• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Prezident farmoni noto‘g‘ri talqin qilinmoqda”. Andijonlik fermerlar Jalaquduq tumani hokimligidan shikoyat qilmoqda

    Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida faoliyat yurituvchi bir guruh fermerlar “Daryo”ga murojaat qilib, 2021-yilda tender tanlovlari orqali dehqonchilik qilish uchun yer-maydoni yutib olganini, ammo tender g‘oliblariga egalik va foydalanish huquqini tasdiqlovchi hokim qarori berilmayotganini, hokimlik bunga prezident farmoni to‘sqinlik qilayotganini bildirganini aytmoqda.

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri murojaatchilar bilan suhbatlashdi.

    Aytilishicha, tuman hokimligi fermerlarga yerga egalik huquqni beruvchi qaror chiqarilmayotganini prezidentning 2021-yil 8-iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni yo‘l qo‘ymayotgani bilan izohlagan.

    “Jalaquduq hayoti” gazetasida tenderlar o‘tkazilishi haqida berilgan e’londan so‘ng yer olish maqsadida tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limiga hujjatlarimni topshirganman. Tender bosqichma–bosqich o‘tkazilgan. Shunda 41-loyihada eng yuqori ball to‘plab g‘olib bo‘lganman. Biroq qaror chiqarish arafasida komissiya a’zolarining fikrlari o‘zgarib qoldi. Shundan so‘ng bu haqda tuman hokimi qarorini chiqarib berishlarini so‘rab bir necha bor, ham og‘zaki ham yozma arizalar bilan murojaat qilganman. Lekin natija bo‘lmayapti. Ikki yildan buyon va’da ustiga va’da berishyapti xolos. Bu orada prezident farmoni bilan yerlar onlayn auksion orqali olinadigan bo‘ldi. Hokimlik shu qarorni asos qilib olyapti. Komissiya a’zolarining ayrimlari bizning tenderni qayta o‘tkazishlarini aytyapti, — deydi murojaatchi.
    Murojaatchi fermer tuman hokimi ularga “Ushbu tender haqiqiy. Buni tan olaman, yer sizlarniki”, degan gapni aytganini bildirmoqda.
    Hokimning gaplariga ishonib, yillar davomida suv ko‘rmagan yerlarga yirik miqdorda mablag‘ sarf qilib suv chiqarganmiz. Lekin shu muddatgacha hech qanday natija yo‘qligi bor ishonchimizning yo‘qolishiga sababchi bo‘lyapti, — deydi Alisher Ergashev.
    Fermerlar Rustam Xolmatov, Akabek Nishonov, Husniddin Elchiboyevlar ham tender orqali yer egalariga aylangan. Barchasi tender komissiyasining xulosasiga ishonib, pul va mehnatini sarflagan.
    Menga tegishli yer maydoni 12,40 gektarni tashkil etadi. Shundan 6 gektariga Eron xandon pistasi ko‘chatlarini ekkanmiz. Qolgani ekin maydoniga esa hali O‘zbekistonda yetishtirilmagan sitrus meva ko‘chatlarini ekmoqchimiz. Biroq tender orqali yutib olgan yerimiz uchun oradan salkam ikki yil o‘tgan bo‘lsa-da, haligacha hokim qarori chiqarilmagani xafsalamizni pir qilyapti, — deydi Rustam Xolmatov.
    “Saidazimbek yerlari” fermer xo‘jaligi rahbari Akabek Nishonov mas’ullar yer qayta onlayn savdoga qo‘yilishini aytib, savdoda takroriy qatnashishlarini aytganini bildirmoqda.
    Yutib olgan ushbu yerimizga 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ sarf qildik. Sug‘orish uchun uch kilometr uzoqlikdan suv trubalarni tortib kelganmiz. Ikki yil ichida bodom ekib, chiroyli bog‘ yaratdik. Endi rahbarlarning aytishicha, bu yerlar qaytadan auksionga qo‘yilar ekan. Auksionda yutolmasak mehnatimizga kuyib qolmasmikanmiz, — deydi “Saidazimbek yerlari” fermer xo‘jaligi rahbari Akabek Nishonov.
    Yana bir murojaatchi Shahnoza Ortiqovaning aytishicha, hozirda foydalanayotgan yeriga aslida 2008-yildan buyon egalik qilib keladi. Biroq 2020-yildagi maqbullashtirish davrida unga tegishli yer hokimlik zahirasiga olinib, tenderga qo‘yilgan. Tenderda shu yerni yutib olgan bo‘lsa-da, hokim qarori chiqarib berishni paysalga solmoqda.
    Hozirda foydalanayotgan yerimizni 2008-yilda tender orqali bog‘dorchilik yo‘nalishida ish tashkil qilamiz deb yutib olganmiz. Yillar davomida bu yerlarni obod qildik. Endi foydaga kira boshlaganimizda fermer xo‘jaliklari optimizatsiya qilinib boshqa fermerlarning yerlariga qo‘shilib ketdi. Ular bilan chiqisha olmadik. Shuning uchun o‘z xohishimiz bilan yerni qayta yutib olish maqsadida tenderda qatnashdik va yutib oldik. Lekin hokimlik qaror chiqarib bermasdan sarson qilayapti, — deydi Shahnoza Ortiqova.
    Nasiba Sotvoldiyevaning aytishicha, qaror chiqqunicha foydalanib turishi lozim bo‘lgan yerdan foydalanishga hokimlikda ishlaydigan “Jamoliddin” ismli mas’ulning jiyanlari qarshilik qilmoqda.

