Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “Uyg‘onish davri” partiyasi ofislari va Parijdagi McKinsey shtab-kvartirasi tintuv qilindi. Bu haqda France 24 xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tintuv 2017-yilgi Makronning saylovoldi kampaniyasini Amerika konsalting kompaniyasi tomonidan moliyalashtirish ishi bilan bog‘liq. Partiya foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday ma’lumotni taqdim etishga tayyorligini bildirgan.
Noyabr oyida milliy moliya prokuraturasi saylov kampaniyasi AQSHning McKinsey konsalting firmasi tomonidan noqonuniy moliyalashtirilgani bo‘yicha prezident Makronga nisbatan tergov boshlagan. Tergov uch sudyaga topshirilgan, ular birinchi navbatda Makron va McKinsey o‘rtasidagi aloqalarni tekshiradi.
Makronning o‘zi tergov haqida OAV orqali bilganini aytib, 2017-yilgi kampaniya hisob akkauntlari allaqachon tekshirilgani va bu ish haqida “hech kim yozmagani va qo‘ng‘iroq qilmaganini” qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga doir: Donald Trampning Floridadagi uyi FQB tomonidan tintuv qilindi
Izoh (0)