Qishki bo‘ron AQSHda gaz ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarga olib keldi. 23-dekabr, juma kuni bu ko‘rsatkich qariyb 2,8 million kub metrga kamaydi — bu so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt davomida ishlab chiqarishning rekord darajada qisqarishi, deb yozadi Bloomberg.
Asosiy ishlab chiqaruvchi hududlarda harorat muzlash darajasidan pastga tushgani sababli ishlab chiqarish avvalgi kunga nisbatan taxminan 10 foizga kamaygan.
Shu bilan birga, 2019-yil boshidan beri aholining gazga bo‘lgan ichki talabi maksimal darajaga ko‘tarildi.
AQSHda bu hafta keskin sovuq kuzatilib, kuchli shamol bo‘ldi va qor yog‘di. Ko‘pgina shtatlarda havo harorati rekord darajaga tushib ketdi.
Texas energetika bo‘yicha favqulodda holat e’lon qildi. 1 millionga yaqin aholi elektrsiz qolmoqda.
Avvalroq AQSHda kuchli qor bo‘roni qurbonlari soni 23 kishiga yetgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)