• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Korporatsiya ijro organi rahbari bilan tuziladigan shartnomaning huquqiy tabiati qanday bo‘lishi kerak?

    Korporativ huquq sohasi vakillari va mehnat huquqi mutaxassislari o‘rtasida muntazam bahs-munozaralarga sabab bo‘ladigan holat mavjud. Ya’ni ikki soha mutaxassislari orasida korporatsiya ijro organi rahbari bilan qanday turdagi shartnoma tuzilishi haqida nizoli vaziyat kuzatiladi.

    Ushbu bahsda mehnat huquqi mutaxassislari ijro organi rahbari bilan mehnat shartnomasi rasmiylashtirilishini ta’kidlashadi. Bunga qarshi korporativ huquq soha vakillari ishonchli boshqarish shartnomasi yoki haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuzilishi kerakligini va bu korporativ huquqiy munosabat o‘laroq fuqarolik qonunchiligi bilan tartibga solinishini bildirishadi.

    Shunga ko‘ra bu nizoli holat doim turli muammoli holatlar va bahsli savollarni keltirib chiqaradi.

    Yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu maqola korporatsiya ijro organi rahbarlari bilan tuziladigan shartnoma tahliliga bag‘ishlanadi.

    Milliy huquq tizimidagi korporatsiya subyektlari hisoblangan aksiyadorlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat, qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, to‘liq va kommandit shirkatlar to‘g‘risidagi qonunchilikda ijro organi rahbarlari bilan qanday shartnoma tuzilishi haqida aniq ko‘rsatma mavjud emas. Xususan, aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunning 79-moddasida AJ direktori (yoki boshqaruv raisi) bilan shartnoma tuzilishi belgilangan.

    Aksiyadorlik jamiyatlarini huquqiy tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat mehnat shartnomasi emas, shartnoma tuzilishi kerakligini ta’kidlamoqda.

    Shuningdek, Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risidagi qonunning 39-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq jamiyat va uning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs o‘rtasidagi shartnoma jamiyat nomidan jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshiruvchi shaxs saylangan umumiy yig‘ilishdagi raislik qiluvchi shaxs tomonidan yoki jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining qarori bilan vakolat berilgan jamiyat ishtirokchisi tomonidan imzolanadi.

    E’tibor beradigan bo‘lsak, MCHJda ham shartnomaning aynan qaysi turi haqida aytilmagan.

    Ta’kidlash kerakki, yangi Mehnat kodeksining 486-moddasi ikkinchi qismida “aksiyadorlik jamiyatining rahbari bilan qonunda belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi” degan qoida belgilanmoqda.

    Demak, 2023-yil 30-apreldan boshlab AJ direktori yoki boshqaruv raisi bilan muddatli mehnat shartnomasi imzolanadi. Bu qoida qaysidir ma’noda mehnat sohasi mutaxassislarining fikrlari to‘g‘riligini isbotlaydi.

    Biroq shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, MCHJ ijro organi rahbarlari bilan qanday shartnoma tuziladi? Yangi Mehnat kodeksida bu haqida biron bir qoida mavjud emas. Qonun analogiyasini qo‘llash orqali vaziyatni tahlil qilish mumkin-ku, dersiz.

    Ammo Fuqarolik kodeksining 5-moddasi uchinchi qismi fuqarolik huquqlarini cheklaydigan va javobgarlik belgilaydigan normalarning o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmasligini ta’kidlaydi. Bunda aynan muassislarning va mustaqil huquq subyekti sifatida yuridik shaxs – korporatsiyaning shartnoma tuzish huquqi cheklanishi haqida gap ketmoqda. Shunday ekan MCHJ direktori bilan qanday shartnoma tuzish masalasi yana ochiq qolmoqda.

    Shuningdek, masalaning yana bir jihatini e’tiborga olish lozim. Yangi MK mehnat shartnomasi tuzish haqida qoidani belgilamoqda. Zotan korporatsiya faqat jismoniy shaxs tomonidan emas, boshqa bir korporatsiya (AJ yoki MCHJ) orqali ham boshqarilishi mumkin. Agar AJ boshqa bir korporatsiya orqali boshqarilsa, unda ikki korporatsiya o‘rtasida ishonchli boshqarish shartnomasi imzolanadi.

