Parijdagi Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma ochilishi arafasida ko‘rgazma kuratori Rokko Rante intervyu berib, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
“O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazma juda ham o‘ziga xosdir. Fransiyada, umuman, Yevropada ilk bor O‘zbekistondan bunday nodir eksponatlarni namoyish etmoqdamiz.
Ushbu ko‘rgazma katta sa’y-harakatlar va restavrasiya ishlari, ilmiy izlanishlar samarasidir.
“O‘zbekiston vohalarining xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” nomli ko‘rgazmaning o‘ziga xos bo‘lishini ta’minlash uchun biz tomoshabinlarni uning muhitiga olib kira oladigan maxsus effektlarni o‘ylab topdik.
Bunday ko‘rgazma yaqin 30-40 yilda takrorlanmaydi deb ishonch bilan ayta olaman”, - dedi Rokko Rante.
Izoh (0)