• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov bir-biriga maktub yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bir-biriga maktub yo‘lladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ularda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi darajasi hamda Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunlari yuksak baholangan. Quyida har ikki tabrik matni to‘liq holda keltiriladi.

    O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga

    Muhtaram Shavkat Miromonovich!

    Eng avvalo, Samarqanddagi Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti davomida Turkmaniston delegatsiyasiga ko‘rsatilgan samimiy mehmondo‘stlik va alohida e’tiboringiz uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Sammit doirasida Siz bilan g‘oyat mazmundor, samimiy va ishonch ruhida o‘tgan uchrashuvimiz turkman va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi ko‘p arslik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini yana bir bor tasdiqladi. Biz ushbu qadriyatlarni nafaqat saqlab qoldik, balki bugungi kungacha yetkazib, davlatlararo munosabatlarning poydevoriga aylantirdik.

    Turkiylar va umuman jahon sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan aynan Samarqandda qardosh xaqlarimizning mushtarakligi tasdiqlangani, do‘stlik va barcha yo‘nalishlardagi hamkorlikni yana-da mustahkamlashga sur’at bag‘ishlangani, global taraqqiyotning bugungi, juda murakkab sharoitlarida turkiy davlatlarning birligi, jipsligi va hamkorligining siyosiy asoslari va mafkuraviy asoslari mustahkamlangani chuqur ramziy ma’noga ega. Siz sammitda o‘zgacha mehmondo‘stlik, o‘zaro ishonch va ochiqlik muhitini yaratganingizni alohida ta’kilamoqchiman. Tadbirning muvaffaqiyatli o‘tgani, aytilgan maqsadlarga erishilgani ko‘p jihatdan shu tufaylidir.

    Ishtirokchi davlatlar turkiy dunyo g‘oyalariga, o‘ziga xos tarixiy yo‘liga, an’ana va urf-odatlarning bardavomligiga, ajdodlarimiz merosi va umumiy ildizlarimizga qat’iy sodiqligini tasdiqlagani Samarqand uchrashuvining eng muhim natijasi bo‘ldi.

    Bu tushunchalar davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni to‘liq ifoda etadi. Sizning Turkmanistonga, uning xalqiga bo‘lgan hurmatingiz, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga tayyorligingiz tufayli mamlakatimizda Sizga yuksak ehtirom bilan qaraydilar.

    Turkman va o‘zbeklar shunchaki qo‘shni emas. Biz tili, madaniyati, dini bilan bog‘langan, o‘tmish, bugun va kelajakdagi yagona taqdirini his etayotgan qardoshlarmiz. Bu haqda so‘z yuritganda, uchta qadim naqlni keltirmoqchiman:

    • Qo‘shni keldi – ko‘mak keldi;
    • Mehmon otangdan ulug‘;
    • Qiyomat kuni — qo‘shnidan.
    O‘zbek birodarlarimizga nisbatan his-tuyg‘ularimizning asl mohiyati, birgalikda barpo etish, rivojlanish, o‘zaro hamkorlik qilishga doir tasavvurlarimiz aynan shu maqollarda mujassam. Yaqinda Turkmanistonda amalga oshirgan rasmiy tashrifingiz chog‘ida Siz bilan o‘tgan uchrashuvimizda, Samarqanddagi sammit doirasidagi marosimda qo‘llaringizdan “Turkiy dunyoning oliy ordeni”ni olayotganimda shu haqda ko‘p o‘yladim. Bilaman, Siz, qardoshim qo‘llab-quvvatlagani uchun ushbu yuksak mukofotga sazovor bo‘ldim. Buning uchun chuqur minnatdorligimni qabul qiling.

    Hurmatli Shavkat Miromonovich,

    Turkmaniston—O‘zbekiston munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish yo‘lida qilayotgan barcha sa’y-harakatlaringiz uchun tashakur. Sizning O‘zbekistonga rahbarligingiz davomida siyosiy, iqtisodiy, madaniy hamkorligimiz sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi.

    Bir qator yirik qo‘shma infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirildi, tashqi siyosiy sohada, mintaqaviy va global barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik mexanizmlari amalda ishlay boshladi. O‘zbekiston Turkmanistonning betarafligi va xalqaro tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlayotganini ko‘rib turibmiz va yuksak qadrlaymiz. Men buni Siz bilan, Sizning ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tiboringiz va ishtirokingiz, ikki xalq va davlat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikka sadoqatingiz bilan bog‘layman.

    Yana bir bor Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklashga hamda Turkmaniston doim O‘zbekiston yonida turishini, munosabatlarimiz zamiridagi bunyodkorlik maqsadlariga qat’iy amal qilishini ishontirib aytishga ijozat bergaysiz. Sizga, hurmatli Shavkat Miromonovich, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt va farovonlik, O‘zbekiston yetakchiligida, ko‘p qirrali davlat va siyosiy faoliyatingizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Chuqur hurmat va katta ehtirom bilan,

    Gurbanguli Berdimuhamedov, Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi

    * * *

    Turkmaniston Milliy kengashi xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov janobi oliylariga

    Hurmatli Gurbanguli Myalikguliyevich! Qadrli birodarim!

    Avvalambor, yaqinda yurtimizga amalga oshirgan tashrifingiz munosabati bilan yo‘llagan samimiy maktubingiz, O‘zbekiston va shaxsan mening sha’nimga bildirgan iliq fikrlaringiz hamda ezgu tilaklaringiz uchun chin qalbimdan samimiy minnatdorlik bildiraman.

