So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12190.01
    • RUB 126.91
    • EUR 12987.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +13°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Iqtisodiyot

    Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Braziliya tajribasi tahlil qilindi

    23.12.2022, 22:21 10077

    Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Braziliya tajribasi tahlil qilindi. Bu haqda Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Braziliyaning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari 1980-yillarda amalga oshirilgan islohotlargacha bo‘lgan davrda iqtisodiy o‘sishning past ko‘rsatkichlari, inflyatsiyaning yuqori darajasi va budjet-soliq siyosatidagi beqarorlik bilan tavsiflanar edi.

    Xususan, iqtisodiy o‘sish o‘rtacha 3 foizni, inflyatsiya darajasi esa 272 foizni tashkil qilayotgan edi. Fiskal siyosat kengayuvchi shaklda yuritilib, mazkur davrda budjet taqchilligi YIMga nisbatan o‘rtacha 5 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1989-yilga kelib 7 foizni tashkil etdi.

    Zaif fiskal siyosat tufayli sof davlat qarzi 1981-yildagi YIMga nisbatan 24 foizdan 1989-yilda 40 foizgacha ko‘tarildi. Natijada, mazkur salbiy vaziyat hukumat idoralarining importni cheklovchi siyosatdan voz kechishga va iqtisodiyotni liberallashtirish uchun jiddiy qadamlar tashlashga undadi.

    Energetika sohasini xususiylashtirish hukumat tomonidan amalga oshirilgan asosiy islohotlardan biri bo‘ldi. Bu islohotning jozibadorligi quyidagi asosiy uchta sabab bilan izohlanadi:

    Birinchidan, ushbu sektorning aktivlarini xususiylashtirish mamlakat g‘aznachiligi uchun daromadlarning oshishiga olib keldi hamda hukumat oldidagi qarzlarni hisobdan o‘chirishga xizmat qildi. 1993-yilda elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tomonidan olingan tashqi qarzlar Braziliya jami tashqi qarzining deyarli 25 foizini tashkil etdi.

    Ikkinchidan, davlatga qarashli elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalarni sotish hukumat tomonidan olingan davlat miqyosidagi qarzlarning katta qismini to‘lash imkoniyatini berdi.

    Uchinchidan, hukumat elektr energiyasi uchun o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida zarur obyektlarga sarmoya kiritish uchun yetarli miqdordagi kapitalni mustaqil ravishda jalb qilish qiyinchilik tug‘diradi deb hisobladi. Shuning uchun 1990-yillarda elektr energiyasiga kiritilgan investitsiyalar o‘tgan o‘n yilga nisbatan deyarli teng yarmiga kamaydi.

    Xususiylashtirishga turtki beradigan sohaga xos boshqa omillar

    Ushbu omillarga quyidagilar kiradi:

    • pudratchilar orasida kartellar mavjudligi qurilish xarajatlarini oshirib yuboradi;
    • ortiqcha bandlik;
    • butun tizim bo‘ylab energiya quvvatidagi yo‘qotishlar.

    Shuningdek, xususiy sektordagi kompaniyalar o‘rnatadigan tarif tizimlari xarajatlarni yaxshiroq aks ettira boshladi.

    Elektr energiyasi narxi bo‘yicha islohotlar

    Sohani xususiylashtirish bo‘yicha umumiy rejaga ko‘ra mavjud aktivlarning deyarli hammasini xususiylashtirish belgilandi. Xususiylashtirishdagi cheklovlarni olib tashlash uchun 1993-yilda yagona milliy tariflar va kapital daromadining 10 foizlik majburiy stavkasi talablari bekor qilindi.

    Narxlar borasida ham jiddiy islohotlar amalga oshirildi. Elektr energetikasi sohasida narx belgilash tizimining shaffofligini oshirish uchun 1998-yilda elektr energetikasi sektorining mustaqilligini ta’minlovchi qonun qabul qilindi.

    Davlat elektr energetikasi tarmog‘ini xususiylashtirish jarayonini energiyani taqsimlovchi kompaniyalar bilan boshlashga qaror qildi. Bunga undagan asosiy sabablardan biri bu jarayonlar orqali mahsuldorlikni sezilarli darajada oshirish mumkinligidir.

    Bundan tashqari, ushbu kompaniyalardagi moliyaviy muammolar butun sektorga o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Chunki moliyaviy nochor taqsimlovchi kompaniyalar elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga to‘lov qilishda muammolarga uchradi.

    Foto: PMTI

    Foto: PMTI

    Distribyutor kompaniyalarning moliyaviy ahvolini tuzatish va ularni kreditga layoqatli xaridorlarga aylantirish energiya ishlab chiqarish sektoriga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi va ushbu aktivlarni xususiylashtirishga yo‘l ochishga yordam berdi.

