O‘zbekistonda 8-avgust kuni soat 08:58 da zilzila sodir bo‘ldi.

Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, magnitudasi 4,2 balli zilzilaning episentrida (Marhamat tumani) sezilish kuchi 4 ballni tashkil etdi.
Quyidagi hududlarda sezildi:
- Andijon viloyatida — 3 ball,
- Farg‘ona viloyatida — 2-3 ball,
- Namangan viloyatida — 2 ball.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi talafotlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Izoh (0)