• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12496.94
    • RUB159.38
    • EUR14405.22
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan de Goll, Kiprdagi “Qonli Rojdestvo” va Shotlandiyada portlatilgan samolyot. Kun xronologiyasida 21-dekabr

    21-dekabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Fransiyada hokimiyat tepasiga kelgan de Goll, Kiprdagi “Qonli Rojdestvo” hamda Shotlandiyada portlatilgan samolyotga oid faktlar o‘rin olgan.

    “NATO hozirga qadar tish qayraydigan de Goll”

    Bundan 64 yil oldin 21-dekabr kuni Fransiyada harbiy general Sharl de Goll hokimiyat tepasiga kelgandi. Beshinchi Respublika asoschisi bo‘lgan prezident mamlakatni og‘ir inqirozdan olib chiqib, mustaqil tashqi siyosat yuritgan, biroq uning avtoritar uslubi davlatda yangi inqilobiy vaziyatni keltirib chiqargandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    General Sharl de Goll Fransiyada hokimiyat tepasiga ikki marotaba kelgan. Birinchi safar — 1944-yilda, urushdan keyini hayotni tashkillashtirish bo‘yicha murakkab vazifa turganida. Ikkinchisi — 1958-yilda Fransiya koloniyasi hisoblangan Jazoirda vaziyat keskinlashganida.

    Jazoirda bir necha yil davom etgan urush u yerda jang qilayotgan fransuzlarda hukumat Afrika koloniyasidan voz kechadi degan qo‘rquvni uyg‘otgan. 1958-yil 13-may kuni mustamlakachilarning ma’muriy binosini egallagan va Parijga, de Gollga atab telegramma yuborgan va undan yangi xalq birdamligi hukumatini tuzishni so‘ragan.

    “Mana 12 yildirki Fransiya partiyaning kuchi yetmaydigan muammoni yechishga urinmoqda va halokat tomon boryapti. Bir safar mamlakat menga o‘zini qutqarish uchun imkoniyat bergandi. Bugun mamlakat yana yangi sinov qarshisida turibdi va bilsinki, men respublikaning barcha vakolatlarini o‘z zimmamga olishga tayyorman”, — degan de Goll.

    Bunday kuchli so‘zlar ortidan qat’iy harakatlar amalga oshirilgan. O‘ziga ishonch bildirgan harbiylar general ortidan ergashishi mumkinligidan xavotirga tushgan Fransiyaning o‘sha vaqtdagi prezidenti Rene Koti de Gollga yangi hukumat shakllantirishni taklif qiladi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    De Goll bosh vazir lavozimida uzoq o‘tirmagan — 1958-yilning iyunidan 1959-yil yanvarga qadar. O‘sha yilning yanvarida u prezident etib saylangan. Ushbu lavozimda u eng muhim ishlarni amalga oshirgan — xalqning prezidentni saylashi hamda davlat rahbari va parlament funksiyalarini ajratishga olib kelgan konstitutsiyaviy islohotlarni o‘tkazgan. Islohot qariyb 80 foiz ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan. De Gollning o‘zi eski tizim bo‘yicha prezident sifatida saylangan bo‘lsa-da, uning mazkur lavozimga kelishi bilan Beshinchi respublikaning tug‘ilishi boshlangan.

    Jazoirdagi vaziyat paytida hokimiyatga qaytgan de Goll bir vaqtning o‘zida bu Afrika hududini har qanday holatda ham Fransiya ta’siri ostida ushlab turishga intilmagan. Ammo general-prezident jamiyatga muammoning bir nechta yechimini taklif etgan — Jazoirga Fransiya bilan bog‘liq hudud maqomini berishdan tortib, munosabatlarni butunlay uzish va ushbu mamlakatda Parijga do‘st bo‘lgan hukumatni tuzishgacha.

