Daryo

Afg‘onistonda “Tolibon” 20 kishini omma oldida qamchiladi

Ularning har biri 35 dan 39 martagacha kaltaklangan

1 daqiqa o‘qish34 534 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: AFP

Afg‘onistonda 14-dekabr kuni 20 kishi zino, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlarda ayblanib, jamoat oldida qamchiladi. Bu haqda ArabNews xabar berdi.

Foto: AFP

“Tolibon” 2021-yil avgustda mamlakatni egallab olganidan beri qat’iy siyosat o‘rnatdi, bu islom qonunlari yoki shariat talqinini aks ettirishi aytilgan. Hilmand viloyati gubernatorligi matbuot kotibi Muhammad Qosim Riyozning aytishicha, qamchilash Lashkargohdagi sport stadionida bo‘lib o‘tgan. Har bir erkak 35 dan 39 martagacha kaltaklangan va bu “Tolibon” rasmiylari, diniy ulamolar, oqsoqollar va mahalliy aholi oldida amalga oshirilgan. Jazolanganlarning aksariyati qilgan jinoyatlariga ko‘ra qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Tolibon” dekabr oyi boshida birinchi marta ommaviy qatlni ham amalga oshirdi. Jumladan, besh yil avval sodir etgan qotillik, mototsikl va mobil telefon o‘g‘irlashda ayblanib, afg‘onistonlik erkak o‘limga hukm qilindi. Jarayon omma oldida amalga oshirildi va unda yuzlab tomoshabinlar, shuningdek, davlat amaldorlari ishtirok etdi.

Mavzuga doir: “Tolibon” yetakchisi jinoyatchilarni “shariat qonunlari” asosida jazolashni buyurdi

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar