Eronga aloqador xakerlik guruhlari Isroildagi har qanday xavfsizlik kamerasiga, jumladan, eng maxfiy joylardagi kameralarni boshqara oladi. Bu haqda Israel National News xabar berdi.
O‘tgan oy Quddusga kiraverishda va poytaxtdagi Ramot chorrahasida ikkita bomba portlaganidan bir necha soat o‘tib, hodisa aks etgan kadrlar Eronga aloqador Moses Staff xakerlar guruhi tomonidan e’lon qilingan. Bu Eron xakerlarining Isroil xavfsizlik kameralaridagi tasvirlarni sizdirishi bilan bog‘liq birinchi holat emas.
Mamlakat xavfsizlik xizmati Eron xakerlari tomonidan kameraga buzib kirilgani haqidagi ma’lumotga ega bo‘lgan, biroq bunga qarshi chora ko‘rmagan. Moses Staff, shuningdek, Isroildagi transport va bir nechta osmono‘par binolarning loyihalarini sizdirgan, Isroil sobiq razvedka boshlig‘ining elektron pochtasiga buzib kirgan. Mutaxassislar bunday hujum Isroilning xavfsizligiga putur yetkazishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Izoh (0)