    Shuning uchun ham korporatsiya ijro organi rahbari bilan qanday mazmundagi shartnoma tuzish kerakligini aniqlash uchun ushbu munosabatning, ya’ni korporatsiya ijro organi rahbari va muassislar bilan kelib chiqish asosini, vujudga keladigan ijtimoiy munosabatning qayerdan kelib chiqishiga e’tibor berish shart.

    Mehnat qonunchiligi nuqtayi nazaridan qaraganda mehnat shartnomasi ish beruvchi va xodim o‘rtasida imzolanadi. Endi e’tiborimizni mehnat qonunchiligi qoidalariga qaratamiz. Amaldagi MK 72-moddasi hamda yangi MK 103-moddasiga muvofiq ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi imzolaydigan shaxs – xodim deb e’tirof etiladi. Demak, ijro organi rahbari (direktor yoki boshqaruv raisi) bu xodim bo‘ladi. E’tiborli jihati shundaki, mehnat qonunchiligi xodimni har doim “zaif” tomon sifatida ko‘rib, uni turli ko‘rinishlarda ijtimoiy himoya qilishni o‘z zimmasiga oladi.

    Biroq korporatsiya ijro organi rahbari esa “zaif” tomon emas. Aksincha u har doim “kuchli” tomon sanaladi (bu haqida keyinroq to‘xtalib o‘tamiz).

    Amaldagi MK 15-moddasi hamda yangi MK 19-moddalari mazmuniga ko‘ra korxona (yuridik shaxs) ish beruvchi hisoblanadi. Yuridik shaxs ijro organi rahbari esa ushbu yuridik shaxsning irodasini ifoda etgani uchun u direktor (boshqaruv raisi) hisoblanadi. Soddaroq aytganda yuridik shaxsning erk-irodasi bu shu yuridik shaxs direktorining erk-irodasi sanaladi.

    Yuqoridagi misol bizga shuni ko‘rsatmoqdaki, ijro organi rahbari o‘zi bilan o‘zi mehnat shartnomasi tuzishi kerak. Bu esa mantiqqa zid. Amaldagi va yangi MKda ish beruvchilar qatorida muassislarning yoki kuzatuv kengashining bevosita ko‘rsatilmasligi masalani yanada chigallashtiradi.

    Ana endi masalaga korporativ huquqiy munosabat nuqtayi nazari bilan qarab ko‘ramiz. Yuridik adabiyotlarda korporativ huquqiy munosabat quyidagi yo‘nalishlarda vujudga kelishi aytiladi:

    1. Muassislar va korporatsiya o‘rtasida;2. Korporatsiya va ijro organi o‘rtasida;3. Muassislar va ijro organi o‘rtasida.

    Ijro organi rahbari bilan shartnoma tuzishda aynan shu jihatga e’tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ko‘rib turganimizdek, yuqoridagi subyektlar o‘rtasida kelib chiqadigan ijtimoiy munosabatlar korporativ huquq bilan tartibga solinadi. Bu munosabat subyektlari o‘rtasidagi munosabatlarda ularni fidusiar majburiyatlar bir biriga bog‘lab turadi.

    Ta’kidlash lozimki, fidusiar majburiyatlar nafaqat romano-german huquqida, balki anglo-sakson huquqiy oilasiga ham xosdir. Ushbu huquq oilasida fidusiar majburiyat “eng yuqori axloqiy va haqqoniy prinsiplar”ga asoslangan majburiyatlar sifatida tushuniladi.

    Umumiy ma’noda fidutsiar munosabatlar deganda ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni boshqarish bilan bog‘liq holda vujudga keladigan, ishonchga asoslangan axloqiy va huquqiy munosabatlar tushuniladi. Fidutsiar munosabat mohiyatiga ko‘ra bir shaxs (fidutsiariy) boshqa shaxs (ishonch bildiruvchi) nomidan uning manfaatlari yo‘lida harakat qiladi hamda fidutsiariyda tegishli mol-mulkka oid qarorlarni qabul qilishda diskresion vakolat mavjud bo‘ladi.

