• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Afg‘oniston yetakchisi qarorgohini egallagan “KGB” maxsus kuchlari, Moskvada portlatilgan avtobus va Gitlerga rad javobini bergan Franko. Kun xronologiyasida 27-dekabr

    27-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Afg‘oniston yetakchisi qarorgohini egallagan “KGB” maxsus kuchlari, Moskvada portlatilgan avtobus hamda Gitlerga rad javobini bergan Frankoga oid faktlar o‘rin olgan.

    Olovli “Shtorm”. “KGB” maxsus kuchlari tomonidan ishg‘ol etilgan Amini saroyi

    1979-yil 27-dekabr kuni SSSR “KGB” guruhi Afg‘oniston yetakchisi Hafizulloh Aminning qarorgohini egallagan edi. O‘ziga xos mazkur operatsiyaga qisqa muddatda tayyorgarlik ko‘rilgan bo‘lib, hozirda u maxsus xizmatlarning o‘quv darsligiga kiritilgani aytiladi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1979-yilning sentabrida sodir bo‘lgan davlat to‘ntarishidan keyin Afg‘onistonda hokimiyatni Hafizulloh Amin — muxolifatni shafqatsizlarcha bostirgan diktator egallaydi. Uning buyrug‘i bilan Afg‘oniston Xalq-demokratlar partiyasi bosh kotibi, davlat rahbari Muhammad Taraki o‘ldirilgan — u SSSR bilan hamkorlik to‘g‘risidagi do‘stlik bitimini imzolagan edi.

    Mamlakatda repressiya boshlangan, yangi rejimga qarshilar sud va tergovsiz qatl etilgan, qamoqxonalarga tashlangan. Sovet—afg‘on chegarasida islomiy guruhlar faollashgan, harbiylar xizmatdan qochgan yoki mujohidlar tarafga o‘tishni boshlagan. Moskva vaziyatning keskinlashishini baholagan holda birinchi navbatda tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, MRB uchun ishlagan Hafizulloh Aminni yo‘qotishga qaror qiladi.

    1979-yil oktabrda SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi “Baykal-79” va “Shtorm-333” maxfiy operatsiyalarini amalga oshirishga kirishadi. Birinchi guruhdagi maxsus kuchlar Aminni yo‘qotishi, ikkinchi guruh esa Kobuldagi o‘ta muhim davlat obyektlarini egallashi kerak edi.

    Sovet harbiy xizmatchilari Afg‘onistonga Muhammad Taraki so‘ragan va Hafizulloh Amin rad etmagan harbiy yordam bahonasida kirib kelgandi. Bundan tashqari, u sovet hukumatidan shaxsan qarorgohini qo‘riqlash uchun batalyon ajratishni so‘ragan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    1979-yil dekabrda Bagram aerodromiga SSSR Bosh shtabi Bosh razvedka boshqarmasini maxsus bo‘linmasining 500 ga yaqin harbiysi kelib qo‘nadi. Ular afg‘onlarning milliy kiyimlarida mahalliy harbiylarga qo‘shilib olgan.

    Bahramda yozdan beri 345-parashyut-desant polkining bo‘linmasi faoliyat olib borardi. Desantchilar texnik mutaxassislar niqobi ostida sovet transport aviatsiyasining parvozlari xavfsizligini ta’minlab kelgan.

    Bir nechta maxsus guruh anchadan buyon Kobuldagi elchixonada va harbiy maslahatchilar sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi. Ular orasida “KGB”ning maxsus bo‘linmasi xodimlari ham bo‘lib, ular turli obyektlarni, muhim shaxslarni qo‘lga olish, asirlarni ozod etish va tuzoqlar qo‘yish bo‘yicha mutaxassis hisoblangan. Bundan tashqari, Afg‘onistonga “KGB”ning o‘ta maxfiy — “Momaqaldiroq” bo‘linmasi jangchilari ham yetib kelgan.

    Ikkala bo‘linmada 50 nafarga yaqin xodim bor edi. Ular razvedka ishlarini olib borgan, qo‘lga olinadigan obyektlarni o‘rgangan, zaif tomonlarini aniqlagan, qo‘riqchilarni sanab, qurollarini tahlil qilgan.