    1962-yilda Jazoirdagi harbiy mojaro Jazoirning mustaqil davlat sifatida shakllanishi bilan yakunlangan. Jazoirning mustaqillikka erishishiga qarshilar de Gollga bir necha bor suiqasd uyushtirganiga qaramay, Fransiya yangi prezident qarorini ma’qullagan. 1965-yilda mamlakat uni yana bir prezident sifatida saylagan.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    De Gollning ikkinchi prezidentlik muddati tashqi siyosatdagi faol qadamlar bilan davom etgan. Fransiya tashqi siyosatining mustaqilligini tasdiqlab, mamlakat NATO harbiy tashkilotidan chiqarilgan. Tashkilotning shtab-kvartirasi Parijdan Bryusselga ko‘chirilgan. Hamma narsa tezkorlik bilan amalga oshirilgan, dunyodagi eng kuchli tashkilotlardan biri sobiq shifoxonaning noaniq binosida uzoq yillar qolib ketgan. NATO ofitserlari “hozirga qadar Fransiya prezidentiga tish qayrab kelishlari” haqida aytiladi.

    De Gollning harakatlari Vashingtonda qoralangan bo‘lsa, SSSRda esa aksincha, katta hayrat bilan qarshi olingan. 1966-yilda Fransiya prezidenti SSSRga birinchi marta rasmiy tashrif bilan yo‘l oladi, ammo bu mamlakatga ikkinchi safar edi. De Goll Moskvaga 1944-yilda Fransiya nomidan natsistlarga qarshi kurashayotganlar yetakchisi sifatida ham kelgan.

    Hech qachon kommunistik g‘oyalar tarafdori bo‘lganman de Goll doimo Rossiyaga iliq munosabatda bo‘lgan. Moskvaga uni birinchi navbatda siyosat jalb etardi. De Goll qarshi kuchga muhtoj edi va shu sababli SSSR hamda uning ittifoqchilari bilan yaqinlashgan.

    Fransiya prezidentining SSSRga tashrifi yakunlari bo‘yicha bir necha muhim hujjat imzolangan. Ammo ikki davlat o‘rtasida aslida yaqinlik bo‘lishi mumkin emasdi — ular siyosat va iqtisod borasidagi butkul o‘zgacha yo‘lga ega edi.

    Xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlariga qaramay, de Goll birinchi prezidentlik muddatining yakunida mamlakat ichidagi inqirozga duch keladi. Birinchi yetti yillik muddat yakunlangach, general yana Fransiya prezidenti sifatida saylanish niyatida bo‘lgan. De Goll saylovda g‘alaba qozongan, faqat ikkinchi turda — u asosiy tanqidchisi sotsialist Fransua Mitterandan ko‘proq ovoz to‘plagandi.

    Foto: AP Photo

    Foto: AP Photo

    Ikkinchi tur va Mitteranning mashhurligi Qarshilik afsonasining mashhurligi pasayishidan dalolat berardi. Bunga iqtisodiyotdagi muammolar, qurollanish poygasi va generalning asosan avtoritar boshqaruv uslubini tanqid qilinishi sabab bo‘lgan. De Goll raqiblarining ta’kidlashicha, u o‘z hokimiyati legitimligi uchun davlat televideniyesidan muntazam foydalangan.

    Siyosiy inqiroz haqiqiy inqilobiy vaziyatni keltirib chiqargan — Parij va Sorbonna universitetlarining ta’lim tizimidagi ahvoldan norozi talabalari isyon ko‘targan. Ularning boshida so‘l radikal faollar turgan bo‘lib, keyinchalik ularga kasaba uyushmalari qo‘yilgan. O‘n minglab insonlar ko‘chalarni yopib qo‘yib, politsiya va jandarmlar bilan qarshiliklarga kirishgan.

    De Gol ko‘plab vazirlarning maslahatiga qaramay, namoyishchilar bilan muzokara o‘tkazishni istamagan. “Siyosatni teatrga aylantirgan de Goll bugun teatrni siyosatga aylantirgan harakatga qarshi chiqdi”, — deb yozgandi prezidentning biografi Julian Jekson.

    Kiprdagi “Qonli Rojdestvo”

    1963-yil dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi Kipr tarixiga “qonli Rojdestvo” yoki “turk isyoni” sifatida kirgan. Bu vaqtda grek—kipr va turk—kipr jamiyati o‘rtasidagi keskinlik ochiq fazaga o‘tgan, ko‘chalarda janjallar hamda qon to‘kilishlar sodir bo‘lib turardi. Aynan o‘shanda Kiprda ilk bor “Yashil chiziq” paydo bo‘lgan.

