Rossiyaning Rostov viloyati Novocherkassk shahrida 27-dekabr kuni harbiy kazarma yonib ketdi. Bu haqda “24 kanal” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in Persiyanovskiy qishlog‘idagi 150-motoo‘qchilar diviziyasi kazarmasida sodir bo‘lgan. Yong‘in harbiy binoning ikki qavatini butunlay vayron qilgan. Qurbonlar va yong‘in sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Voqea joyidan olingan kadrlarda yong‘in katta hududni qamrab olganini ko‘rish mumkin.
Rossiyadagi sirli yong‘inlar: joriy ma’lumotlar
25-dekabr kuni Krasnodar o‘lkasida savdo markazi yonib ketdi. Olov 1000 kvadrat metr maydonni qamrab oldi. Yong‘inni o‘chirishga 63 nafar qutqaruvchi va 18 ta texnika jalb qilindi.
24-dekabr kuni Kemerovoda qariyalar uyi yondi. Hodisa oqibatida muassasada yashovchi 26 kishidan 20 nafari halok bo‘ldi.
22-dekabrda Rossiyaning Murmansk viloyatidagi “Zvezdochka” zavodi ustaxonasida turgan “Admiral Kuznetsov” kreyseri bortida yong‘in sodir bo‘ldi. Kreyserdan 20 kishi evakuatsiya qilingan, hech kim jabrlanmagan. Yong‘in sabablari hozircha noma’lum.
Izoh (0)