    Dekabr o‘rtalarida “musulmonlar batalyoni” Afg‘oniston rahbarining qarorgohi qo‘riqlovini kuchaytirish maqsadida Kobul tomon yo‘l olgan. Bir necha bor suiqasdga uchragan Amin Tojbek saroyini haqiqiy mustahkam qal’aga aylantirishni buyurgandi. Bino balandlikda joylashgan bo‘lib, unga birgina yo‘l olib borgan: yashirincha harakatlanishning imkoni yo‘q edi. Atrof minalashtirilgan, devorlar mustahkamlangan — artilleriya o‘qlariga ham bardosh bera olgan.

    Saroydagi barcha blokpostlar pulemyot va granatomyotlar bilan qurollangan, ehtimoliy hujum yo‘nalishlariga tanklar qaratilgan. Qarorgohni jami 2 ming kishi qo‘riqlardi. Binoda Aminning 200 ga yaqin tansoqchisi bo‘lgan.

    Shturm Kobuldagi hukumat ichidagi aloqani uzish orqali berilgan signaldan so‘ng boshlangan. Tojbek izolyatsiyada qolgandi. Kobul garnizonini sovet desantchilari bloklagan. Soat 19:15 da “musulmonlar batalyoni” va “KGB” guruhlari soqchilarni yo‘qotishga kirishgan. Buni yashirin holatda amalga oshirib bo‘lmagan — blokpostdagilar o‘q uzgan. Shovqin kazarmadagi afg‘on harbiy xizmatchilarini oyoqqa turg‘izgan. Sovet harbiylari garnizon komandirlarining bir qismini o‘ldirishga muvaffaq bo‘ladi.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “KGB” guruhlari bir nechta BTR va BMP zirhli texnikalarida qarorgoh hududiga kirib borgan va pulemyotlardan o‘qqa tutilgan — maxsus kuchlar orasida bir necha kishi halok bo‘lgan. Shundan so‘ng, ular kichik bo‘linmalarga ajralib, binoga kirgan.

    Bino ichida shtrum guruhi gvardiyachilarning qattiq qarshiligiga uchragan. Aminning soqchilari yaxshi tayyorgarlikdan o‘tgan va tish-tirnog‘igacha qurollangan edi. Bu ko‘plab maxsus xizmat xodimlari uchun haqiqiy jangovar vazifa edi. Har ikki tomondan o‘qlar yog‘dirilgan, granatalar otilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Shunga qaramay, sovetlar soqchilarning o‘t ochishini to‘xtatib, tashabbusni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Har bir xona ko‘zdan kechirilib, tozalash ishlari boshlangan. Shtrum ishtirokchilarining eslashicha, Hafizulloh Amin maxsus xizmat xodimlari qavatlarni tozalab granatalar uloqtirgan vaqtda halok bo‘lgan. Asosiy vazifa bajarib bo‘lingan edi.

    Shtrum qariyb 40 daqiqa davom etgan. “KGB” ofitserlari va “GRU” bo‘linmalari Aminning deyarli barcha tansoqchilarini o‘ldirgan. Jami 1,7 ming afg‘on harbiy xizmatchisi asirga olingan.

    Jazosiz qolgan terror

    1994-yil 27-dekabr kuni Moskvadagi Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasining janubiy chiqish qismida avtobus portlab ketgandi. 400 gramm trotil 33-yo‘nalish bo‘yicha harakatlanuvchi “LiAZ”ni metallolom bo‘laklariga aylantirib tashlagan. Uning yonida bo‘lgan trolleybuslarga ham shikast yetgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    FXX, Moskva jinoyat qidiruvi va shahar prokuraturasi mazkur teraktni Chechenistondagi voqealar bilan bog‘lagan. Ichkeriya prezidenti Joxar Dudayev federal hukumatni qo‘shinlar kiritgani uchun javob zarbasi berilishi haqida bir necha bor ogohlantirgandi.

    Portlash chechen kampaniyasi boshida sodir bo‘lgan teraktlarga o‘xshab ketgan. 1994-yil 18-noyabr kuni Yauza daryosi ustidan o‘tgan temiryo‘l ko‘prigida kuchli bomba portlagandi. Teraktdan to‘rt kun oldin Moskva okrug temiryo‘lining Kojuxova va Kanatchikov stansiyalari orasida ham portlovchi qurilma ishga tushgandi.

    Terrorchilar katta tasodif bilan topilgan. Yuzadagi portlashda bombani o‘rnatayotgan odam parchalanib ketgandi. Huquq-tartibot organlari uning shaxsini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan — Andrey Shelenkov. Uning kiyimlari hamyonidan topilgan hujjatlar o‘rganilib, oxirgi marta “Lanako” firmasida ishlagani aniqlangan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    “Lanako” tasischilari neft mahsulotlari bilan savdo qiluvchi Atlan Natayev va poytaxt YPXning sobiq xodimi Maksim Lazovskiy edi. Lazovskiy kriminal olamda katta obro‘ga ega bo‘lgan, uni “Oqsoq” yoki “Mask” deb chaqirishgan.

    Bu vaqtga kelib huquq-tartibot organlarida organlarida Lazovskiy bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar to‘planib qolgandi. 1993-yil oxirida “Lanako” va “Viktor” korporatsiyasi o‘rtasida neft mahsulotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq bitim bo‘yicha kelishmovchilik yuzaga kelgan. “Viktor” rahbarlarining kvartiralariga portlovchi qurilmalar o‘rnatib ketilgan. Portlashdan biri shu qadar kuchli bo‘lganidan kvartira temir eshigini buzib yuborgan va u devorni teshib o‘tgan. Ammo tadbirkorlarga hech qanday shikast yetmagan. Portlashdan keyin yong‘in yuzaga kelgani bois, ularning qo‘shnilari derazadan sakrashga majbur bo‘lgan va ikki nafari yerga yiqilib o‘lgan.

    “Viktor” xodimlari suiqasd ortida “Lanako” turgan bo‘lishi mumkinligini aytgan va 13-dekabr kuni huquq-tartibot organlari firma ofisida tintuv o‘tkazgan. Qo‘riqchilar ularni pistoletlardan o‘q uzgan holda kutib olgan. Keyinroq ular militsiya xodimlarini bosqinchi deb o‘ylashganliklarini bildirgan. Otishmadan keyin xodimlar 30 kishini qo‘lga olgan, ular orasida kriminal olamning taniqli shaxslari ham bor edi.

    1994-yil 16-iyun kuni “Kredit-Konsensus” banki ofisi yonida avtomatdan tagansk jinoiy guruhining uch a’zosi otib ketilgan. Tergovchilar otishmada Lazovskiyning do‘sti Roman Polonskiy ishtirok etganini aniqlagan, biroq u qo‘lga olinmagan. 18-sentabr kuni Polonskiy Burakov ko‘chasidagi avtoturargohda otib ketishgan. Uning kamariga kobura osilgan, hamyonida esa Rossiya Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasi xodimi guvohnomasi bo‘lgan.

    Sentabr oyida “Lanako” muassislaridan biri Atlan Natayev ham bedarak yo‘qolgan. Kechqurun to‘q ko‘k BMW 740 avtomobilida ofisidan chiqib ketgan erkakning daragi hech qayerdan chiqmagan (bir necha oydan keyin mashina botqoqlikdan topilgan, Atlan va uning ikki qo‘riqchisi boshsiz holda mashina ichida bo‘lgan).

    Qidiruv e’lon qilingan Lazovskiy va uning tansoqchisi Marsel Xarisov 1996-yil fevralda qo‘lga olingan. U bilan birga FXX Moskva boshqarmasi xodimi Aleksey Yumaskin ham ushlangan. Lazovskiy va Xarisov yonida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan pistoletlar hamda giyohvand moddalar topilgan, ularning barchasini yonida FXX, Mudofaa vazirligi va militsiyaning soxta guvohnomalari bo‘lgan. Yumaskin qidiruvdagi bosqinchini nima uchun qo‘riqlaganini sud aniqlamagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, xodim maxsus vazifani bajarayotgan bo‘lgan.

    Lazovskiy va Xarisovni bosqinchilikda ayblashmoqchi bo‘lishgan, ammo dalillar yetarli emasdi. Guvohlar to‘liq xavfsizlik kafolatlansagina ko‘rsatma berishga rozi bo‘lgan. Ularning xavfsizligiga hech kim kafolat bermagan va oxir-oqibat Lazovskiy hamda uning do‘sti narkotiklar, qurol va soxta hujjatlardan foydalanishda ayblangan. 1997-yilda ular ikki yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    “Noshukur yaramas”: nima uchun Franko Gitlerga rad javobini bergandi?

