• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Har yili ikkita Toshkent maydoniga teng hudud cho‘llashmoqda” — iqlimshunos O‘zbekistonda ekologik xavf ortib borayotganidan ogohlantirdi

    “Daryo” muxbiri iqlimshunos Erkin Abdulahatov bilan O‘zbekistonda kuzatilayotgan havo ifloslanishi, mintaqada iqlim o‘zgarishlari va xavflari to‘g‘risida suhbatlashdi.

    Ko‘plab rivojlangan davlatlarda havo sifati yaxshi. Buni xalqaro IQ Air indeksida ham ko‘rish mumkin. Qanday qilib ham iqtisod, ham havo tozaligini bir me’yorda ushlash mumkin?

    Buning asosiy omili g‘arb yoki boshqa mamlakatlarda yashil iqtisodiyot rivojlangani bilan bog‘liq. Iqtisodiyot ekologiyaga qarshi, degan gap bor. Chunki rivojlanish ko‘proq ishlab chiqarish, qurilishlar bilan bog‘liq jarayon bo‘lgani uchun bevosita havo sifatiga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ammo hozirda dunyoda yashil iqtisodiyot tamoyillari ishlab chiqilmoqda va shaharsozlik shu asosda barpo bo‘lmoqda.

    Yana bir tomoni, bu mintaqa bilan ham bog‘liq masala. Masalan, bizning mintaqada cho‘llanish, qurg‘oqchilik yildan yilga kuchayib bormoqda. O‘zbekistonda yiliga 100 ming gektarga yaqin hudud cho‘llashmoqda. Bu ikkita poytaxt maydoniga teng yerlar degani. Muammo ildizi faqatgina shaharlarda daraxtlar kesilishi hisobiga emas, albatta. Cho‘llardagi o‘simlik flora dunyosi va yaylovlar kamayishi hisobiga ham mazkur muammo yuzaga kelmoqda. Bularning oldini olish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqish kerak.

    Toshkent shahri haqida gapiradigan bo‘lsak, poytaxtning g‘arbiy qismi, Qozog‘iston hududi tomoni cho‘ldan iborat. U yerda cho‘llashish juda ham intensiv. Yashillik keskin kamayib ketgan. Buni sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan ham ko‘rsangiz bo‘ladi. Oxirgi besh yillikda bu holat yaxshigina ko‘rina boshlagan. 2014-2015-yillarda mazkur hududda yam-yashil makonlar ko‘p bo‘lgan. Hozir o‘sha joylar sarg‘ayib ketgan. Bu cho‘l degani. Bizga kuchli shamollar asosan, g‘arbdan keladi. Chang-to‘zonlar esa kuchli shamollar natijasida paydo bo‘ladi. O‘sha yerdan yuqori chang dispers zarrachalari ko‘tarilib, poytaxtga olib kelish xavfi kelgusida ham bor. Va buni yo‘qotish uchun Orolbo‘yida qilingan ishlarni o‘sha hududda ham bajarish kerak. Janubiy Qozog‘iston viloyatlarida Orolbo‘yi mintaqasida qilingan ishlar takrorlanishi lozim. Shunda Toshkent shahriga qo‘shni davlatlardan kirib keladigan mintaqaviy chang-to‘zonlar xavfi kamayadi.

    Erkin Abdulahatov

    Erkin Abdulahatov
    Foto: “Daryo”

    IQ Air indeksida O‘zbekiston bo‘yicha aynan Toshkent shahrining havo sifati ko‘rsatiladi. Bu holat poytaxtda mamlakatdagi eng ifloslangan havo mavjudligini anglatadimi yoki boshqa sabablari bormi?

    Shaharlar havo sifati xalqaro indeksida O‘zbekistondan faqat Toshkent shahrining keltirilishi texnik imkoniyatlar bilan bog‘liq. Bizda avtomat statsionar postlar poytaxtdan boshqa hududlarda yo‘q. Shuning uchun IQ Air xalqaro platformasida faqat Toshkent shahridan kelib chiqib reyting tuzilyapti. Toshkent shahri havo ifloslanishi bo‘yicha respublikada birinchi o‘rinda emas. Ikki yoki uchinchi o‘rinda ham emas. Bu shahar beshinchi o‘rinda turadi. Birinchi o‘rinda Farg‘ona, keyin Olmaliq, Angren, Navoiy va shaharlari turadi. Mazkur shaharlar havo sifati klassik usulda o‘lchangani tufayli u ma’lumotlarni xalqaro platformaga integratsiya qilish imkonsiz.