    2021-yilning aprel oyida o‘tkazilgan tender tanlovlarida 3,5 gektar yerni yutib olganman, ammo qaror yo‘qligi uchun u yerda hech narsa qilolmayapman.

    Sababi tuman hokimligida ishlaydigan “Jamoliddin” deganlarining jiyanlari o‘z yerimda dehqonchilik qilishimga qarshilik qilishmoqda. Chunki, yonimda ularning ham yeri bor. Nahotki menda foydalanish huquqi bo‘lmasa. Bundan hokimning ham xabari bor. Lekin hech kim bu masalani hal qilib bermayapti. Biri unga bor, boshqasi bunga bor deydi. Bu ishing hal bo‘ladi yoki bo‘lmaydi deydigan biror kishi yo‘q. Sudrab-sudrab shu kungacha kelyapmiz, — deydi Nasiba Sotvoldiyeva.

    Fermer Alisher Ergashevning ta’kidlashicha, u hokim qarori chiqartirilib berilishini so‘rab, Andijon viloyati ma’muriy sudiga murojaat qilgan. Biroq sud tomonidan tender tanlovi hujjatlarining ma’lum qismi taqdim etilmagani ro‘kach qilinib, da’vo arizasi rad etilgan.
    Ayni shu masala bo‘yicha bormagan joyimiz, uchramagan odamimiz qolmadi. Ammo birorta ijobiy natija bo‘lmadi. Aksincha, ular bizga haqiqatan ham tenderda g‘olib bo‘lganimizni, yerdan bemalol foydalanishimizni aytyapti. Quruq gaplar bilan cheklanib qolishgan. O‘zimizga tegishli yer maydonlarida agrotexnik ishlarni amalga oshirdik, yerga ishlov berdik. Suv yetib bormagan joylarga katta miqdorda pul sarflab suv quduqlarini chiqardik. Lekin haligacha hokimiyat tomonidan qaror chiqarib berilmadi. Bu holat ikki yildan buyon davom etib kelmoqda. Adliya bo‘limi maslahati bilan Ma’muriy sudga da’vo arizasi kiritdik. Sud ishimizni ko‘rib chiqib kerakli hujjatlarning ma’lum qismini taqdim etmaganligimizni ro‘kach qilib da’vo arizamizni rad etdi.

    78 nafar fermerning qo‘lida tenderda g‘olib bo‘lganligi haqidagi bayonnomalar bor. Tenderning qonuniy tartibda o‘tganligini prokuratura ham tasdiqlaganiga qaramay negadir shu paytgacha yer uchun tegishli qaror chiqarib berish paysalga solinmoqda, — deydi Alisher Ergashev.

    Fermer prezident qarori noto‘g‘ri talqin qilinayotganini, hokimlik o‘z manfaati yo‘lida bundan foydalanayotganini ta’kidlamoqda.
    Prezidentimiz tomonidan xalq manfaatlari ko‘zlanib chiqarilgan farmon xalqqa qarshi ishlatilyapti. Sizlarga murojaat qilganimizning sababi ham mana — shu. Muammoning eng qiziq tomoni mazkur tender prezident qarori chiqishidan ikki oy avval to‘liq yakunlangan, natijalar allaqachon e’lon qilingan edi. Hokimiyat tomonidan tegishli qarorning chiqarib berilmaganiga yuqoridagi farmon sabab qilib ko‘rsatilishi mantiqqa to‘g‘ri kelmayapti. Mahalliy hokimiyat vakillarining yaxshi ishlamasligi ortidan biz kabi oddiy xalq jabr ko‘rayotgani, asossiz yugur-yugurlar bilan ikki yildan buyon sarson bo‘layotgani davlatimiz rahbariga yetib borsa, o‘ylaymanki, bizning muammoga ham yechim topiladi. Biz cho‘lga aylanib ulgurgan yerlarni obod qilib oilamiz, Vatanimiz uchun chin dildan ishlayapmiz. Ushbu harakatlarimizni qonuniylashtirishimizga esa mahalliy hokimlik vakillari imkon bermayapti. Dardimizni kimdir eshitarmikan?”, — deydi Alisher Ergashev.
    “Daryo” muxbiri mazkur masala yuzasidan Jalaquduq tumani hokimining qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdumutalib Pozilov bilan bir necha marotaba uchrashishga harakat qildi. Biroq hokim o‘rinbosari uchrashishni ham, telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishni ham istamadi. Hokim Hikmatillo Latipov esa farmon sababli tender tanlovi natijalari bo‘yicha qaror qabul qilish kechikkanligini bildirib, fermerlar o‘z yerlarida bemalol ishlayverishini, muammo tez orada hal bo‘lishini bildirdi, xolos.

    “Daryo” voqealar rivojini kuzatishda davom etadi.

    21.12.2022, 19:26   Izoh (0)   18214
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda abituriyentlar yangi o‘quv yilida qaysi fanlardan test topshirishi aniq bo‘ldi (ro‘yxat)

    21.12.2022, 19:07

    Toshkentda Audi avtomobili yonib ketdi (video)

    21.12.2022, 18:28

    O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmaganlarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin

    21.12.2022, 18:01

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon avtomobil ishlab chiqaruvchilar konglomeratiga asos soldi

    21.12.2022, 17:36

    Farg‘onada er-xotin is gazidan vafot etdi

    21.12.2022, 17:32

    Qozog‘iston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

    21.12.2022, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.