• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Vazirlik askar o‘limi sababini ochiqlagan bo‘lsa, qo‘mita raisi matbuot kotibining o‘zboshimchaligini bildirdi: “Daryo”da haftalik dayjest

    Yakunlanayotgan hafta boshida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari gaz ta’minotidagi uzilishlar, elektr tokidagi cheklovlar to‘g‘risidagi muammolar haqida yozgan bo‘lsa, hafta o‘rtasida Mudofa vazirligi Termiz shahrida xizmat qilayotgan askar yigitning uyigi o‘lib qaytgani bilan bog‘liq savollarga javob berdi.

    Kuz-qish mavsumi kirib kelganidan so‘ng Namangan viloyatida elektr energiyasi bo‘yicha murojaatlar ko‘paygani, fuqarolar dispetcherlik xizmatlari yoki Call-markazlarga qo‘ng‘iroq qilib tushishga qiynalayotganidan so‘ng “Namangan hududiy elektr tarmoqlari” korxonasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda “Namangan elektr ta’minoti” deb nomlangan guruh ochilgan. 7,5 mingga yaqin a’zosi bo‘lgan ushbu guruh viloyatning turli hududlaridan yo‘llangan murojaat, shikoyat va savollarga ko‘milib ketgan.

    “11-noyabr Xalqaro elektr energiyasini tejash kuni ekan. Namanganda bu sanani har kuni nishonlayapmiz” deya kinoya qiladi foydalanuvchilardan biri. “Biror hokim yo prokurorning uyida bir soat ‘svet’ bo‘lmasa bormi, nima bo‘ladi?” deya savol yo‘llagan boshqa bir foydalanuvchi. “Nanay qishlog‘ida ‘svet’ni bir kunda 15 marta o‘chirib-yoqishyapti. Nima, qishloqdagilar odam emasmi?” deyiladi Yangiqo‘rg‘on tumanidan yo‘llangan e’tirozda. Yana bir foydalanuvchi esa “Elektr ta’minoti korxonasini ‘UzAvto’dan nima farqi bor? Sizlar ham oldindan to‘lov qildirib istalgan payt ‘svet’ berasizlar, u ham nari borsa 5 daqiqaga” deya zaharxanda qilgan.

    Yakunlanayotgan haftaning yana bir eng shov-shuvli voqeasi bu — Qarshi shahrida yashovchi askar yigit Termiz shahridagi xizmati davomida vafot etgani va uyiga o‘lik holda qaytgani bo‘ldi. Ko‘p o‘tmay Mudofaa vazirligi askar yigit o‘limiga yuragidagi nuqsoni sabab bo‘lganini bildirdi.

    Marhum askar.

    Marhum askar.
    Foto: Marhumning shaxsiy arxividan

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan marhumning yaqini Anvar Shukurovning aytishicha, jasadda tig‘ izlari bo‘lgan.

    “Jasadda tig‘ izi bor. Buni tez tibbiy yordam xodimlari ham tasdiqlashdi. Ularni chaqirgandim, sal kech kelishdi. Ular kelgan paytda jiyanimni yuvib, o‘rab, qabrga olib ketmoqchi bo‘lib turgandik. Shuning uchun murdani ochmadik. Ammo shu videoni ko‘rsatganimda tez yordam shifokori ham bu tig‘ izi ekanini tasdiqladi”, — degandi Anvar aka.

    Foto: “Daryo” / Asliddin Eshonqulov

    Mudofaa vazirligining tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Abdulahatov AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “Jarrohlik amaliyotidan so‘ng ko‘krak qafasini drenajlash bo‘ladi. Marhumning yaqinlari aytayotgan o‘sha tig‘ni drenaj qo‘ygan bo‘ladi. Ko‘krak qafasini teshib, qovurg‘alar orasiga to‘rt-beshta drenaj qo‘yiladi. Operatsiyadan so‘ng qon ketib qoladigan bo‘lsa, biz uni nazorat qilishimiz kerak bo‘ladi-da. To‘satdan o‘lim holatlari yoki asoratlarining oldini olishimiz uchun bu — drenajlash kerak bo‘ladi. Marhumning yaqinlari aytayotgan tig‘ mana shu. Marhum aynan shu tig‘lar asosida vafot etdi deyish noto‘g‘ri”, — dedi.

    Matbuot anjumanida so‘z olgan “Kun.uz” muxbiri Jamshid Niyozov vazirlik mas’ullariga yuzlanib, askar yigit o‘limidan avval harbiy gospitalda emas, xususiy klinikada operatsiya qilinishining sababi bilan qiziqdi.

    “Jarrohlik amaliyoti nega aynan harbiy gospitalda emas, xususiy klinikada amalga oshirildi. Hozirgi matbuot anjumanida Mudofaa vazirligining tibbiy ta’minoti juda yaxshi ekani, 98 turdagi zamonaviy tibbiyot uskunalari olib kelingani aytilmoqda. Xo‘sh, unda nega xususiy klinikaga ehtiyoj tug‘ildi”, — dedi Jamshid Niyozov.