    Xususiylashtirish dasturi 1993-yildan 2003-yilgacha bo‘lgan 10 yil davomida amalga oshirildi va ko‘plab xususiy kompaniyalar raqobatga kirishadigan raqobat muhiti mavjud bozorning shakllanishiga olib keldi.

    Elektr energiyasini tarqatish sektori bir qator monopol litsenziyalar ostida xususiylashtirildi, ammo vaqt o‘tishi bilan oxirgi foydalanuvchilar tarmoqqa uchinchi tomon sifatida kirishi mumkin edi va bu jarayonlar mazkur sanoatni tartibga soluvchi qonunchilik bilan mustahkamlandi.

    1993-yildagi islohotlar fiskal siyosat nuqtayi nazardan subsidiyalarni bekor qilishda muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Biroq, sohani xususiylashtirish kuchli me’yoriy-huquqiy baza bilan qo‘llab-quvvatlanmadi. Bu esa investitsiya kiritish uchun noaniqlik muhitiga va ba’zi energiyani tarqatish liniyalari qurilishi to‘xtab qolishiga olib keldi.

    Elektr energiyasi ishlab chiqarishda investitsiyalarning yetishmasligi 2001-yildagi qurg‘oqchilik bilan birgalikda Braziliya gidroenergetika zaxiralarining jiddiy darajada sarflanib kamayishiga olib keldi.

    Mamlakatda ulkan energiya inqirozi yuz berishining oldini olish maqsadida hukumat energiya ishlab chiqaruvchilarni iste’molchilarga belgilangan limitda energiya berish tartibini joriy qildi va bo‘ladigan yo‘qotishlarni qoplash uchun tarif stavkalarini oshirishga ruxsat berdi.

    Braziliyada elektr energiyasi bozoridagi islohotlar ko‘p jihatdan muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Islohotlar natijasida sohaga berilgan davlat subsidiyalari bekor qilindi, tariflarni oshirish siyosati yakuniga yetkazildi (deplotizatsiya qilindi), elektr energiyasi ishlab chiqarishni kengaytirishni kafolatladi (2001-yildan keyin) va elektr tarmoqlari kompaniyalarining tashqi qarz bilan bog‘liq zaiflashuvi darajasi kamaydi.

    Mota (2003) elektr energetika sektorini xususiylashtirishning taklif sifati va xarajatlarga ta’sirini baholadi va xarajatlarni pasaytirish natijasida samaradorlikning sezilarli darajada oshganligini aniqladi.

    1994-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan davrda xodimlar sonini ikki barobarga qisqartirish hisobiga xarajatlarni kamaytirishga erishildi. Xususiylashtirishning sifatga ta’siri — energiya ta’minoti xavfsizligi va yetarli energiya ishlab chiqarish jarayoni yaxshilandi.

    Islohotning salbiy ta’sirini kamaytirish chora-tadbirlari

    Sohada erkinlashtirish amalga oshirilgandan keyin ham, hududiy korss-subsidiyalar (ijtimoiy yordamga muhtoj ayrim hududlar uchun maqsadli moliyaviy ko‘mak) saqlab qolindi.

    1993-yilda siyosiy jihatdan muhim mintaqa bo‘lgan Amazoniyaning samarasiz issiqlik elektr stansiyalari uchun yoqilg‘i yetkazib berishni subsidiyalash joriy etildi va u uzoq vaqtgacha saqlanib qoldi.

    1995-yilda kam daromadli uy xo‘jaliklari uchun elektr energiyasini past tariflarda yetkazish to‘g‘risidagi qonun tasdiqlandi.

    2003-yilda hukumat tomonidan 10 million qishloq aholisini bepul elektr energiyasi bilan moliyalashtirish dasturini joriy qilindi, bundagi xarajatlar elektr energiyasi tariflari bo‘yicha yig‘imlar hisobidan moliyalashtiriladi.

    Olingan asosiy saboqlar

    Makroiqtisodiy nomutanosibliklarni tuzatishning zarurati shu kabi islohotlarni o‘tkazishga turtki berishi mumkin. 1980-yillardagi Braziliyaning past iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlari, giperinflyatsiya va yuqori tashqi qarz yuki siyosatchilarni amaliy choralar ishlab chiqishga va subsidiya islohotini ushbu nomutanosibliklarga nisbatan kurashish vositasiga aylantirishga undadi.

    Inflyatsiyani jilovlash uchun elektr energiyasi narxlarining oshishini nazorat qilish fiskal ko‘rsatkichlarning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. 1980-yillarda shunga o‘xshash siyosat yuritilishi tufayli elektr energiya sektorida moliyaviy yo‘qotishlarga, qarzlarning to‘planishiga va investitsiyalar yetishmasligiga olib keldi.

