘tganini yanada yaxshi his qilyapman.

    Ozod Xurramov

    Foto: Instagram / @liil.khuramov

    Foto: Instagram / @liil.khuramov

    — Nazarimda hayotimdagi unutilmas Yangi yil bu yil sodir bo‘ladi. Chunki bu yil Yangi yilning vatanida qarshi olishni rejalashtiryapman. Bundan tashqari, bu yil Ozoda Nursaidova bilan kuylagan duetimiz “Mavsum xitlari”da g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuning uchun Yangi yilni yanada, ko‘taringki ruhda kutib olsam kerak.

    Doston Ergashev

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Bayram bilan bog‘liq unutilmas voqealar juda ko‘p bo‘lgan. Masalan. Bir yili bayramni tirbandlikda qolgan mashinam ichida kutib olganman. Shukrki, 3 yildan buyon bayramni oila davrasida nishonlash nasib etyapti.

    Ulug‘bek Rahmatullayev

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    — Bayramni hech qachon yomon xotiralar bilan eslamaslik kerak. Quvonchli kundan hamisha xalq xizmatida ekanligimdan xursandman. Ammo bir yil charchab, uxlab qolganman. Ertalab uyg‘onsam, Yangi yil allaqachon kirib bo‘lgan ekan.

    31.12.2022, 20:49   Izoh (0)   22519
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    2022-yilda hayotdan ko‘z yumgan o‘zbek san’ati vakillari (foto)

    31.12.2022, 18:58

    Makoley Kalkin va Barbara Brilska: Yangi yilda hamma sevib tomosha qiladigan filmlar qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    31.12.2022, 16:48

    2022-yilda farzandli bo‘lgan shou-biznes vakillari (foto)

    31.12.2022, 14:51

    2022-yilda o‘z baxtini topib, oila qurgan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto, video)

    31.12.2022, 12:50

    Bayramona kayfiyat ulashuvchi Yangi yil haqidagi 5 ta film

    31.12.2022, 10:49

    Instagram: Onasini Umra safaridan kutib olgan Ziyoda, Hosila Rahimova Yangi yilni Nyu-Yorkda qarshi oladi, Manzura hijobini yechgani haqidagi mish-mishlarga izoh b...

    30.12.2022, 23:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29

    Arman Sarukyan Iliya Topuriyani jangga chorladi

    Sport | 26 iyul, 17:25

    Muxlislarga syurpriz: mashhur obrazlarini filmlarda qayta gavdalantirgan aktyorlar

    Kino | 26 iyul, 16:47

    NASA xodimlarining soni 21 foizga qisqaradi

    Dunyo | 26 iyul, 16:15

    “Al-Hilol” Aleksandr Isak uchun “rad etib bo‘lmas” taklif jo‘natdi

    Sport | 26 iyul, 16:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.