• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoni o‘zgartirib yuborgan Kyurilar, 235 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan halokatli sunami va Peterburgda dekabristlar isyoni. Kun xronologiyasida 26-dekabr

    26-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan radiyni kashf qilgan Mariya va Pyer Kyurilar, 235 ming inson o‘limiga sabab bo‘lgan sunami hamda Peterburgda dekabristlar qo‘zg‘oloniga oid faktlar o‘rin olgan.

    Dunyoni o‘zgartirib yuborgan Kyurilar

    1898-yil 26-dekabr kuni Mariya va Pyer Kyurilar yangi radioaktiv element kashf etilgani to‘g‘risida hisobot bergan edi. Radiy nomini olgan kimyoviy element ruda va o‘tkir kimyoviy hidga ega omborxonada paydo bo‘lgandi.

    Foto: Global Look Press

    Opa-singillar kelishuvi

    1867-yil 7-noyabr kuni Varshavadagi o‘qituvchi Vladislav Sklodovskiy oilasida qizcha dunyoga kelgan va unga Mariya deb ism qo‘yilgan. Oila juda qashshoq kun kechirgan, ona sildan aziyat chekkan, ota esa bir vaqtning o‘zida uning hayoti va bolalarni tarbiyalash bilan shug‘ullangan.

    Bunday og‘ir hayot katta istiqbollarni va’da qilmagan, ammo sinfda eng a’loga o‘qigan Mariya olima bo‘lishni orzu qilgan. Bu vaqtda hatto badavlat oilalarning qiz farzandlari ham ilm-fanga yaqinlashtirilmagan, bu faqatgina erkaklar ishi deb qaralgan.

    Ammo ilm-fan haqida orzu qilishdan oldin oliy ta’limda o‘qish kerak edi, bunga esa oilaning mablag‘i yo‘q bo‘lgan. Shunda opa-singil Sklodovskayalar — Mariya va Bronislava o‘zaro bitim tuzadi. Unga ko‘ra, qizlardan biri o‘qigan vaqtda ikkinchisi ishlab ikkalasini ham ta’minlashi kerak edi. Shundan keyin ikkinchi qiz o‘qishni davom ettirishi lozim bo‘lgan.

    Bronislava Parijdagi tibbiyot institutiga o‘qishga kirgan, Mariya esa badavlat oilalarda tarbiyachi bo‘lib ishga joylashadi. 1891-yilda Bronislava diplomli shifokorga aylangan va o‘z va’dasida turgan — 24 yoshli Mariya Sorbonnaga yo‘l olgan.

    Ilm-fan va Pyer

    Ishlab topgan puli qashshoqlar dahasidagi kichik kulbada yashash va ovqatlanish uchun zo‘rg‘a yetardi. Ammo Mariya butunlay o‘qishga sho‘ng‘ib ketgani sabab baxtli edi. U birdaniga ikkita diplom olgan — ham fizika, ham matematika bo‘yicha.

    1894-yilda tanishlarinikiga mehmonga borgan Mariya Shahar sanoat fizikasi va kimyo maktabi laboratoriya mudiri Pyer Kyurini uchratgan. Mariya o‘zining aqliy salohiyati bilan yigitni o‘ziga rom etadi. Pyer Mariyaning rejalaridan hayratga tushadi. U yoshligidan umrini ilm-fanga bag‘ishlashga, oilaviy rishtalarni o‘rnatmaslikka, oliy ma’lumot olgach Polshada ishlashni davom ettirishga qaror qilgandi.

    Foto: Global Look Press

    Mariyaning do‘stlari va yaqinlari uni fikridan qaytarishga uringan — bu vaqtda Polshada ilmiy faoliyat uchun sharoit bo‘lmagan, Pyer ham oddiy erkak emas, balki olima ayol uchun ideal juft edi. Oxir-oqibat ular 1895-yil 26-iyulda oila qurishga qaror qiladi.