    Respublikadagi markaziy shaharlarga avtomat postlar o‘rnatilsa, havodagi inson salomatligiga xavf tug‘diruvchi zarrachalar tarkibi qaysi hududda ko‘proq yoki kamroq ekanining umumiy reytingini tuzish mumkin.

    O‘shanda ham menimcha, Toshkent shahri havosining ifloslanishi bo‘yicha respublikada 5 yoki 6-o‘rinni egallaydi. Bu shahar dunyo bo‘yicha 200 dan ortiq shaharlar ichida oxirgi 5 yil ichida 9 hamda 18-o‘rinda tebranib turadi. Poytaxtda issiq havo harorati kuzatilgan 2019—2021-yillarda, shahar havoning ifloslanishi bo‘yicha dunyodagi kuchli o‘nlikka kirgandi.

    Qaysidir yillar oralig‘ida nafaqat Toshkent shahri, balki atrofdagi Bishkek, Nursulton yoki Dushanbe shaharlari ham chang bilan bog‘liq, havoning ifloslantirayotgan moddalarni ko‘p chiqarayotgan zaharli tashlamalar hisobiga dunyo reytingida ma’lum bir vaqt oralig‘ida birinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Nursulton ham, Bishkek ham havo ifloslanishi bo‘yicha dunyo reytingida yuqori o‘rinlarga ko‘p chiqqan.

    Mazkur davlatlar zavod-fabrikalar bilan bog‘liq cheklovlar joriy qilgani hisobiga hozir 20-30-o‘rinlarga tushdi. Ya’ni bizdagi hozirgi vaziyat Bishkek shahrida 3-4 yil ilgari boshlangan. Jamoatchilik bilan birga ana shu muammo sabablari aniqlangan va cheklovlar asosida ish tashkil etish joriy qilingan. Misol uchun, Dushanbe yoki Toshkentda ham qaysidir muddatlar oralig‘ida turlicha shamol tezligi kuzatiladi. Kechqurun tog‘dan tekislikka, kunduzi tekislikdan toqqa qarab esuvchi shamollar yuzaga keladi.

    Mana shu shamollarda ham poytaxt atrofidagi ifloslantiruvchi zavod-fabrikalardan kelayotgan havo yoki iflos moddalar shaharga kirib kelish oqimi bo‘ladi. Bularning barchasini kompleks yondashilgan holatda o‘rganish va o‘sha zavod-fabrikalar ishlarini havo harakatini hisobga olgan holda tashkil etish kerak. Misol uchun, kunduzgi paytda ishga ko‘proq urg‘u beriladimi yoki kechqurunmi, ana shu jihatlarga e’tibor berish zarur.

    Bizni qutqarib qoladigan omillardan biri yashillik hisoblanadi. Albatta, uni tashkil etishning o‘z tartibi bo‘lishi kerak. Aytaylik, daraxt turlari iqlimdan kelib chiqib ekilishi zarur.

    Hozirgi iqlim keyingi besh yillik uchun amal qiladi. Prognozlarga ko‘ra, havo harorati 2050-yilga borib yoz oylarida hozirgi haroratdan 6 darajagacha ko‘tarilib ketishi mumkin. Shuning uchun daraxtlarni ekishda ham ularning o‘zgaruvchan iqlimga bardoshliligi hisobga olinishi zarur. Toshkent shahri hozirgi kutilmalarda tropik hududlar tasavvurini bermoqda. Demak, tropik hududlardagi namuna oladigan qaysi shaharlardan daraxtlarini olib kelib ekishni o‘rganishimiz lozim.

    Daraxtlar iflos moddalarning qaysidir turlarini yutadi, qaysidir turlarini yutmaydi. Toshkent shahriga sayyohlar faqatgina betonni yoki qanaqadir qurilish obyektlarini ko‘rish uchun kelmaydi. Tarixiy obyektlar yoki innovatsion g‘oyalar hamda yashillik asosida barpo etilgan shaharni ko‘rgani keladi. Bundan tashqari, yashillikdan shahar aholisi ham estetik zavq oladi. Daraxtlar nafaqat havo tozalaydi, balki insonlarga estetik zavq ham beradi. Ular insonning fiziologik holati, psixologiyasiga ta’sir qiladi.

