Rossiya Ozarbayjon bilan mamlakatda taqchillik mavjud bo‘lgan bir paytda gaz yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib oldi, Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakka tayanib “Kommersant” xabar bermoqda.
Novakning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘istonga gaz yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu ikki mamlakat hududi orqali gaz Afg‘oniston va Pokistonga yuborilishi ham mumkin.
“Biz O‘zbekiston va Qozog‘istondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda”, — deydi Novak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjon gaz qazib olishni ko‘paytirsa, Boku bilan svop bo‘yicha muzokaralar olib borilishi mumkin.
15-noyabr kuni Moskva yangi shartnoma asosida Ozarbayjonga tabiiy gaz yetkazib berishni boshladi. Yetkazib berish muddati 2023-yilning martigacha, ularning hajmi 1 milliard kub metrdan oshmaydi, kelishuv shartlari oshkor etilmagan.
Avvalroq O‘zbekistonda tabiiy gaz ishlab chiqarish hajmi kamaygani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)