    Foto: Philenews

    Foto: Philenews

    Kipr davlati va konstitutsiyasi uchun asosga aylangan Syurix—London bitimi hammaga ham yoqmasdi. Birinchi navbatda unga bosim ostida imzo cheklangan va o‘z orolining qanday bo‘lmasin mustaqilligini xohlagan prezident Makarios norozi edi. Kiprlik greklarning noroziligiga sabab bo‘lgan asosiy nuqta ikki tomonlama xalq suvereniteti masalasi edi. Xalq suvereniteti to‘g‘risidagi siyosiy doktrinaga ko‘ra, davlat xalqi oliy hokimiyat tashuvchisi va suverenitet manbai sifatida qaraladi. London—Syurix bitimida esa Kiprda xalq suvereniteti ikkitalik bo‘lgan, ya’ni kiprlik greklar va kiprlik turklar hamjamiyati teng huquqli edi. Bu kiprlik grek va turklar o‘zaro aloqada bo‘lishi va o‘zaro kelishib yashashga majburligini anglatardi.

    Masalan, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbari kiprlik grek bo‘lsa, vitse-prezident kiprlik turk bo‘lishi lozim edi. Shu bilan birga, kiprlik greklar xalq suvereniteti faqat o‘zlariga taalluqli bo‘lishini, turklar esa milliy ozchilik deya tan olinishi lozimligini istagan.

    Prezidenti Makarios vaziyat o‘zini qoniqtirmasligini yashirmagan va Kiprni Gretsiya bilan birlashtirish omadsizlikka uchraganidan noroziligini bildirgan. Bu kiprlik turklar o‘rtasida turli shubhalarning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Ikkala jamiyatda ham ozgina imkoniyat tug‘ilishi bilan qurol ko‘tarishga tayyor jangovar guruhlar bor edi. Bunday atmosferada prezident Makarios 1963-yil 30-noyabr kuni Konstitutsiyaga 13 ta o‘zgartirish taklif etgan. Bu kiprlik turklarning hokimiyatini sezilarli darajada cheklashi kerak edi. Albatta, bundan keskin qadar o‘ziga yarasha norozilikni keltirib chiqargan.

    Foto: Philenews

    Foto: Philenews

    1963-yil dekabr boshida ichki ishlar vaziri Polikarpos Yorkadjis Nikosiya tumanida yashovchi kiprlik turklarga 300 ta avtomat yetkazib berilgani to‘g‘risida maxfiy ma’lumotni qo‘lga kiritgan. Xabar beruvchi shaxs rasmiylarga qurollar qaysi mashinada olib kelinganini ma’lum qilgan. Kipr turklari vakillari o‘z hududlarida tekshiruvlarni faqat o‘z jamiyatlaridagi politsiya xodimlari amalga oshirishni taklif qilganlarida, Kipr greklarining yomon narsa sodir tashkillashtirilayotgani to‘g‘risidagi  shubhalari bilvosita tasdiqlangandi. IIV bunday qadamga bormasdan, shaharni turk va greklardan iborat aralash guruhlarda tekshirishni boshlagan.

    21-dekabr kuni shunday patrullardan biri ichida kiprlik turklar bor mashinani to‘xtatib, avtomobilni ko‘zdan kechirish uchun barchadan tushishni so‘ragan. Turklar buyruqni bajarishdan bosh tortgan holda, janjal boshlagan. Voqea joyiga boshqa turklar ham tezda yetib kelgan va otishma boshlangan, natijada ikki nafar kiprlik turk halok bo‘lgan. Bu esa tartibsizliklarning kelib chiqishga turtki bo‘lgandi.

    Foto: Philenews

    Foto: Philenews

    Nikosiyada bir necha Kipr greklari oilasi istiqomat qiluvchi Omorfita tumanida to‘qnashuvlar boshlangan. 23-dekabr kuni dastlabki janjallarning vakillari Larnaka, keyin esa Kiriniya va Famagustaga borgan,  bu yerda turk jandarmlari jandarmeriya binosini egallab olgan. Prezidenti Makarios va vitse-prezidenti Fozil Kuchukning chaqiruvlari zo‘ravonliklarni to‘xtatishga hech qanday yordam bermagan. 25-dekabr kuni Kiprdagi turk harbiylari korpusi norozilik tarafdorlariga qo‘shilgan va Ortako‘y qishlog‘i atrofida barrikadalar qurishni boshlagan. Bunga javoban Gretsiya armiyasining harbiylari kiprlik greklar tarafini olgan.

    Garant-davlatlar (Buyuk Britaniya, Gretsiya va Turkiya) qon to‘kilishlarining oldini olish yo‘lida vaziyatga aralashgan. O‘shanda Nikosiyani turk va greklar uchun alohida bufer zonaga bo‘lish g‘oyasi kelgan — uni BMT tinchlikparvar kuchlari qo‘riqlashni boshlagan.

    Foto: Philenews

    Foto: Philenews
    1963-yil 28-dekabr kuni orolga Buyuk Britaniyaning hamdo‘stlik davlatlari masalalari bo‘yicha davlat kotibi baron Edvin Dunkan-Sendis kelib, Kipr hukumatini Nikosiyani ikki qismga bo‘lishga ko‘ndirgan. Shunday qilib poytaxtga bo‘lingan, orolda birinchi turklarning rezervatsiyasi paydo bo‘lgan, “Yashil chiziq” esa hozirgi kunga qadar orolning ko‘plab aholisi hayotining kundalik qismiga aylangan. Oradan ikki kun o‘tgach, Nikosiyaning bo‘lishini to‘g‘risidagi qaror rasmiy bitim bilan mustahkamlangan. Shu kunning o‘zida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitim imzolangan.

    Nyu-Yorkka uchayotgan samolyotda portlagan bomba

    Pan American aviakompaniyasining Boeing 747-121 avialaynerida 1988-yil 21-dekabr kuni portlash sodir bo‘lgandi. Samolyot Frankfurt-na-Mayn—London—Nyu-York—Detroyt yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotgan samolyot havoga ko‘tarilganidan 58 daqiqa o‘tib, uning tumshuq qismidagi yuk bo‘lmasida portlovchi qurilma ishga tushgan. Avialayner to‘liq parchalanib ketgan va uning yonayotgan bo‘laklari Shotlandiyaning Lokberi shahriga qulagan. Fojia oqibatida 270 kishi — samolyot bortidagi 259 yo‘lovchi va yerdagi 11 kishi halok bo‘lgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Boeing 727 reys 21-dekabr kuni Frankfurt-na-Mayndan Londonga uchib ketgan, chunki bu vaqtda Boeing 747-121 Londonda edi. Bu yerda Boeing 727 ning barcha yo‘lovchilari va yuklar Nyu-Yorkka qo‘nish orqali Detroytga uchuvchi Boeing 747’ga o‘tkazilgan.

    Samolyot Londondan soat 18:04 da chiqib ketgan. Soat 19:02 da avialayner Shotlandiya ustidan uchib o‘tayotganida samolyotning tumshuq qismida portlash sodir bo‘lgan, oqibatda samolyot ichi va tashqaridagi bosim farqi sabab fyuzelyajning chap qismida yarim metrli teshik yuzaga kelgan. Boshqaruv kabellarining shikastlanishi natijasida layner chap tomonga og‘ib, sho‘ng‘ishga tushgan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Keyinchalik Buyuk Britaniya Transport vazirligi mutaxassislarining aniqlashicha, samolyot tumshuq qismi portlashdan keyingi uch soniya ichida fyuzelyajdan ajralib ketgan, u yuqoriga ko‘tarilib, ajralib chiqqanidan keyin 3-sonli dvigatelga kelib urilgan va Lokberiga qulagan. Fyuzelyajning asosiy qismi oldinga va pastga qulashni davom etgan, 5,8 ming metr balandlikda esa u butunlay parchalangan.

    Avvaliga qanotli markaziy seksiya parchalangan. Yerga urilish vaqtida samolyot bakida bo‘lgan 91 tonna aviayonilg‘i portlagan. Olovchi shar qulash hududidagi bir nechta uyni yakson qilgan. Fyuzelyajning yana bir yirik bo‘lagi shimoli-sharqiy qismdagi uyga kelib tushgan. Hodisa oqibatida 270 kishi halok bo‘lgan.

    Halokatning sabablarini surishtirish bilan Britaniyaning AAIB aviatsiya hodisalarini tergov qilish bo‘limi shug‘ullangan. Yakuniy hisobot 1990-yil 6-avgustda e’lon qilingandi.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shotlandiyaning Damfris-end-Gallovey va FQB hamkorligidagi qo‘shma tergov uch yil davom etgan. Portlash yuk bo‘lmasida yuz bergani aniqlangan. Hujjatlar ko‘tarilganida, Frankfurt reysi bilan Maltadan kelgan yo‘lovchisiz yuk Nyu-Yorkka yo‘naltirilgani aniqlangan.