    Joriy yilning 11-noyabrida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Siz, Janobi Oliylarining shaxsan ishtirokingiz anjumanning tarixiy ahamiyati va natijadorligini yanada oshirishga beqiyos hissa qo‘shib, turkiy oilada qardosh o‘zbek va turkman xalqlarining do‘stona aloqalari naqadar yuksak ekanligini yaqqol namoyish etdi.

    Maktubingizda bayon qilganingizdek, qadim va betakror Samarqand shahri ming yillar davomida Sharq va G‘arbni tutashtirib, turkiy va jahon sivilizatsiyalarini bir-biriga yaqinlashtirib, turli madaniyatlarni birlashtirib kelgan, boy madaniy-ma’naviy xazinasi bilan dunyo tamadduniga ulkan hissa qo‘shgan.

    Asrlar davomida yonma-yon tinch va totuv yashab kelgan qardosh xalqlarimizning birligi, hamjihatligi va abadiy do‘stligiga, turkiy davlatlar integratsiyasi va o‘zaro yaqin hamkorligiga, Tashkilotimizning xalqaro maydondagi obro‘ va nufuzini keskin oshirishga beqiyos amaliy hissa qo‘shayotgan Siz, Janobi Oliylarining “Turkiy dunyoning oliy ordeni” bilan taqdirlanishi barcha a’zo va kuzatuvchi davlatlar aholisi orasida juda katta quvonch hamda mamnuniyat bilan qabul qilindi.

    Bu oliy mukofotning tantanali ravishda taqdim etilishi Sizdek oqil va donishmand, chinakam fidoyi, tajribali va vatanparvar davlat hamda jamoat arbobiga, qimmatli ilmiy va ijodiy faoliyati bilan kelajak avlodlar uchun boy ma’naviy-ma’rifiy meros yaratayotgan buyuk shaxsga nisbatan bildirilgan cheksiz ehtirom ramzi hamdir.

    Shubha yo‘qki, bu Turkmanistonni turkiy dunyo va Tashkilotimiz bilan yanada yaqinlashtiradi hamda uning faoliyatida turkman xalqining kengroq ishtirokini ta’minlashga munosib xizmat qiladi. Sammit yakunlari kelgusida Tashkilotimiz doirasidagi serqirra hamkorlik ufqlarini ochishga, mintaqada va xalqaro miqyosda tinchlikni, o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashga, Turkiy sivilizatsiyaning yangi Uyg‘onish davrini boshlashga zamin yaratgani e’tiborlidir.

    Muhtaram Gurbanguli Myalikguliyevich! Maktubingiz zamirida Sizning o‘zbek xalqi va madaniyatiga bo‘lgan chuqur hurmatingiz, tarixiy tomirlari, qalbi mushtarak xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy rishtalarni qadrlash va hamkorlikni rivojlantirishdek ezgu maqsadlar mujassam ekanidan behad xursandman.

    O‘zbek xalqiga qon-qardosh bo‘lgan turkman eli bilan doimiy do‘stlik aloqalari so‘nggi yillarda keng quloch yozgani, yaqin qo‘shnichilik munosabatlari strategik sheriklikning yuqori darajasiga ko‘tarilganini yana bir bor ta’kidlashni istardim.

    Sizning ta’biringiz bilan aytganda, “tug‘ishgan ikki xalq”ning o‘zaro hamfikrligi, ochiq ruhdagi va samimiy muloqoti ellarimizga, birinchi galda yosh avlodlarimizga ibrat va namuna bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz. Ushbu ezgu niyatlar ifodasi sifatida men yaqinda hurmatli Prezident Serdar Berdimuhamedov bilan ko‘rkam Ashxobod shahridagi “Toshkent” bog‘ida daraxt ekkanimiz va bu yerda o‘z to‘yini nishonlayotgan yosh oilaning quvonchiga sherik bo‘lib, ularga oq fotiha berganimizda chuqur ramziy ma’no ko‘raman.

    Turkmaniston bilan o‘zaro manfaatli hamkorligimiz misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarilganini mamnuniyat bilan qayd etish o‘rinlidir. Shu kunlarda Dashoguz shahrida o‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ham bu fikrimning yorqin isbotidir.

    Fursatdan foydalanib, muhtaram Gurbanguli Myalikguliyevich, Sizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st turkman xalqiga esa tinchlik-omonlik va doimiy ravnaq tilab qolaman. Samimiy ehtirom bilan,

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti

    21.11.2022, 19:47   Izoh (0)   6924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jizzaxda 61 kg iste’molga yaroqsiz go‘sht sotuvga chiqarilayotgani aniqlandi

    21.11.2022, 19:18

    “Hozirgi bolalarning ko‘chaga chiqib to‘p tepishga qiziqishi pasaygan. Video-o‘yinlarga e’tibor berishyapti” — Davron Fayziyev

    21.11.2022, 18:33

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Fransiyaga yetib bordi (foto)

    21.11.2022, 18:27

    Hindistonda O‘zbek tili va hind-o‘zbek ilmiy-madaniy aloqalari markazi ochildi

    21.11.2022, 18:26

    “Bunday ko‘rgazma yaqin 30-40 yilda takrorlanmaydi” — Rokko Rante

    21.11.2022, 18:18

    O‘zbekiston va Tojikiston suv-energetika resurslaridan foydalanish bo‘yicha hamkorlikni davom ettiradi

    21.11.2022, 18:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.