• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2023-yilda 3 milliondan ziyod aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi

    Shavkat Mirziyoyev 9-dekabr kuni kommunal xizmatlarni yaxshilash va aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar hisoboti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, mamlakatda 39 ming 700 taga yaqin ko‘p qavatli uy bor. Ularda yashovchi aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida boshqaruv-servis kompaniyalari tashkil etilmoqda. 2022-yil boshida bunday tashkilotlar 324 ta bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 766 taga yetgan. Shu tariqa 36 mingdan ziyod yoki 92 foiz ko‘p qavatli uylar boshqaruv-servis kompaniyalari bilan qamrab olingan.

    Bu yilning o‘zida ular tomonidan qurilish, ta’mirlash, texnika va uskunalar xarid qilishga 262 milliard so‘m investitsiya kiritilgan. Yangi tashkil etilgan kompaniyalarda 14 mingga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Xonadonlar haqidagi ma’lumotlar va hisob-kitoblar “Mening uyim” billing tizimida mujassam bo‘lmoqda. 2022-yilning o‘tgan davrida bu tizim orqali 206 milliard so‘m to‘langan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sohadagi muhim vazifalardan biri – uylarni issiqlik bilan barqaror ta’minlash. Bu borada hududlarda manzilli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ko‘p qavatli uylarning yarmidan ko‘pi markazlashgan va induvidual issiqlik ta’minoti tizimiga ega. Qolganlari muqobil pechlar, elektr isitgichlar yoki boshqa uskunalar yordamida isitiladi.

    Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tasarrufida 495 ta qozonxona faoliyat yuritmoqda. 2018—2021-yillarda ularning 47 tasi va 78 kilometr issiqlik tarmog‘i rekonstruksiya qilindi. Bu yil Buxoro, Samarqand, Qarshi, Jizzax, Namangan, Asaka kabi shaharlardagi yana 24 ta qozonxona va 182 kilometr tarmoq yangilandi. Natijada 70 ming xonadon va 113 ta ijtimoiy obyekt uzluksiz issiqlik energiyasi bilan ta’minlandi.

    Umuman aytganda, bu loyihalar samarasida ko‘p qavatli uylarning issiqlik energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi yanada ortdi. Yiliga 130 million kub metr tabiiy gaz, 1 million 200 ming kilovatt soat elektr energiyasi tejaladigan bo‘ldi. Bunday ishlarni izchil davom ettirib, 2023-yilgi investitsiya dasturi doirasida 3 ta yangi qozonxona qurish, 10 tasini ta’mirlash va issiqlik tarmoqlari tortish rejalashtirilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholini markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilinmoqda. 2022-yilda 527 ta inshoot hamda qariyb 7 ming kilometr tarmoq barpo etildi. Yil boshida aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 70 foiz bo‘lgan bo‘lsa, yil yakunida bu ko‘rsatkichni 74 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

    Mahallalar kesimida aytganda, 9 ming 309 ta mahalladan 3 ming 800 tasi to‘liq, qariyb 4 mingtasi qisman markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Qolgan qishloqlarga suvni transportda yetkazish, shu bilan birga, imkoni bor joylarga tarmoq tortish choralari ko‘rilmoqda. Jumladan, 2023-yilda Investitsiya dasturiga asosan 62 ta, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 373 ta obyekt foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

    Bu ishlar natijasida 403 ta mahalladagi 3 milliondan ziyod aholining ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanadi, 181 ta mahalla ilk bor bu tarmoqqa ulanadi. Shuningdek, davlatning ijtimoiy buyurtmasi orqali tuman markazidan olisda joylashgan mahallalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihalari amalga oshirilmoqda. Kelgusi yilda 17 ta shunday qishloqqa 251 kilometr quvur tortilishi rejalashtirilgan. Davlat rahbari bu ishlarning hayot sifati va aholi salomatligidagi ahamiyatini ta’kidlab, qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.

    09.12.2022, 22:25   Izoh (0)   10289
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Buxoro, Navoiy, Farg‘ona va Toshkentda 1485 ta mahalladagi xonadonlar kunning ma’lum bir vaqtida elektr ta’minotisiz qolgan” — Adminstratsiya rahbari

    09.12.2022, 22:24

    Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida Ai-80 markali benzinni ishlab chiqarish hajmi oshdi

    09.12.2022, 22:11

    “Jizzaxda bir kun ichida 4 ta korxonada tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan” — Sardor Umurzoqov

    09.12.2022, 21:45

    Toshkentda besh nafar fuqaroga “prava” olishi uchun soxta sertifikat yasab bergan avtomaktab o‘qituvchisi jinoiy javobgarlikka tortildi

    09.12.2022, 21:29

    6800 so‘mdan 8000 so‘mgacha: O‘zbekistondagi zapravkalarda AI-80 markali benzin narxi sezilarli darajada oshgani ma’lum bo‘ldi

    09.12.2022, 20:49

    “O‘zbekneftgaz”: Aholi iste’moli uchun berilayotgan tabiiy gaz hajmi oshirilishi sabab Uzbekistan GTL zavodida ishlab chiqarish kamaytirildi

    09.12.2022, 20:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ilon Maskning foto va video yaratish uchun mo‘ljallangan neyron tarmog‘i bepul bo‘ldi

    Dunyo | 15 avgust, 23:40

    Ota-onalarga OTM kontraktini to‘lashda beriladigan soliq imtiyozida endi yosh farq qilmaydi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:35

    Tramp Lukashenko bilan 1300 nafar mahbusni ozod qilishni muhokama qildi

    Dunyo | 15 avgust, 23:20

    Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish uchun 200 mln dollargacha xorijiy mablag‘ jalb etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 23:07

    Xitoy BMTning Eronga nisbatan zudlik bilan sanksiyalar kiritishiga qarshi chiqdi

    Dunyo | 15 avgust, 22:51

    O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida aviaqatnovlar soni ko‘payadi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 22:35

    “Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi” — Germaniya kansleri

    Dunyo | 15 avgust, 22:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.