• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    6800 so‘mdan 8000 so‘mgacha: O‘zbekistondagi zapravkalarda AI-80 markali benzin narxi sezilarli darajada oshgani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekistondagi mavjud metan gaz zapravkalaridagi turnaqator navbat, shuningdek ayni kunda yuzaga kelgan gaz taqchillik sabab benzin yonilg‘isiga talab ortmoqda. “Daryo” kuzatuvchilarining xabar berishicha, bu talab joylarda arzon benzin narxi oshishiga olib kelgan.

    Bugun avvaliga Surxondaryo viloyatidagi zapravkada, so‘ngra respublika miqyosidagi 299 ta zapravkada benzin narxi o‘zboshimchalik bilan oshirilgani, shuningdek sifatsiz yonilg‘i sotilgani bois, ularga benzin yetkazib berish to‘xtatilgani xabar qilindi.

    “Daryo” nashri kuzatuvchilari tadbirkorlarga chora qo‘llanilsa-da, ayrim hududlarda holat hamon yaxshilanmayotganini, o‘zboshimchalik davom etayotganini xabar berdi. Ta’kidlanishicha, Xorazm viloyatining barcha hududlarida, Surxondaryo viloyatining Termiz, Sherobod va Denov tumanidagi AYOQSHlarda, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanidagi zapravkalarda AI-80 markali benzin 8000 so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: Skrinshot

    Foto: Skrinshot

    “Daryo” muxbirlar ham hududlarda bo‘lib, AI-80 markali arzon benzin narxlari bilan qiziqdi.

    Toshkent shahri

    Poytaxt Toshkentda eng arzon benzin — AI-80 markali yonilg‘i 6800 so‘mdan 7100 so‘mgacha bo‘lgan narxlarda sotilayotganiga guvoh bo‘ldik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘zbekneftgaz”ga qarashli barcha zapravkalarda AI-80 markali benzin mavjud va narx 6800 so‘mdan oshmagan. Tadbirkorlarga qarashli zapravkalarda esa aynan shu markali benzin 6950 so‘mdan 7100 so‘mgacha bo‘lgan narxni tashkil qilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Toshkentda kechki payt aksariyat zapravkalarda AI-80 markali benzinni topib bo‘lmay qolyapti. Borsak, tugagan deya qimmat markali benzinni tavsiya qilishadi. Haydovchilarning ko‘pchiligi zapravkalar AI-80 markali benzinni kechki payt qimmat markali benzin deb sotishadi deyishadi. Ba’zan shu gaplarda ham jon bormikin deb o‘ylab qolasan kishi, — deydi “Daryo” muxbiriga bu haqda gapirgan haydovchi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Namangan

    Namanganda avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining aksariyati ishlamayapti, faoliyat ko‘rsatayotganlarida esa tong bo‘lmay uzundan-uzoq navbat yuzaga kelib, hech qancha vaqt o‘tmay yopilmoqda. Shu tufayli viloyatdagi benzin quyish shoxobchalarida ham navbatlar kuzatilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Turnaqator navbatlar ayniqsa “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida ko‘p, chunki ularda AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotilmoqda. Xususiy benzin quyish shoxobchalarida esa bu narx 7500 so‘mni tashkil etmoqda. Ammo ularda ham navbatlar borligiga guvoh bo‘lish mumkin, chunki ko‘pchilikda xususiylarda benzin sifatliroq bo‘lishi haqidagi tushuncha shakllangan.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    “O‘zbekneftgaz” shoxobchalarida A-92 markali benzin 11 ming, xususiylarda esa 10 500 so‘mdan iborat. Qiziq tomoni, shu markali benzin quymoqchi bo‘lgan haydovchilar uchun navbat yo‘q.

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Foto: “Daryo” / Jahongir Akromov

    Qashqadaryo 

    “Daryo”ning Qashqadaryo viloyatidagi muxbiri Murodjon Amirovning ma’lumot berishicha, viloyat markazi Qarshi shahridagi “O‘zbekneftgaz”ga qarashli benzin quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov

    Foto: “Daryo” / Murodjon Amirov
    Bu markadagi benzin tadbirkorlarga qarashli benzin zapravkalarida ham 6800 so‘mdan 7000 so‘mgacha bo‘lgan narxda sotilmoqda, — deydi u.
    Muxbirning qo‘shimcha qilishicha, viloyatda “O‘zbekneftgaz”ga qarashli benzin quyish shoxobchalari Qarshi shahri va Shahrisabz shahrida joylashgan bo‘lib, aynan shu shoxobchalarda benzinga navbat kuzatiladi. Shuningdek, “O‘zbekneftgaz”ga qarashli Qarshi shahridagi benzin quyish shoxobchalarida AI-91 markali benzin yo‘q. AI-92 benzini 9500 so‘m, AI-95 benzini esa 10500 so‘mdan sotilmoqda”.
    Metan gazlardagi qator navbatlar oqibatida benzinda yurishga majbur bo‘lyapmiz. Men AI-80 benzinidan xarid qilaman. Hozircha narxlar oshmagan, ammo oshib ketadigan bo‘lsa, ko‘pchilikning cho‘ntagi ko‘tarmaydi, — deydi muxbir bilan suhbatlashgan haydovchilardan biri.
    Qoraqalpog‘iston