    Sirli “nurlar”

    Mariya turmush o‘rtog‘i uchun ovqat tayyorlashni o‘rganadi, 1897-yil kuzida esa qiz farzandni dunyoga keltiradi. Ammo u uy bekasi bo‘lib qolish niyatida emasdi, Pyer ham rafiqasining harakatlari va ilmiy sohadagi faolligini qo‘llab-quvvatlagan.

    Qizi tug‘ilgunga qadar Mariya 1896-yilda magistrlik dissertatsiyasi uchun mavzu tanlab bo‘lgandi. Uni fransiyalik fizik Antuan Anri Bekkerel kashf etgan tabiiy radiofaollik tadqiqotlari qiziqtirardi.

    Bekkerel uran tuzini qora qog‘ozga zich o‘ralgan fotoplastinkaga joylashtirgan va bir necha soat quyosh nurida qoldirgan. U nurlanish qog‘ozdan o‘tib, fotoplastinkada ta’sir ko‘rsatganini aniqlagan. Bu uran tuzi rentgen nurlarini o‘tkazishini ko‘rsatardi. Bekkerel tashqi manba ta’sirisiz radiatsiyani amalga oshiruvchi yangi ko‘rinishni kuzatgan. Sirli nurlanish “Bekkerel nurlari” deb atala boshlangan.

    “Bekkerel nurlari”ni tadqiq etish mavzusini olgan Mariya uni boshqa birikmalar orqali o‘tkazib ko‘rishga qiziqqan. Ayol urandan tashqari toriy va uning boshqa birikmalari ham shunday nur taratishini aniqlagan. Mariya mazkur holatni ifodalash uchun “radioaktivlik” tushunchasini muomalaga kiritgan.

    Foto: Global Look Press

    Qizini dunyoga keltirib, tadqiqotlarga qaytgan Mariya Chexiyadagi uran qazib olingan kondagi radioaktivlik to‘rt barobar yuqoriligidan xabar topadi. Shu bilan birga, tahlillar u yerda toriy yo‘qligini ko‘rsatgan. O‘shanda Mariya qatron aralashmasida radioaktivligi urandan ming barobar kuchli noma’lum element zarralari bor degan xulosaga keladi.

    1898-yil martda Pyer Kyuri o‘zining tadqiqotini to‘xtatib, butun e’tiborini Mariyaga qaratadi, u ayolining inqilobiy yangilik yoqasida turganini tushunib yetgandi. 1898-yil 26-dekabr kuni Mariya va Pyer Kyuri Fransiya akademiyasiga yangi ikki element — radiy va poloniyni kashf etishgani to‘g‘risida hisobot beradi.

    Kashfiyot nazariy edi va uni tasdiqlash uchun elementlar tajriba orqali qo‘lga kiritilishi kerak bo‘lgan. Hisob-kitoblar elementlarni olish uchun tonnalar rudalarni qayta ishlash kerakligini ko‘rsatadi. Buning uchun mablag‘ yo‘qligi bois ular qayta ishlash joyi sifatida eski omborxonani tanlaydi, kimyoviy reaksiyalar ulkan qozonlarda amalga oshirilgan.

    To‘rt yil davomida er-xotin muntazam kuyish jarohatlarini olib ishlagan. Kimyogar olimlar uchun bu oddiy holga aylangan. Keyinroq esa ushbu kuyishlarning radioaktivlikka aloqasi borligi ma’lum bo‘ladi.

    Mariya qizlari Eva va Iren bilan, 1908-yil

    Mariya qizlari Eva va Iren bilan, 1908-yil
    Foto: Global Look Press

    1902-yil sentabrda Kyurilar bir necha tonna uran qatroni aralashmasidan bir grammning o‘ndan bir qismi ulushida xlorid radiy ajratib olishga muvaffaq bo‘lishganini e’lon qilgan. Poloniyni ajratib olishni esa uddalay olishmagan, chunki u radiyning parchalanishidan hosil bo‘ladigan element edi.