    1978-yil 27-dekabr kuni Ispaniyada Fransisko Franko diktaturasi yakuniga yetganini bildiruvchi yangi konstitutsiya kuchga kirgan. Adolf Gitler bilan ittifoq tuzishdan bosh tortgan diktator qanday siyosat yuritgandi? Quyida shu haqida ma’lumot beramiz.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    1940-yil 23-oktabr kuni Ispaniya—Fransiya chegarasidagi Enday temiryo‘l stansiyasida Adolf Gitler va Fransisko Franko o‘rtasi uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Ushbu hodisa butun dunyo uchun juda muhim ahamiyat kasb etardi. Nemis fyureri Ispaniyani urushga tortishga umid qilgan. Agarda bu amalga oshganida, urush boshqacha yakun topishi mumkin edi. Ispan generalissimusining qarori Ikkinchi jahon urushiga ta’sir ko‘rsatgan. Agarda Franko Gitler tarafiga o‘tgudek bo‘lsa, Buyuk Britaniya og‘ir ahvolda qolardi. Ammo ispaniyalik diktator barcha takliflarni rad etgan va Gitlerning g‘azabiga uchragan.

    Qator tarixchilarning fikricha, bir necha yil oldin yakunlangan fuqarolik urushi sabab Ispaniya yirik xalqaro mojaroga aralashadigan ahvolda bo‘lmagan. Kaudilyo (diktatorning lavozimi) o‘z qo‘shinlari tayyor emasligini tushungan va bularning barchasi rejimning qulashi bilan yakunlanishi mumkinligidan xavfsiragan.

    Boshqa tadqiqotchilarning taxminicha, Franko shunchaki Gitlerdan Ispaniyaning kampaniyada ishtiroki uchun yaxshiroq takliflarni kutgan.

    Aytish mumkinki, kaudilyoning o‘zi fyurer bilan o‘ynashgan. 1940-yil 13-iyunda Parijdagi vermaxt kuchlari qarshisidagi chiqishida general Franko “qat’iy betaraflik”dan voz kechib, Ispaniyanini “urushmaydigan tomon” deya e’lon qilgan. Bu ispanlar to‘g‘ridan to‘g‘ri jangovar harakatlardan tashqari, boshqa davlatlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkinligini anglatardi.

    Natsistlar yetakchisi xorijiy safarlarga chiqishni yaxshi ko‘rgan. Fransiya taslim bo‘lganidan keyin 1940-yil 23-iyunda Gitler Fransiyaga kelib, Napoleon Bonapart qabrini ziyorat qilgan va bu kunni “hayotidagi eng yaxshi onlar” deb atagan. Bundan tashqari, fyurer o‘zining asosiy ittifoqchisi Benito Mussolinining oldiga Italiyaga ham borgan.

    Frankoning oldiga tashrif uzoq vaqt va sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko‘rilgan. Ispaniyada dastlabki muzokaralarni o‘tkazish uchun avvaliga Genrix Gimmler yuborilgan. SS reyxsfyureri Madridga San-Sebastyan orqali kelgan. Franko bilan uchrashuvda ikki mamlakat politsiyasining hamkorligi masalalari muhokama qilingan.

    Ispaniyani urushga aralashtirish Gitler uchun juda muhim edi. U Frankoga Shimoliy Afrikadan hududlar va britanlarning Gibraltardagi qal’asini olishni taklif qilgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Diktatorlar uchrashuvi chigallikdan boshlangan. Kaudilyoning soat 15:00 da yetib kelishi kerak bo‘lgan poyezdi sakkiz daqiqaga kechikkan. Bu vaqt davomida Gitler perronda kutib qolgan. Mish-mishlarga ko‘ra, Franko fyurerni psixologik barqarorlikdan chiqarish uchun qasddan kechikkan.

    Ikki rahbar bir-biri bilan qo‘l berib ko‘rishgach, Gitlerning salon-vagoniga yo‘l olgan. Ularning ikkisi ham anchadan buyon bir-birini ko‘rish orzusida yurgani ma’lum bo‘lgan. Germaniya tashqi ishlar vaziri Ribbentropdan tashqari uchrashuvda natsistlar TIV matbuot kotibi Paul Shmidt, Ispaniya tashqi ishlar vaziri Serrano Sunyer va ikki tarjimon qatnashgan. Avvaliga Franko fyurer bilan tanishish baxtiga muyassar bo‘lganini aytib, butun Ispaniya nomidan minnatdorchilik bildirgan.