    “Daryo”ning Qoraqalpog‘istondagi muxbiri Shuhrat Saidahmadovning ma’lumot berishicha, hudud markazi Nukusda AI-80 markali benzin 7000 so’mdan, AI-92 markali benzin 12 ming so‘mdan sotilmoqda.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov
    Shoxobchalarda kunning ikkinchi yarmiga kelib navbatlar ko‘paymoqda. Ba’zi shoxobchalarda AI-80 markali benzin tugab qolgan vaziyatlar bo‘lsa, ba’zilarida AI-91 va AI-92 markali benzinlar tanqisligi kuzatilmoqda, — deydi Shuhrat Saidahmadov.

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Foto: “Daryo” / Shuhrat Saidahmadov

    Farg‘ona

    “Daryo”ning Farg‘ona viloyatidagi vakili Azizjon Ermatovning xabar berishicha, viloyatda nafaqat “O‘zbekneftgaz” xususiy zapravkalarda ham AI-80 markazi benzin narxi 6800 so‘m etib belgilangan.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Qo‘shimcha qilinishicha, 9-dekabr kunidan boshlab Farg‘ona viloyatidagi metan gaz quyish shoxobchalari faoliyati qayta tiklangan. Biroq gaz bosimining pastligi va shoxobchalar ish vaqtining cheklangani, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida soat 11:00—12:00 larda shaxobchalar faoliyatining to‘xtatilishi tufayli navbatlar kuzatilmoqda.

    Shu sababdan, aksariyat haydovchilar muqobil yonilg‘i — benzindan foydalanmoqda. Farg‘ona viloyatidagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida AI-80 markali benzin 6800 so‘mdan sotilmoqda. “O‘zbekneftgaz” tarkibidagi va xususiy AYOQSHlarda ushbu markadagi benzin narxi bir xil. Hududdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida ortiqcha navbatlar va benzin tanqisligi kuzatilmayapti, — deydi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    Foto: “Daryo” / Azizjon Ermatov

    “O‘zneftgazinspeksiya”ning Farg‘ona viloyati hududiy bo‘limi xodimlari tomonidan viloyatdagi 218 ta avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida benzin narxining asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

    Viloyatdagi AYOQSHlarda AI-92 benzin 8000—9000 so‘mdan, AI-95 benzin 10 ming so‘mdan sotilmoqda.

    Mavzuga doir: 

    • O‘zbekistonda narxni oshirgan va sifatsiz mahsulot sotgan 299 ta zapravkaga benzin yetkazib berish to‘xtatildi
    • O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
    • Ai-80 6 800 so‘mdan: Toshkentda kunlik benzin narxlari e’lon qilindi

    09.12.2022, 20:49   Izoh (0)   40546
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “O‘zbekneftgaz”: Aholi iste’moli uchun berilayotgan tabiiy gaz hajmi oshirilishi sabab Uzbekistan GTL zavodida ishlab chiqarish kamaytirildi

    09.12.2022, 20:40

    O‘zbekistonda reklamalarda dorini noyob, eng samarali va eng xavfsiz deb taqdim etish taqiqlanadi

    09.12.2022, 20:38

    O‘zbekistonning qaysi hududlarida ko‘proq ipoteka kreditlari berilmoqda?

    09.12.2022, 19:57

    O‘zbekistondagi energotaqchillik gazni chetga sotish ortidan yuz beryaptimi? “O‘ztransgaz” rahbari savolga aniqlik kiritdi

    09.12.2022, 19:50

    “Prezidentga gaz va elektrdagi muammolar bo‘yicha har soatda hisobot kiritilmoqda” — Sherzod Xo‘jayev

    09.12.2022, 18:10

    Markaziy bank kiberxavfsizlik markazining veb-saytini ishga tushirdi

    09.12.2022, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy firibgarliklar: firibgarlar keksalarni qanday aldamoqda 


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Centrum Air yozgi yo‘nalish ochadi: Toshkentdan Issiqko‘lga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 00:00

    “Daryo” dayjesti: 4-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:35

    “Do‘stlik” chegara bojxona postida 12,7 ming dollarni yashirincha olib chiqayotgan yo‘lovchi to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:30

    Jamoat tartibiga qarshi jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan shaxs BAAdan ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 23:10

    Dunyoning eng go‘zal 10 nafar ayol tennischilari

    Layfstayl | 4 iyun, 22:55

    Insofsiz raqobat yoxud ko‘chirmakash “Surxon oshpazi”: xorijiy kompaniya shikoyat bilan chiqdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:50

    Samarqandda transformator yonib ketdi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.