    1903-yilda Mariya Sklodovskaya-Kyuri Sorobonnada dissertatsiyasini yoqlagan. Ilmiy darajani topshirishda ushbu doktorlik dissertatsiyasi fanning eng katta yutug‘i ekani e’tirof etilgan. Shu yilda fizika bo‘yicha Nobel mukofoti Bekkerel va er-xotin Kyurilarga topshirilgan. Mariya Kyuri ilm-fandagi eng muhim mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi ayolga aylangan.

    235 ming inson umriga zomin bo‘lgan sunami

    2004-yil 26-dekabr kuni Hind okeanidagi Sumatra orolida so‘nggi 50 yil ichidagi eng kuchli zilzila ro‘y bergandi. 9 magnitudali silkinishlar yer qobig‘ining ulkan qismlarini harakatga keltirgan, natijada 1200 metr uzunlikdagi yoriq paydo bo‘lgan.

    Foto: AFP

    Tektonik plitalarning siljishi ulkan miqdorda energiyali suvning — Xirosimaga tashlangan 23 mingta yadroviy zaryadlarga teng harakatiga olib kelgan. Hosil bo‘lgan to‘lqin soatiga 1000 kilometr tezlikda Hind okeanidan barcha yo‘nalishlar bo‘ylab tarqalgan. Tabiiy ofat oqibatida 13 ta davlatga zarar etgan, 235 mingdan ortiq inson vafot etgan yoki bedarak yo‘qolgan.

    Bir necha soat davomida sunami 13 ta davlat qirg‘oqlariga yetib borgan — G‘arbiy Afrikadan Tailandga qadar. Ko‘plab joylarda to‘lqin quruqlikning 2 kilometriga qadar kirib borgan, ayrimlarida — 4 kilometrgacha. Zilzila va sunami orasidagi vaqt 50 daqiqadan bir necha soatgacha bo‘lgan muddatni tashkil etganiga qaramay, ko‘plab turistlar va mahalliy aholi uchun qotil to‘lqinlar kutilmagan hodisa edi. Jabr ko‘rgan davlatlarning deyarli hech birida sunamidan ogohlantiruvchi tizimlar bo‘lmagan.

    Foto: AFP

    Eng kuchli zarba zilzila epimarkaziga yaqin bo‘lgan Indoneziyaning Banda-Achex shahriga kelib tushgan. Uni balandligi 10 metr keladigan to‘lqinlar tom ma’noda yer yuzidan yuvib tashlagan. Ushbu fojiaviy kunda Indoneziyada jami 160 mingdan ortiq inson halok bo‘lgandi.

    Shundan keyin to‘lqinlar Tailandga yopirilgan. Odamlar tabiiy ofat yaqinlashib kelayotgani haqida ogohlantirilmagan va plyajlarda hech narsa bo‘lmagandek hordiq chiqarishni davom etgan. Okean kutilmaganda sayozlashib qolganida ham (ayrim joylarda 100 metrgacha) turistlarning hammasi ham ketmagan. Aksincha, ko‘pchilik qum ustida qolgan dengiz jonzotlari va baliqlarni ko‘rish uchun qirg‘oqqa chiqqan. Suvning chekinishini ko‘pchilik yoqimli syupriz deb qabul qilgan — ular okeandan halokatli kuch kelayotganini bilmas edi.

    Foto: AFP

    Ko‘plab odamlar qirg‘oqda qolgan va xavfga qaramay, yaqinlashib kelayotgan sunamini suratga olishda davom etgan. Ayrim turistlar mehmonxonalarning yuqori qavatlaridan pana joy topishga muvaffaq bo‘lgan. U yerdan yaqinlashib kelayotgan ulkan to‘lqin qarshidagi barcha narsani yuvib ketayotganini ko‘rish mumkin edi.

