• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Josuslikda ayblangan fransuz kapitani — “Dreyfus ishi”, Rossiyada uchta poyezd to‘qnashuvi va AQSH yadroviy hujum uyushtiradigan SSSRdagi nishonlar ro‘yxati. Kun xronologiyasida 22-dekabr

    22-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan bir necha yil davomida butun Yevropa diqqat markazida bo‘lgan “Dreyfus ishi”, Rossiyada temiryo‘l xodimlarining xatosi tufayli uchta poyezd to‘qnashuvi hamda AQSHning SSSR hududida yadroviy zarbalarni berish bo‘yicha nishonlari ro‘yxatining e’lon qilinishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Butun Yevropa diqqat markazida bo‘lgan “Dreyfus ishi”

    1894-yil 22-dekabr kuni Fransiya bosh shtabi ofitseri Alfred Dreyfusning Germaniya imperiyasi foydasiga josuslik qilishda ayblanishiga oid “Dreyfus ishi” bo‘yicha sud jarayonlari boshlangan edi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1894-yil sentabrda fransuz razvedkasi qo‘liga anonim varaqa kelib tushadi, unda muallif Germaniyaning Parijdagi harbiy attashesi polkovnik Shvarskoppenga harbiy vazirlikning beshta maxfiy hujjatini sotishga tayyorligini bildirgan. Bu kabi holatda amalga oshiriladigan birinchi ish — ushbu hujjatlardan foydalanish imkoniyatiga ega shaxslarni aniqlash edi. Gumonlanuvchilar doirasidan olti ofitser o‘rin olgan: nasl-nasabli besh nafar harbiy va asli elzaslik yahudiy bo‘lgan kapitan Alfred Dreyfus.

    Shu yilning 15-oktabr kuni namunali ofitser hibsga olingan va davlatga xiyonatda ayblanib, harbiy sudga topshirilgan. 22-dekabrda yopiq eshiklar ortida sud boshlangan. Kapitan husnixatining ekspertizasi asosiy dalil bo‘lib xizmat qilgan, ammo keyinchalik u soxtalashtirilgani ma’lum bo‘ladi. Maxsus xizmat xodimlari sudyalarga muntazam ravishda ayblanuvchi va uning himoyachilari bexabar bo‘lgan ba’zi “maxfiy ma’lumotlarni” taqdim etib kelgan. Sud jarayonlari boshlangunga qadar La Libre Parole gazetasi kapitanning “xiyonati”ni aniq fakt sifatida yoritib, uning yahudiylardan kelib chiqishiga urg‘uni bergan. 1895-yil 5-yanvar kuni barcha unvon va lavozimlaridan mahrum etilgan Dreyfus umrbod ozodlikdan mahrum etiladi. U Fransiya Gvianasidagi Iblis orolida joylashgan qamoqxonaga joylashtirilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    1896-yil mart oyida dastlabki gumonlanuvchilar qatorida bo‘lgan mayor Esterxazining ma’shuqasi kontrrazvedkaga u doimo Germaniyani maqtab, Fransiyani so‘kib kelganini bildirgan. Kontrrazvedka boshlig‘i Jorj Pikar holat bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni buyuradi. Aniqlanishicha, Esterxazi olayotgan maoshidan ko‘proq sarflagan holda yashab kelgan. Husnixat bo‘yicha ekspertiza Germaniya harbiy attashesiga yozilgan varaqni aynan u yozganini tasdiqlagan. Ammo Pikar bu haqda harbiy vazirga hisobot bergan va lavozimi pasaytirilgan holda, Tunisga yuborilgan. Yangi xizmat joyiga ketish vaqtida u aniqlangan faktlarini do‘stlariga aytishga ulgurib qolgan. Bu ma’lumotlar senat raisining o‘rinbosari, Dreyfusni aybsiz deya e’lon qilgan Sherer-Kestnerga yetib borgan. 1897-yil noyabrda mahkum kapitanning ukasi Matye matbuotda Esterxazini xiyonatda ayblagan.

    Pikarning sobiq qo‘l ostidagi xodimlardan biri bo‘lgan va Dreyfusga qarshi ayblov tomonining asosiy guvohi mayor Anri “Dreyfus ishi”ning qayta ko‘rib chiqilishiga qarshi ko‘rsatadi. Avvaliga u italyan harbiy attashesining germaniyalik hamkasbiga yozgan maktubini qo‘lga kiritib, tegishli ravishda unga o‘zgartirish kiritadi. Uning manipulyatsiyalari natijasida ushbu maktub ham Dreyfusga qarshi ishlaydi. 1898-yil yanvarida sud qilingan mayor Esterxazi oqlanadi va u yahudiylar nayrangi qurboni deya e’lon qilinadi.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Ko‘p sonli duellar yuz bergan. Xususan, Pikar Anri bilan, keyinroq o‘z boshlig‘i, bosh shtab boshlig‘i general Gonzaning sobiq yordamchisi bilan janjallashgan. Mamlakatda yahudiylarga qarshi tartibsizliklar to‘lqini avj olgan. Shu bilan birga, Esterxazini oqlagan sudyalarning noxolisligi ko‘plab Fransiya fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan.

