Favqulodda vaziyatlar vazirligi 20-noyabr kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan yirik yong‘in yuzasidan ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, 20-noyabr kuni soat 21:09 da Andijon shahri 3-kichik dahasida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra 12 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 21:18 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:40 da qurshab olingan. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hodisa yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.
Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, mazkur holat nazoratga olinib, viloyat hokimi boshchiligidagi ishchi guruh hamda FVV viloyat boshqarmasi o‘t o‘chirish guruhi tomonidan tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)