    Shundan so‘ng, tabiiy ofat Maldivda kuzatilgan. Sunami sabab respublikaning ko‘plab orollari suv ostida qolgan. Mamlakatda favqulodda holat e’lon qilingan, poytaxtdagi Male aeroporti bir necha kun davomida reyslarni qabul qilmagan.

    Foto: AFP

    Shi-Lanka janubi-g‘arbiy sohillarida balandligi 9 metrli to‘lqin Samudra Devi yo‘lovchi poyezdiga urilishi oqibatida 1,7 mingga yaqin odam halok bo‘lgan. Ushbu fojia temiryo‘l halokatlari orasidagi eng yirigi hisoblanadi.

    Hind okeanidagi zilzila va sunami oqibatida umimiy hisobda 235 ming odam halok bo‘lgan, o‘n minglab inson bedarak yo‘qolgan, milliondan ortiq fuqaro boshpanasiz qolgan. Halokat zonasida ishlagan xayriya tashkilotlarining ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lgan har uchinchi inson — yosh bola bo‘lgan. Bundan tashqari, sunami 9 mingdan ortiq xorijlik turistlar umriga zomin bo‘lgan, ularning aksariyati — Yevropadan kelgan sayyohlar edi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Peterburgda dekabristlar qo‘zg‘aloni

    1825-yil 26-dekabr kuni Peterburgdagi Senat maydonida dekabristlar qo‘zg‘aloni yuz bergan. Isyon qattiqqo‘llik bilan bostirilgan va mazkur voqea rus ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘ziga xos iz qoldirgandi.

    Foto: Wikimedia Commons

    Farzandi bo‘lmagan Aleksandr I ning vafotidan kein taxtga uning ukasi Konstantin Pavlovich o‘tirishi kerak edi. Ammo u “otasi kabi o‘zini ham bo‘g‘ib o‘ldirishlaridan qo‘rqib” taxtga o‘tirish huquqidan voz kechadi, shu sababli taxt vorisi sifati Pavel I va Mariya Fedorovaning uchinchi o‘g‘li Nikolay e’lon qilingan. Bu haqda Aleksandr I o‘zining 1823-yil 16-avgustdagi maxfiy manifestida ko‘rsatib o‘tgan.

    Manifest mazmunidan oxirgi daqiqalarga qadar Nikolay Pavlovich ham bilmagani inobatga olinsa, imperatorning o‘limindan keyin qasamyodni Konstantin qabul qilgan. Shu zahoti yangi hukmdor tasvirini tangalarga bosib chiqarish boshlangan.

    “Sodiq fuqaro sifatida, albatta, hukmdor o‘limidan qayg‘uga tushishim kerak; ammo shoir sifatida taxtga Konstantin I kelganidan xursandman. Unda romantizm juda ko‘p; yoshligida Suvorov bilan yurishlari, nemis Barkley bilan dushmanligi Genrix V ni yodga solidi. Shu bilan birga, u aqlli, aqlli insonlar bilan esa baribir yaxshi; undan ko‘plab ijobiy narsalarga umid qilaman”, — deb yozgandi Aleksandr Pushkin.

    Ammo Konstantin Pavlovich imperiyani boshqarish niyatida emasligini e’lon qilgan. Bir necha kundan keyin Mixail Speranskiy manifest tayyorlagan va unga ko‘ra Nikolay davlat rahbariga aylangan. Bo‘lajak imperator o‘zining taxtga o‘tirishini e’lon qilgan, qasamyod esa 26-dekabrga belgilangan.

    Shu kuni Konstantinning qonuniy huquqlarini himoya qilish bahonasida Peterburgda dekabristlar qo‘zg‘aloni boshlangan — davlat to‘ntarishiga urinish. Isyonchilar Nikolay Pavlovichning qasamyod qilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shinlar va Senatga xalaqit berishni sitagan. Dekabristlarning rejalaridan konstitutsion monarxiya yoki respublikani o‘rnatish hamda krepostnoylik huquqini bekor qilish o‘rin olgan. Radikal niyatdagi ayrim dekabristlar Nikolay va valiahd Alseksandrni o‘ldirish taklifini ilgari surgan.