    “Dreyfus ishi” sabab hukumatlar iste’fo bergan va ko‘p yillik do‘stliklar tugab bitgan. Le Figaro’ning mashhur karikaturasining birinchi qismida mehmonlar tushlik uchun to‘plangani tasvirlangan bo‘lsa, ikkinchisida ular bir-biri bilan jiqqa musht bo‘lganini ko‘rish mumkin edi.

    1899-yil fevralda liberal siyosatchi Emil Lube Fransiya prezidentiga aylangan. Harbiylar uning saylanishiga omadsiz isyon bilan javob qaytargan. Bir necha oydan keyin sud “Dreyfus ishi”ni qayta ko‘rib chiqishni boshlagan. Ommaviy hayajon va ehtiroslar keskinligi haddan tashqari chegaraga yetgan: jarayon vaqtida Dreyfusning himoyachisi Laboriga suiqasd uyushtirilgan va u yengil jarohat olgan. Ayblov guvohlari sifatida besh nafar harbiy vazir chiqish qilgan.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    Himoyachi Dreyfus maktub yuborgani aytilgan nemis attashesi Shvarskoppen va Italiya attashesi Panitsardi chaqirilishini talab qilgan, biroq so‘rov rad etilgan. Ammo Shvarskoppen matbuot orqali bayonot berib, u maktubni Esterxazidan olganini bildirgan. Germaniya hukumati hatto rasmiy bayonot bilan chiqib, Dreyfus bilan hech qachon ishlamaganliklarini bildirgan.

    Sud 1899-yilning 7-avgustidan 9-sentabriga qadar davom etgan. Sudyalarning aksariyati (besh nafari) Dreyfusni yana aybdor deb topgan, biroq uning ayblovlari yengillashtirilgan. Natijada unga belgilangan umrbod qamoq jazosi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga almashtirilgan. Dreyfus tarafdorlari hukmni adolatsiz deb hisoblagan: Dreyfus aybdor bo‘lsa, jazoni yengillashtirishdan ma’ni yo‘q, aybsiz bo‘lsa, gap-so‘zsiz qo‘yib yuborilishi kerak.

    Foto: Wikipedia

    Foto: Wikipedia

    19-sentabr kuni prezident o‘z farmoni bilan Dreyfusni afv etgan. 1903-yilda Dreyfus kassatsion shikoyatni kiritgan va u uch yil davomida ko‘rib chiqilgan. 1906-yilda yangi sud Dreyfusni butkul aybsiz deb topgan. Fransiya Milliy yig‘inining 442 deputati 32 nafariga qarshi Dreyfusni harbiy xizmatga mayor unvoni bilan qaytarish va Faxriy legion ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi maxsus qonunni qabul qilgan.

    Temiryo‘l xodimlarining mas’uliyatsizligi sabab to‘qnashib ketgan uchta poyezd

    1990-yil 22-dekabr kuni Yelnikovo stansiyasining navbatchisi 2-asosiydan 4-qabul—jo‘natishga yo‘naltiruvchi temiryo‘l strelkasi yolg‘on bandlikni ko‘rsatayotganini payqab qolgan — unda birorta tarkib yo‘q edi, ammo tabloda qizil chiroqlar yongan va strelkani siljitish imkonsiz bo‘lgan. Navbatchi qayd jurnaliga bu haqda hech narsa yozmagan.

    Foto: “Belpressa.ru”

    Foto: “Belpressa.ru”

    Navbatchi Shepil nosozlikni bartaraf etish bo‘yicha elektromexanik Firsovni chaqirgan, biroq u nuqsonning asl sababini aniqlay olmagan (keyinroq ma’lum bo‘lishicha, hodisa simlarning uzilishi va relslar bilan aloqaning yomonligi sabab yuzaga kelgan). Natijada elektromexanik relening kontaktlariga o‘tish moslamasini o‘rnatib, uni qayta zaryadlash bilan ta’minlagan va strelka doimiy ravishda ushbu hudud bo‘shligi bo‘yicha yolg‘on ma’lumotni ko‘rsatishni boshlagan.

    22-dekabr kechqurun Yelnikova stansiyasiga janubdan 57 ta vagondan iborat 3062-sonli yuk poyezdi yaqinlashgan. Tarkibni yon to‘rtinchi yo‘lga joylashtirishga qaror qilingan, bu uning ortidan kelayotgan yo‘lovchi poyezdiga xalaqit bermasligi uchun edi. Tarkib yon yo‘lga olib kirilganida uning oxirgi vagoni strelka oldida qolgan, ammo datchik buni ko‘rsatmagan.

