Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonidagi turistik hududlardan birida osma ko‘prik uzilib ketdi. Oqibatda daryodan o‘tayotgan odamlar suvga tushib ketib, kamida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” xabar berdi.

Hodisa 6-avgust kuni Ili shahrida yuz bergan. Osma arqonlardan biri uzilishi oqibatida ko‘prik qiyshayib, odamlar suvga qulagan. Hodisada 24 kishi jarohat olgan, jami 29 kishi uzilgan ko‘prikdan yiqilgan.
Jarohatlanganlarning 22 nafari yengil, ikki nafari esa og‘ir ahvolda. Ularning barchasi mahalliy shifoxonalarga yetkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda uzilgan osma ko‘prikning bir tomonga qiyshayib qolganini ko‘rish mumkin. Uzilish paytida ko‘prikda qolgan odamlar yon to‘rdan ushlab, narigi tomonga o‘tishga uringan. Kadrlarda ko‘prik ostida jabrlanganlarga yordam ko‘rsatilayotgani ham aks etgan:
Ma’lumot o‘rnida, Xitoyda chivinlar orqali yuqadigan chikungunya virusi keng tarqalmoqda. Mamlakatda allaqachon 7 mingdan ortiq kishi unga chalingan. Hukumat hasharotlarga qarshi kurashish uchun dorilar sepmoqda va dronlarni ishga solmoqda.
Eng ko‘p kasallanish holatlari Foshan shahrida qayd etilgan. Bu Xitoy tarixidagi eng keng ko‘lamli chikungunya tarqalishi sifatida baholanmoqda. Kasallik isitma va bo‘g‘imlardagi og‘riq bilan birga namoyon bo‘ladi. Aholi chivinlardan himoyalanish uchun to‘r va boshqa vositalardan foydalanmoqda. Virusga chalingan bemorlar kamida bir hafta shifoxonada qolmoqda.
Izoh (0)