    “Bizda ishlovchi kardiojarroh Rustam Yarbekov ismli professorimiz to‘rtta klinikada ham ishlaydi. Shu bois biz o‘zimizning tekshiruvimizdan so‘ng, malakali mutaxassisga ko‘rsatish uchun bemorni ularga olib bordik. Bizning dastlabki xulosamiz tasdiqlandi. Biz tashxis qo‘yib, amaliyotga tayyor edik. Tekshiruvdan so‘ng shifokorimiz ‘Yuragidagi tromb ko‘chib ketadigan bo‘lsa, to‘satdan o‘lim holati yuz berishi mumkin. Shu bois bemorni qimirlatishga ham ruxsat bermayman. O‘zim jarrohlik amaliyotini o‘tkazib, trombini olib tashlaymiz’, deb xulosa qilganini aytdi. Shundan so‘ng bemor yuragidagi tromb olib tashlandi”, — dedi bunga javoban Bahodir Abdulahatov.

    Bahodir Abdulahatov.

    Bahodir Abdulahatov.
    Foto: “Daryo”

    Mudofaa vazirligi mas’uli marhum askar xizmatga sog‘lom kelganini, yuragidagi o‘simta 8 oylik xizmati davomida paydo bo‘lganini ma’lum qildi.

    “Marhum yigit armiyaga chaqirilayotgan vaqtda Mudofaa ishlari bo‘limida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan. Unda bunday o‘sma alomatlari bo‘lmagan. Biz marhumning barcha tibbiy kartalarini tekshirib ko‘rdik. U yerda hech qanday o‘sma alomatlari yo‘q. Fakt shundaki, askar yigit kelgan vaqtida hududiy tibbiy komissiyada hamda viloyat Mudofaa ishlari boshqarmasidagi harbiy tibbiy komissiyadan o‘tganda soppa-sog‘ bo‘lgan”, — dedi Mudofaa vazirligining tibbiy ta’minot boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Abdulahatov.

    O‘tayotgan haftada, shuningdek, Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumani hokimi fermerdan olgan 100 million so‘m porani turmush o‘rtog‘i orqali olishga uringani ma’lum qilindi. Qoraqalpog‘istonning yangi rahbari Amanbay O‘rinbayev hududdagi rahbarlarning bundayin qilmishiga chek qo‘yish maqsadida raislik faoliyati davomida 15 nafar mansabdorni ishdan olib, 116 nafar mansabdorga intizomiy chora ko‘rganini bildirdi. Jo‘qorg‘i Kenges axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bunga lavozim egalarining davlat dasturlari asosida belgilangan vazifalarning bajarilishi va o‘z sohalari bo‘yicha yuklatilgan vazifalarning bajarilishida bir qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yib, o‘ziga bildirilgan ishonchga mas‘uliyatsizlik bilan qaraganliklari sabab bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”

    Haftaning yana bir shov-shuvli voqeasi bu — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullarining jurnalistga binoni suratga olishini taqiqlashi-yu, Milliy gvardiya xodimlarining jurnalist faoliyatiga xalal berib, uni to‘xtatishga urinishi bo‘ldi. Qo‘mita matbuot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ham jurnalistga qo‘mita binosini suratga olishni qo‘mita raisining shaxsan o‘zi buyurganini aytib, jurnalistning og‘izaki so‘rovlariga javob berishmasligini, jurnalist qo‘mitadan axborot olish uchun rasmiy xat bilan murojaat qilishi kerakligini bildirdi. Ko‘p o‘tmay bu xususida jurnalist chiqishiga munosabat bildirgan qo‘mita raisi matbuot kotibiga binoni suratga olishni taqiqlagani haqida bildirmaganini, matbuot kotibi bu borada o‘zboshimchalikka yo‘l qo‘yganini aytdi. Shundan so‘ng qo‘mita matbuot kotibi tushuntirish xati yozishdan bosh tortib, ishdan bo‘shash haqida ariza yozganini bildirdi.

    20.11.2022, 23:00   Izoh (0)   27040
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryoda ta’mirtalab yo‘ldan norozi aholi uni to‘sib qo‘ydi (video)

    20.11.2022, 22:57

    Andijondagi ko‘p qavatli uyda chiqqan yirik yong‘in bartaraf etildi

    20.11.2022, 22:52

    Andijonda ko‘p qavatli uy yonmoqda. Viloyat hokimi voqea joyiga yetib bordi (video)

    20.11.2022, 22:34

    Navoiyda emizikli it bolalar ko‘z o‘ngida otib o‘ldirildi (video)

    20.11.2022, 21:07

    Sirdaryoda yangi IES ishga tushirildi

    20.11.2022, 19:52

    Samarqandda itni shafqatsizlarcha urib o‘ldirgan Xitoy fuqarosi jazolandi

    20.11.2022, 19:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06

    “Barselona” tarixidagi eng yaxshi futbolchilar reytingi tuzildi

    Sport | 26 iyul, 22:46

    Fabrika matolarga ishlatilgan suvni kanalga tashlagan — Andijondagi kanaldan nega ko‘pik oqqaniga izoh berildi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 22:35

    AQSH Isroilni himoyalash uchun sarflagan havo mudofaa raketalarini tiklashga 1 yil va 2 mlrd dollar kerak — WSJ

    Dunyo | 26 iyul, 22:32
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.