    Buning barchasini zudlik bilan bartaraf etish kerak edi, ammo yuk poyezdining ortidan janubdan Kislovodsk—Leningrad yo‘nalishi bo‘yicha 22-sonli tezyurar poyezd kelayotgandi. 21 ta vagondan iborat tarkibda 500 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan.

    Lokomotiv brigadasi yuk vagonlari yo‘lni to‘sib qo‘yganini svetoforning yashil chirog‘i yonganidagina payqab qolgan. Adashib ketgan mashinst favqulodda tormozlanishni bosgan, ammo oldindagi to‘siqqa 300 metrgina qolgandi. Soatiga 90 kilometr tezlikda harakatlangan poyezd yo‘l oldida turgan vagonlar bilan to‘qnashgan.

    Foto: “Belpressa.ru”

    Foto: “Belpressa.ru”

    Kuchli zarba oqibatida vagon izopentan (kauchuk, avtomobil va aviatsiya benzinini ishlab chiqarishda foydalaniladigan kimyoviy modda) ortilgan sisternani teshib o‘tgan. Yonilg‘i tashqariga oqqan va kuchli portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda yo‘lovchi poyezdining elektrovozi 50 metr oldinga siljib, asosiy birinchi yo‘lni to‘sib qo‘ygan.

    Sakkizta yo‘lovchi vagoni xuddi bolalar o‘yinchoqlari kabi relsdan chiqib ketgan, qolgan 30 tasi inersiya bo‘yicha olovli koridor orqali siljigan. Nima bo‘layotganini tushunmasdan vahimaga tushgan odamlar qalin oynalarni sindirishga va eshiklarni ochishga uringan.

    Bu vaqtda asosiy birinchi yo‘ldan Moskva—Novorossiysk yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan 237-sonli yo‘lovchi poyezdi kelayotgandi. Uning ichida 200 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan. Yong‘inni ko‘rgan mashinist zudlik bilan favqulodda tormozlanishni bosgan, biroq u ham to‘qnashuvdan qocha olmagan. Tarkib to‘g‘li alangaga kelib urilgan — yettita vagon yonib ketgan va baxtli tasodif bilan bu poyezda hech kim halok bo‘lmagan.

    Foto: “Belpressa.ru”

    Foto: “Belpressa.ru”

    Tergov davomida poyezdlar halokati elektromexanik Firosov, stansiya boshlig‘i Trifonov, navbatchi Shepilning mas’uliyatsizligi sabab yuzaga kelganini aniqlagan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 11 kishi, jumladan, 22-sonli poyezd brigadasi xodimlari halok bo‘lgan, 55 kishi shifoxonaga joylashtirilgan. Fojiada 2 ta elektrovoz, 17 ta yo‘lovchi va 5 yuk vagoni yonib ketgan, 800 metr temiryo‘lga va shuncha uzunlikdagi aloqa tarmog‘iga shikast yetgan. Moliyaviy zarar 1,5—2 million rublni tashkil etgan. Mazkur uchastkadagi poyezdlar qatnovi 36 soatga to‘xtab qolgan.

    AQSHda yadroviy zarbalar beriladigan nishonlar ro‘yxatining e’lon qilinishi

    Bundan yetti yil oldin 22-dekabr kuni AQSh Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi SSSR bilan yadroviy urush yuz bergudek bo‘lsa, qaysi nishonlarga zarbalar berilishi to‘g‘risidagi 1956-yilgi hujjatni e’lon qilgandi.

    Foto: Unian

    Foto: Unian

    1956-yilga yozilgan “Atom qurolidan foydalanish shartlari bo‘yicha tadqiqotlar” hujjati SSSR, Sharqiy Yevropa va Xitoydagi nishonlarni o‘z ichiga oladi. Moskvada 179 ta, Leningradda esa 145 ta obyekt hujumga uchrashi mumkin edi. Urush boshlangan taqdirda Amerika bombardimonchilari barcha nishonlarga zarbalarni amalga oshirishi talab etilgan.

    Harbiy obyektlardan tashqari, hujjatda tinch aholiga yadroviy zarbalarni uyushtirish ham belgilangan. Bu raqibning ruhiyatini cho‘ktirishi va urushda g‘abalani ta’minlashi ko‘zda tutilgan.

    “Reja va unga ilova qilingan ikkita ro‘yxat AQSH Strategik aviatsiya qo‘mondonligi (SAC) tomonidan 1956-yilda tuzilgan. Odatda bunday hujjatlar abadiy maxfiy saqlanadi, shu sababli yadroviy urush rejalaridan maxfiylik tamg‘alarining olinishi orqali AQSH yana bir bor rossiyaliklarga o‘zining yadroviy qurolini eslatib qo‘ymoqda”, — deyilgandi o‘sha vaqtda yozilgan xabarlarda.