    Fidusiar majburiyat esa fidusiarning benefitsiarning nomidan uning manfaatlarida sodiqlik (duty of loyalty) va g‘amxo‘rlik (duty of care) bilan harakat qilish majburiyatini ifodalaydi.

    Korporativ huquqiy munosabatlarda bu institut muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki korporatsiya boshqaruvi to‘liq mazkur institut ustiga quriladi deyishimiz mumkin.

    Ma’lumki, korporatsiya direktori (boshqaruv raisi) shu korporatsiya nomidan ishonchnomasiz ish yuritadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, uning nomidan bitimlar tuzadi, korporatsiyaning filiali yoki vakolatxonasi rahbarini tayinlaydi, shtatlarni tasdiqlaydi, korporatsiyaning barcha xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. Yuqori tilga olganimizdek, ushbu huquqlar ijro organi rahbarining huquqiy munosabatlarda “kuchli” tomon ekanligini isbotlaydi.

    Mazkur qoidaning mohiyati shuni ko‘rsatmoqdaki, bunda korporatsiyaning haqiqiy egasi (aksiyador yoki umumiy ma’noda muassis) va direktor o‘rtasidagi bitimga asosan direktor fidusiar munosabatga kirishadi.

    Misol uchun ingliz huquqida bu munosabatlar Company act “Kompaniyalar to‘g‘risida”gi qonunda belgilanadi.

    Ushbu qonunning 10-bobi kompaniya direktoriga bag‘ishlangan. Mazkur bob qoidalari bo‘yicha kompaniya direktorini saylashdan boshlab, uni kompaniya direktorligidan ozod qilishgacha bo‘lgan jarayonlar haqida qoida belgilanadi. Ushbu qonunning 188-va 189-moddalari bevosita direktor bilan shartnoma tuzishga oid bo‘lib, unga ko‘ra kompaniya direktori bilan “service contracts”, ya’ni xizmat ko‘rsatish shartnomasi” imzolanadi.

    Romano-german huquqining asoslari ishlab chiqqan Germaniya qonunchiligida AJ konstruksiyasi shunday ishlab chiqilganki, unga ko‘ra korporatsiya boshqaruv organlari (Vorstand – ijro organi, Aufsichtsrat – kuzatuv kengashi, Hauptversammlung – umumiy yig‘ilish) o‘zaro bog‘liqlikda AJ boshqaruvini amalga oshiradi.

    Vorstand – ijro organi odatda 2 kishidan ortiq shaxs tomonidan tashkil etiladi va u Aufsichtsrat – kuzatuv kengashi tomonidan saylanadi.

    Germaniyada Aksiyadorlik jamiyatlari to‘g‘risidagi qonun (AktienGESellschaft – AG) 84-moddasida ijro organi a’zolari bilan kuzatuv kengashi o‘rtasida shartnoma imzolanishi belgilangan. Shartnoma deyilgan, “mehnat shartnomasi” emas.

    Biz faqat shu ikki davlatdagi qoidaning o‘zinigina ko‘rib o‘tdik. Vaholanki, Fransuz va AQSH qonunchiligida ham yuqoridagi holatni ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni yuqoridagi davlatlarda korporatsiya ijro organi rahbari bilan tuziladigan shartnomada fidusiar majburiyatlar bayon etiladi. Bunday majburiyatlar qatoriga:

    - o‘z vakolatlari doirasida harakat qilish;- kompaniyaning muvaffaqiyatini ta’minlash;- qaror qabul qilishda mustaqil bo‘lish;- oqilona ehtiyotkorlik, mahorat va professionallikni qo‘llash;- manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishining oldini olish va manfaatdor tomonlar bilan tuzilgan bitimlarni e’lon qilish;- o‘z lavozimlaridan foyda ko‘rmaslik kabilarni kiritish mumkin.

    Korporatsiya direktori bilan tuzilgan bitim unga ushbu korporatsiyani o‘zi xohlagancha boshqarish huquqini beradi. Biroq sodiqlik va g‘amxo‘rlik burchi uni ma’lum ma’noda tiyib turish vazifasini bajaradi.