    Vaziyatni qurilish jarayonini tartibga solish, moratoriylar orqali ham yaxshilash imkoni bor. Ekologiya ekspertizalarini ishlab chiqilayotganda qurilish obyektlari uchun me’yor ko‘rsatish yoki band kiritib o‘tilsa, yaxshi bo‘ladi. Hozirda “O‘zgidromet”da ham kelgusi oylar uchun prognozlar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjud. Kutilmalar asosida qurilishni rejalashtirish vaqti kelgan. Ya’ni masalan, issiq-jazirama kunlarda qurilishlarni to‘xtatib turish yoki qurilishga kuch beriladigan davrni yomg‘irli-nam havo oqimlari kuzatiladigan davrga rejalashtirish ham vaziyatni yengillashtirishi mumkin.

    Nega hammasi tez yuz berdi? Toshkent havosining ikki yil ichida birdaniga ifloslanishi, poytaxtda tarixda kuzatilmagan darajada chang ko‘tarilishi hodisalari avval prognoz qilinmaganmi?

    Atmosferada chang ko‘tarilishi yoki qurg‘oqchilik yuzaga kelishi 2000-yillardan boshlangan. Havo harorati ko‘tarilishi, chang bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashishi, hammasining ssenariylari yozilgan. Bularni hamma biladi. Faqat mana shu paytda, “start”ga yetib kelgandan keyingina ko‘tarilyapmiz.

    Aslida bu bo‘yicha juda katta monografiyalar ishlab chiqilgan. 2000-2005-yillardayoq, 2030-2050-yillarda atmosfera qanaqa holatda bo‘lishi to‘g‘risida prognozlar ishlab chiqilgan.

    Endi bir necha o‘n yillik ekologik vaziyatga qarab har bir tarmoq bosqichma bosqich ishlarni tashkil qilishi kerak. Ya’ni barcha tarmoqlar o‘z rejalarini iqlim o‘zgarishini hisobga olgan holda, kelgusi yillar prognozlari asosida belgilashi zarur. Hamma tarmoq, xoh u sog‘liqni saqlash, energetika sohasi bo‘lsin, xoh suv yoki qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqalar bo‘lsin, birinchi o‘rinda iqlim o‘zgarishi omillarini inobatga olishi shart. Shundagina ekologik tomondan ijobiy tomonga o‘zgarish mumkin. Agar bular inobatga olinmasa, yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi.

    21.11.2022, 20:06   Izoh (0)   12338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov bir-biriga maktub yo‘lladi

    21.11.2022, 19:47

    Jizzaxda 61 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht sotuvga chiqarilayotgani aniqlandi

    21.11.2022, 19:18

    “Hozirgi bolalarning ko‘chaga chiqib to‘p tepishga qiziqishi pasaygan. Video-o‘yinlarga e’tibor berishyapti” — Davron Fayziyev

    21.11.2022, 18:33

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Fransiyaga yetib bordi (foto)

    21.11.2022, 18:27

    Hindistonda O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi

    21.11.2022, 18:26

    “Bunday ko‘rgazma yaqin 30-40 yilda takrorlanmaydi” — Rokko Rante

    21.11.2022, 18:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxoro va Qoraqalpog‘istonda “valyutchik”lar ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 23:30

    “Yevropa o‘tmishda Afrikani talagan” — JAR prezidenti

    Dunyo | 5 iyul, 23:15

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “PSJ” 9 kishi bo‘lib “Bavariya”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 23:06

    USAID faoliyati to‘xtatilishi tufayli nigeriyaliklarga ochlik xavfi tahdid solmoqda — OAV

    Dunyo | 5 iyul, 22:47

    Sirdaryoda 892 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 22:22

    Superliga. “OKMK” Muborakda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 5 iyul, 22:20

    Isroil Eronning beshta harbiy obyektga zarba berganini yashirgani aniqlandi

    Dunyo | 5 iyul, 22:05

    Toshkentda iyun oyida tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga nisbatan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan

    O‘zbekiston | 5 iyul, 20:28
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.