    Granko suhbatdoshini Ispaniya Germaniya tarafidan urushga kirishidan xursand bo‘lishini, biroq “urush iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarda jiddiy tayyorgarliklar talab etishini” ma’lum qilgan. Shundan keyin kaudilyo AQSH va Argentina o‘z mamlakatiga ko‘rsatayotgan yordamlarning qiyinchiliklari haqida gapirgan. Shuningdek, Ispaniyada hosildorlik yaxshi bo‘lmaganini eslatib o‘tgan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    O‘z navbatida Gitler Ispaniyaning dushmanlarini o‘zining dushmani deb atagan. U fuqarolik urushi vaqtida Frankoni fikriy jihatdan qo‘llab-quvvatlaganini bildirib, yangi urush qit’alar taqdirini hal etishini atgan. Fyurer SSSR haqida ko‘p gapirgan. Uning fikricha, Angliya bekorga Moskva tarafiga o‘tgan.

    Shuningdek, Gitler AQSH qurollanishga ulgurmasligi, yaqin 1,5—2 yil ichida Buyuk Britaniya tarafida urushga kirmasligiga ishonch bildirgan. General Sharl de Goll hokimiyati turli material va harbiy resurslarga boy Shimoliy Afrika kolofiyalarida kuchayib borayotganini ta’kidlagan.

    Muzokaralar yetti soat davom etgan. Franko fyurerning taklifiga javoban aqlbovar qilmas talablarni ilgari surgan, ular orasida — inglizlarning mag‘lubiyatidan keyin Gibraltarni qaytarish, fransuz koloniyalarini, jumladan, Marokashni Ispaniyaga berish, Germaniya tomonidan katta miqdorda oziq-ovqat, neft va qurol-yaroqlarning yetkazilishi.

    Franko Gitlerning qo‘g‘irchog‘iga aylanishni istamay, oldinroq qabul qilingan neytralitet siyosatiga sodiq qolishni ma’qul ko‘rgan. Shu bois u fyurerda yomon taassurot qoldirgan va ularning uchrashuvi boshqa bo‘lmagan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Dunyoni o‘zgartirib yuborgan Kyurilar, 235 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan halokatli sunami va Peterburgda dekabristlar isyoni. Kun xronologiyasida 26-dekabr

    27.12.2022, 09:30   Izoh (0)   51351
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lavrov: “Vashington Rossiya prezidentini jismoniy jihatdan bartaraf etish bilan tahdid qilmoqda”

    27.12.2022, 09:28

    Serbiya o‘z qo‘shinlarini jangovar shaylik holatiga keltirdi

    27.12.2022, 09:06

    “Daryo” kundaligida 26-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    27.12.2022, 00:54

    Janubiy Koreyada birinchi marta miyani yeb qo‘yadigan amyoba bilan zararlanish holati aniqlandi

    26.12.2022, 23:31

    Putin Medvedevni yangi lavozimga tayinladi

    26.12.2022, 21:48

    To‘qayev: “Rus tilining MDHdagi roli shubha ostiga olinishi mumkin emas”

    26.12.2022, 21:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Hitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namangan va Toshkentda yarim mlrd so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    O‘zbekiston | 31 may, 22:15

    Mayk Tayson raqibining oyog‘ini tishlab olgan, WBC prezidentiga tupurgan va jurnalistni haqorat qilgan matbuot anjumani haqida

    Boks | 31 may, 22:01

    Sariq libosdagi “Inter”, stadionga bir necha soat avval kirgan muxlislar, egasini kutayotgan kubok: final atrofidagi muhit – suratlarda

    Sport | 31 may, 21:57

    Aprelda iste’molchilarga qancha keshbek to‘langani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 31 may, 21:55

    Kir yuvish kukuniga allergiya: sababi, dastlabki belgilari va oldini olish chorasi

    Ayollar sahifasi | 31 may, 21:35

    O‘zbekiston JSTga a‘zo bo‘lish bo‘yicha Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston | 31 may, 21:15

    O‘zbekistonning “Sahrodagi Luvr”idan keltirilgan suratlar Rossiyada namoyish etilmoqda (foto)

    O‘zbekiston | 31 may, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.