    AQSHning eski nishonlari qatoridan Leningrad hududi va u yerda joylashgan 145 ta obyekt o‘rin olgan. 1945-yilda Xirosimaga tashlangan bombadan quvvati 4 ming barobarga kuchli bo‘lgan 60 megatonnali termoyadroviy bomba harbiy va transport infratuzilmasi obyektini ishg‘ol etishi lozim edi. Alohida qator bilan aholini yo‘q qilish ham ko‘rsatilgan. Xususan, 13 ta zarba bilan energetika obyektlariga zarba berish kutilgan.

    Foto: Unian

    Foto: Unian

    Shuningdek, 11 ta nishonlar qatoridan “ommaviy axborot vositalari” va “temiryo‘l infratuzilmasi” bandi o‘rin olgan. Yakson etiladigan obyektlar ro‘yxatida, harbiy shtablar, harbiy bilim yurtlari, harbiy-dengiz bazasi va suv osti kemalari bazalari, kemasozlik zavodlari va port infratuzilmalari, turli omborlar hamda sanoat obyektlari bo‘lgan. Yadroviy zarba Leningrad atrofidagi hududlarga ham amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

    Bundan tashqari ikkita yadroviy zarba Sestroretsk shahriga berilishi kerak edi. Bu yerdagi zavod va aholi nishonga olingan. Shu bilan birga, yadroviy apokalipsis faqatgina Shimoli-G‘arbda rejalashtirilmagan. Moskvadagi 179 ta obyektga hujum uyushtirilishi lozim bo‘lgan. Sovet aholi punktlaridan tashqari bombalar Pekin, Berlin va Varshavaga ham tashlanishi rejaga kiritilgan. Yadroviy zaryadlar aviatsiya yordamida yetkazilishi belgilangan. Amerika harbiylarining hisob-kitoblariga ko‘ra, atom zarbalari 1959-yilda berilishi mumkin edi.

    SSSRga qarshi yadroviy kampaniyani ikki bosqichda o‘tkazish reja qilingan. Birinchi navbatda harbiy infratuzilma obyektlari, xususan, shtablar, aerodromlar, uchirish markazlari, texnikalar joylashgan bazalar bombardimon qilishini kerak. Birinchi hujum to‘liq ustunlik uchun yetarli bo‘lmasa va SSSRda javob zarbasini berish imkoniyati saqlanib qolsa, sovet harbiy sanoatining moddiy asoslari portlatilishi lozim bo‘lgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan de Goll, Kiprdagi “Qonli Rojdestvo” va Shotlandiyada portlatilgan samolyot. Kun xronologiyasida 21-dekabr

    22.12.2022, 09:30   Izoh (0)   32920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Putinning shafqatsiz urushiga qarshi birgalikdagi kurashimizda siz bilan yonma-yon turish sharafdir”. Bayden — Zelenskiy bilan uchrashuvda

    22.12.2022, 09:24

    “Ukraina hech qachon taslim bo‘lmaydi. Biz g‘alaba qozonamiz”. Zelenskiy AQSH Kongressida nutq so‘zladi

    22.12.2022, 09:01

    Zelenskiy AQSHga yetib keldi. Bu uning Ukrainada urush boshlanganidan beri birinchi xorijiy tashrifidir (foto)

    21.12.2022, 23:34

    Rossiyada ayol mahbuslarni Ukrainadagi urushga yuborish taklif qilindi

    21.12.2022, 23:31

    Eronlik xakerlar Isroildagi har qanday kuzatuv kameralarini boshqara oladi — OAV

    21.12.2022, 22:31

    “Daryo” kundaligida 21-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    21.12.2022, 22:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tunisning sobiq prezidenti 22 yil qamoq jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 21 iyun, 15:55

    Netflix o‘zining ilk ko‘ngilochar markazlarini ochadi

    Kino | 21 iyun, 15:45

    Farg‘onada 5,6 mlrd so‘mlik gazni “o‘g‘irlagan” gaz ta’minot korxonasi mansabdorlariga sud hukmi e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 15:30

    Mariya Antuanetta qizining pushti brillianti 14 mln dollarga sotildi

    Layfstayl | 21 iyun, 15:15

    “Sizda qurol bormi, bizda ham bor” — AQSHda qora tanlilar huquqlari uchun kurashgan “Qora panteralar”

    Dunyo | 21 iyun, 15:05

    Uy yumushlari sababli Instagram’da 2 ta obunachisini yo‘qotgan hindistonlik ayol erini politsiyaga berdi

    Dunyo | 21 iyun, 14:50

    Erondagi 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari Turkmaniston orqali vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 21 iyun, 14:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.