AQSH Ukrainaga Patriot zenit-raketa majmualarini yetkazib bermoqchiligi xabar qilingandi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bunga munosabat bildirdi.
“Albatta, Patriot komplekslari Rossiya qurolli kuchlarining qonuniy nishoniga aylanadi. Lekin hozir bunga izoh bermagan bo‘lardim, sababi zenit-raketa majmualarini Ukrainaga yetkazib berilishi haqidagi xabarlar OAV da tarqalmoqda. Bu narsa ishonchsiz, shuning uchun rasmiy ma’lumotni kutamiz”, — deydi Kreml matbuot kotibi.
Avvalroq New York Times gazetasi CNN telekanali ortidan AQSH rasmiylari Ukrainaga eng ilg‘or Patriot raketalarga qarshi mudofaa tizimlarini jo‘natishga tayyorligi haqida xabar bergandi.
Pentagon matbuot kotibi, AQSH Harbiy-havo kuchlari brigadasi generali Patrik Rayder ushbu ma’lumotni izohlar ekan, Patriot yetkazib berilishi haqida hozircha hech narsa deyolmasligini aytgan.
Shu bilan birga, Rossiya kengashi xalqaro qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Vladimir Jabarov AQSHning Ukrainaga qurol yetkazib berishi Rossiya va NATO o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri mojaroga sabab bo‘layotganini aytgandi.
Mavzuga doir: Polsha Germaniyadan Varshavaga va’da qilingan Patriot tizimlarini Kiyevga berishni so‘radi
Izoh (0)