    Ichiga bomba yashirilgan Toshiba radiopriyomnigi va uni joylashtirilgan Samsonite jigarrang chamadoni topilgan. Shuningdek, chamadon ichidan soyabon, ikki juft oyoq kiyim va bolalar sviteri, bombaning portlovchi qurilmasining bir qismi bo‘lgan yashil plastik bo‘laklari aniqlangan.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Shveysariyaning elektronika bilan shug‘ullangan Meister & Bollier kompaniyasi ushbu yashil plastik bo‘lagi — Liviya razvedkasi buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan taymer ekanini tan olgan. Chamadonda bo‘lgan shim va soyabon qayerdan xarid qilingani aniqlangan — ular Maltadagi do‘kondan sotib olingandi. Do‘kon egasi xaridorni tanishga muvaffaq bo‘lgan — u shu yaqin atrofdagi mehmonxonada yashovchi Abdel al-Megraxiy bo‘lib chiqqan.

    Ikki nafar liviyalik — Libyan Arab Airlines xavfsizlik xizmati rahbari Al-Megraxiy (aslida Liviya maxsus xizmatlarining xodimi va Muammar Kaddafiyning yaqin tarafdori bo‘lgan shaxsning amakivachchasi bo‘lgan) hamda Lamin Xalifa Fimaxaga nisbatan ayblovlar 1991-yil 13-noyabrda e’lon qilingan. BMT Xavfsizlik kengashi hodisa sabab Liviyaga sanksiyalar joriy etgandi.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Filippinda 4 ming odam o‘limiga sabab bo‘lgan parom to‘qnashuvi, Gitlerning qamoqdan ozod etilishi va Panamaga bostirib kirgan AQSH harbiylari. Kun xronologiyasida 20-dekabr

    21.12.2022, 09:30   Izoh (0)   43698
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik deputat Putin birinchi marta “maxsus operatsiya zonasi”ga borganini aytdi. “Agar u shtabni nazarda tutayotgan bo‘lsa, ha”, — deb javob berdi Peskov

    21.12.2022, 09:20

    “Nyu-Yorkda elektr va issiqlik borligini tushunaman”. Ukraina TIV BMTni harakatsizlikda aybladi

    21.12.2022, 08:50

    Zelenskiy Bayden bilan uchrashish uchun Vashingtonga uchib ketdi — CNN

    21.12.2022, 08:48

    Germaniyada konslagerning 97 yoshli sobiq kotibasi ikki yilga qamaldi

    20.12.2022, 23:49

    “Daryo” kundaligida 20-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    20.12.2022, 23:35

    “Tolibon” ayollarning universitetda tahsil olishini taqiqladi

    20.12.2022, 23:16
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Zelenskiy AQSHning Eronga hujumlarini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 iyun, 16:05

    Mashhurlik ularga kerak emas: taniqli insonlarning aka-singillari qanday ko‘rinishda?

    Shou-biznes | 23 iyun, 15:50

    Kolumbiyada 57 nafar harbiy o‘g‘irlab ketildi

    Dunyo | 23 iyun, 15:40

    UzChess Cup. Nodirbek Abdusattorov Masters guruhida yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 23 iyun, 15:35

    Ulan-Batorda O‘zbekiston—Mo‘g‘uliston biznes-forumi o‘tkazildi (foto)

    O‘zbekiston | 23 iyun, 15:30

    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi

    Reklama | 23 iyun, 13:53

    Tesla AQSHda ilk bor robotaksi xizmatini ishga tushirdi (video)

    Texnologiyalar | 23 iyun, 15:10

    Davlat xizmatchisining noqonuniy sovg‘a olgani uchun javobgarlik masalasi ko‘rib chiqilmoqda — Antikorrupsiya agentligi

    O‘zbekiston | 23 iyun, 14:50

    AQSH hujumidan oldin Eron boyitilgan uran zaxirasining katta qismini yashirishga ulgurgan — Reuters

    Dunyo | 23 iyun, 14:40

    FIFA Abduqodir Husanovni e’tirof etdi

    Sport | 23 iyun, 14:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.