    Hukumat obro‘si islohotlarning muvaffaqiyatli bo‘lishi imkonini oshiradi. Masalan, prezident Kardoso ma’muriyati o‘n yildan ortiq muntazam davom etgan giperinflyatsiyani jilovlashga erishganidan so‘ng, energetika sektorini liberallashtirish bo‘yicha kun tartibida belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirishga erishdi.

    Maqsadli ijtimoiy dasturlar subsidiya islohotiga nisbatan qarshiliklarni kamaytirishi va ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarga yordam berishi mumkin.

    Bu borada Braziliya kam ta’minlangan odamlar uchun elektr energiyasi tariflarini pasaytirish siyosati yuritildi va subsidiyalar bo‘yicha islohotlarni amalga oshirishga yordam beradigan shartli naqd pul o‘tkazmalari dasturi qabul qilindi.

    Samarali me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirmasdan elektr energiyasi kompaniyalarini xususiylashtirish salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi va odamlarning energiya islohotini qo‘llab-quvvatlamasligiga olib kelishi mumkin.

    Braziliyada o‘tkazilgan xususiylashtirish jarayonining dastlabki yillarida tushunarsiz qoidalar investitsiyalarning kamayishiga va 2001-yilda yuz bergan energiya inqiroziga sababchi bo‘ldi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    APL. “Manchester Siti” o‘zida “Nottingem Forest”ni mag‘lub etdi, “Manchester Yunayted” safarda minimal hisobda g‘alaba qozondi (video)

    Bugun, 02:15

    A Seriya. “Milan” Verona klubi ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi, “Yuventus” 6 ta gol urilgan o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi (video)

    Bugun, 01:23

    Bundesliga. “Bavariya” raqib darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi, “Borussiya D” Roysning yagona goli evaziga “Volfsburg”ni mag‘lub etdi (video)

    Bugun, 01:06

    La Liga. “Barselona” “Selta”ga qarshi bahsda superkambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi (video)

    Kecha, 23:29

    Afg‘oniston Turkmaniston bilan yangi chegara postini qurmoqchi

    Kecha, 22:33

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    Kecha, 22:25

    Captiva-2024 narxlari haqida tarqalgan maʼlumotlar soxta ekani maʼlum bo‘ldi

    Kecha, 22:20

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    Kecha, 22:09

    Superliga. “Andijon” Vodiy derbisida “Navbahor”ni mag‘lub etdi, “OKMK” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi

    Kecha, 21:54

    O‘zbekistonda kadrlarni boshqarishga oid hujjatlar yagona platformada yuritiladi

    Kecha, 21:38

    Tavsiya etamiz

    “Birinchi raqamli davlat dushmani”: Atlantika uzra yolg‘iz parvoz, o‘lgan o‘g‘il uchun to‘lov va natsistlar qaramog‘iga tushgan afsonaviy uchuvchi — Charlz Lindber...

    22:00 / 23.09.2023

    “Kasallangan bolalarning 143 nafari tuzalgan”. Vazir o‘rinbosari Namangandagi zaharlangan bolalar soniga aniqlik kiritdi

    15:00 / 23.09.2023

    Bosh vazir iste’fosini talab qilayotganlar, sotuvga chiqqan iPhone 15, AQSHga kelayotgan rekord darajadagi migrantlar — 22-sentabr suratlari

    22:00 / 22.09.2023

    “Dok-1 Maks” ishi: 33 ming dollar oldi-berdisida vositachilik qilgani aytilgan ayblanuvchiga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi

    15:00 / 22.09.2023

    MOLIYA

    Pul

    “Oltin vasvasasi”: Nima uchun Markaziy Osiyo davlatlari oltinga pul tikmoqda?

    17:00 / 22.09.2023

    Oltinga investitsiya kiritish ishonchlimi?

    20:00 / 21.09.2023

    O‘zbekiston uran qazib olish bo‘yicha dunyoda 5-o‘rinda. Asosiy ko‘rsatkichlar

    16:00 / 15.09.2023

    Mehnat daftarchasi yo‘qolsa, qanday qilib pensiyaga chiqish mumkinligi tushuntirildi

    14:00 / 09.09.2023

    Ko‘p o‘qilganlar

    O‘zbekistonliklar Germaniyaga 6 ta soha bo‘yicha ishga taklif qilinmoqda. Maosh — 2,4 ming yevro

    22:00 / 23.09.2023

    “Dori vositalari yoki ovqatdan zaharlanish emas” — Elmira Bositxonova Chustdagi voqea haqida

    13:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirildi (video)

    12:00 / 23.09.2023

    Saudiya Professional Ligasi. “An-Nassr” 7 ta gol urilgan o‘yinda “Al-Ahli” ustidan g‘alaba qozondi, Ronaldudan dubl (video)

    01:00 / 23.09.2023

    Turkiyada o‘zbekistonlik ayol bo‘g‘izlab o‘ldirilgani yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    19:00 / 23.09.2023
    About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Nimani qidiramiz?