    Soat 11:00 da isyonchilar Senat maydoniga to‘plangan, biroq qo‘zg‘alondan xabardor Nikolay Pavlovich qasamyod qilib ulgurgan va qonuniy davlat rahbariga aylangan edi. Fitnachilarning rejalari barbod bo‘lgan. Dekabristlar nima qilishni bilmagan, qo‘shinlar esa maydonda qolgan.

    Dekabristlar Pyort Kaxovskiyga — Shimoliy maxfiy jamiyat a’zosiga Nikolayni o‘ldirishni topshiradi. U Senat maydonida isyonni to‘xtatishni so‘rab chiqqan general-gubernator Miloradovich hamda polkovnik Styurlerni o‘ldirgan, ammo yangi imperatorga suiqasd qilishdan bosh tortgan.

    Tez orada isyonchilarni hukumat qo‘shinlari qurshab qolgan va otishma boshlangan. Dekabrist Mixail Bestujev muzlagan Nevaga askarlarni to‘plab, ularni Petropavlovsk qal’asiga olib borishni rejalashtirgan, ammo hukumat armiyasi isyonchilarni to‘plardan o‘qqa tutgan. To‘plar muzni yorib yuborib, isyonning ko‘plab ishtirokchilari Nevaga cho‘kib ketgan.

    Shundan so‘ng isyonchilar qochishga tushgan. Tarixchilarga ko‘ra, qo‘zg‘alon vaqtida 1,5 mingga yaqin inson halok bo‘lgan. Boshqa bir manbalarga ko‘ra, hukumat qo‘shinlariga isyonchilarni o‘ldirmaslik, shunchaki ularni Senat maydonida quvib yuborish topshirilgan va qurbonlar soni 100 kishidan oshmagan.

    Nikolay I

    Nikolay I
    Foto: Culture

    Isyondan bir necha kun o‘tib Jamiyatdagi zararli kimsalarni topish bo‘yicha komissiya — dekabristlar isyonini tergov qilish organi tuzilgan. “Inkivizitorlar sudi” deya ta’riflangan komissiya 579 kishini tergovga jalb qilgan.

    Qishki saroyda bo‘lib o‘tgan sudda Nikolay I ning o‘zi tergovchi sifati ishtirok etgan. Imperator besh nafar dekabristga o‘lim jazosini bergan, isyonning 120 nafar ishtirokchisi esa Sibirga surgun qilingan. Qiziq jihati, sudda ayblanuvchilarning o‘zi ishtirok etmagan, ular faqat hukm o‘qilgan vaqtda chaqirilgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Iste’foga chiqishni e’lon qilgan Gorbachyov, Charli Chaplin tobutining o‘g‘irlanishi va Afg‘onistonda halokatga uchragan sovet qo‘shinlari. Kun xronologiyasida 25-dekabr

    26.12.2022, 09:30   Izoh (0)   52686
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Serbiya—Kosovo chegarasidagi NATO patruli yaqinida otishma sodir etildi

    26.12.2022, 08:42

    Olimlar Misr fir’avni Ramzes II ning yuzini qayta tikladi (video)

    25.12.2022, 23:40

    Olimlar Xitoyda koronavirusning yangi to‘lqiniga sabab bo‘lgan shtammlarni aniqladi

    25.12.2022, 23:01

    Xitoyda uch haftada 250 mln kishi koronavirusga chalindi. Hukumat COVID-19 statistikasini e’lon qilishni to‘xtatdi

    25.12.2022, 22:50

    Maldiv orollari sobiq prezidenti korrupsiya ortidan 11 yilga qamalishi mumkin

    25.12.2022, 22:26

    Zelenskiy ofisining rahbari Kiyev Qrimni 2023-yilda qaytarib olmoqchiligini ma’lum qildi

    25.12.2022, 22:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.