    Direktorning ushbu majburiyatlarini bajarmasligi esa muassislarga (yoki kuzatuv kengashiga) u bilan tuzilgan shartnomani istalgan vaqtda bekor qilish huquqini beradi. Shuningdek, direktorning o‘z zimmasiga olgan fidusiar majburiyatlari bajarmasligi oqibatida kelib chiqadigan zarar uning mulki hisobidan to‘liq qoplanadi.

    Zararni qoplash masalasi ham direktor va korporatsiya o‘rtasida mehnat shartnomasi imzolanmasligi to‘g‘ri bo‘lishini ifoda etadi.

    Chunki mehnat qonunchiligi yetkazilgan zararni qoplash masalasida cheklovchi qoidalarni belgilaydi. Ya’ni xodim ish beruvchiga bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni to‘lashi shart (amaldagi MK 198-m). Avval aytganimdek, bunda qonun chiqaruvchi xodimni “zaif” tomon ekanligiga ishora qilib faqat haqiqiy zararni undirishnigina belgilamoqda. Boshqacha aytganda, mehnat munosabatlarda kelib chiqadigan zarar haqiqiy zarar bilan cheklanadi, boy berilgan foyda e’tiborga olinmaydi.

    Agar ijro organi rahbari bilan tuzilgan shartnomani mehnat shartnomasi sifatida qabul qilsak, unda u xodim, muassis(lar) yoki kuzatuv kengashi ish beruvchi hisoblanadi. Shunga ko‘ra direktor faqat haqiqiy zararnigina to‘lashi kifoya qiladi. Bu esa muassislarning (korporatsiyaning ham) huquqlari buzilishiga olib keladi.

    Biroq aslida ijro organi rahbari o‘zining majburiyatlarini bajarmasligi ortidan kelib chiqadigan zararni (haqiqiy zarar va boy berilgan foydani – FK 14-m) to‘liq to‘lashi lozim.

    Biz yuqorida masalaning faqat ayrim jihatlarinigina tahlil qilish kifoyalandik. Zero ushbu tahlilning o‘zi korporatsiya ijro organi rahbari bilan qanday turdagi shartnoma tuzish kerakligini tushuntirish uchun yetarli bo‘ldi o‘yladik. Shuni aytish kerakki, yangi MK kuchga kirgach ushbu sohada nizolar paydo bo‘lmasdan yoki ko‘paymasdan oldin, unga tegishli o‘zgartirish kiritib, ushbu munosabatni korporativ huquq bilan tartibga solishga qo‘yib berish lozim.

     Doniyor Imomniyozov

    21.12.2022, 21:03   Izoh (0)   15628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 144 ta muassasada qozoq tilida ta’lim berilmoqda

    21.12.2022, 20:58

    O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlariga sun’iy talab yuzaga kelganda tahlil o‘tkaziladi

    21.12.2022, 19:59

    O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi (foto)

    21.12.2022, 19:36

    Toshkentda bloger Shohida Salomova tuhmat va haqoratda ayblanmoqda

    21.12.2022, 19:32

    “Prezident farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda”. Andijonlik fermerlar Jalaquduq tumani hokimligidan shikoyat qilmoqda

    21.12.2022, 19:26

    O‘zbekistonda abituriyentlar yangi o‘quv yilida qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi (ro‘yxat)

    21.12.2022, 19:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Garvardning xorijiy talabalari uchun viza berishni rasman taqiqladi

    Dunyo | 5 iyun, 13:50

    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

    Reklama | 5 iyun, 13:30

    Yevropa Ittifoqi chet eldagi foydali qazilmalarni o‘zlashtirishni boshlaydi

    Dunyo | 5 iyun, 13:41

    Jennifer Lopesning Toshkentdagi konserti chiptalari narxi ma’lum qilindi

    Musiqa | 5 iyun, 13:32

    “Real” yana bir transferni yakunladi — manba

    Sport | 5 iyun, 13:25

    Pitt, Beyonse, Madonna va boshqa dunyo yulduzlarining farzandlari nima bilan shug‘ullanmoqda?

    Layfstayl | 5 iyun, 13:19

    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

    Reklama | 5 iyun, 12:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.