• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Daryo” kundaligida 18-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar

    “Daryo” nashri 18-noyabrda O‘zbekiston va jahonda sodir bo‘lgan eng muhim voqealarni e’tiboringizga havola etadi.

    AQSHda Ukrainaga yetkazib berish va’da qilingan qurol-yarog‘ zaxiralari tugab bormoqda — CNN

    AQSH harbiy yordam doirasida Ukrainaga yetkazib berishni va’da qilgan ba’zi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilar zaxiralarining kamayishi muammosiga duch keldi. Bu haqda CNN hukumatdagi bir nechta manbalariga tayanib xabar berdi.

    Xususan, gap 155 millimetrli artilleriya o‘q-dorilari va Stinger ko‘chma zenit-raketa majmualari haqida bormoqda. Hozircha zaxiralari qisqarib ketgan qurollar va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni tezkorlik bilan yo‘lga qo‘yish, shuningdek, ularni Yevropadagi ittifoqdoshlaridan so‘rash imkoniyati bo‘lmayapti.

    Shu bilan birga, AQSH hukumati hech qanday sharoitlarda mamlakat xavfsizligi tahdidga yuz tutmasligini hamda qurol yetkazib berishda buning AQSH strategik zaxiralariga va mudofaa rejalariga ta’siri hisobga olinishini ta’kidlamoqda.

    “Bu tobora qiyin bo‘lib bormoqda”, — deya CNN’ga ma’lum qildi razvedka bo‘yicha qo‘mita a’zosi kongressmen Mayk Kuigli Ukrainaga qurol yetkazib berishni izohlar ekan. “Bu urush bir necha kunda tugaydi, deb o‘ylagandik, endi esa bir necha yillar davom etishi mumkin. Global yetkazib berishlar zanjiri uzilayotgan bir paytda, G‘arb bunday yuqori darajadagi ehtiyojlarni qondirishga juda qiynaladi”, — dedi u.

    O‘z navbatida Pentagon matbuot kotibi Patrik Rayder CNN’ni ishontirishicha, AQSH Ukrainani “qancha talab etilsa, shuncha” qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Ukrainaga qurol yetkazib berish hech ham AQSHning mudofaa qobiliyatini pasaytirmaydi, deya munosabat bildirgan.

    AQSH — Ukrainaning asosiy ittifoqchilaridan biri. Urush boshlanganidan keyin Amerika Ukrainaga bir necha marta ko‘p milliardlik harbiy yordam paketlarini ajratdi, shuningdek, u uchun ijara yoki uzoq vaqt bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish imkonini beruvchi lend-liz dasturini ishga tushirdi.

    MAGATE Rossiyani Zaporojye AESdan chiqib ketishga chaqiruvchi rezolyutsiya qabul qildi

    Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) boshqaruvchilar kengashi rezolyutsiya qabul qilib, unda Rossiyani Zaporojye atom elektr stansiyasidan harbiy va boshqa xodimlarini zudlik bilan olib chiqishga chaqirdi.

    Rezolyutsiya mualliflari Rossiyani stansiyaga egalik bo‘yicha asossiz da’volardan voz kechishga va uning xavfsizligini ta’minlash uchun Ukraina tomonining ZAESga kirib, stansiya ustidan nazoratni tiklashiga ruxsat berishga chaqirdi.

    Reuters xabariga ko‘ra, bu MAGATEning Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiyani Ukraina yadroviy inshootlarida harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiruvchi uchinchi rezolyutsiyasi. Yangi hujjat yopiq ovoz berishda kengash tarkibiga kiruvchi 35 davlatdan 24 tasining vakillari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Yana yetti kishi qarshi ovoz bergan.Reuters manbalariga ko‘ra, ular orasida Rossiya va Xitoy bor.

    Zaporojye atom elektr stansiyasi Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan ko‘p o‘tmay rus harbiylari qo‘liga o‘tgandi. O‘shandan beri stansiya bir necha bor o‘qqa tutilgan, bunda Rossiya va Ukraina bir-birini ayblagan.

    KXDR sharqqa qarata katta masofali ballistik raketa uchirdi

    Shimoliy Koreya Koreya yarim orolidan sharqqa qarata katta masofali ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yonhap agentligi Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasiga tayanib xabar bermoqda. Harbiylar taxmin qilishicha, gap qit’alararo ballistik raketa haqida borayotgan bo‘lishi mumkin. Ayni paytda mutaxassislar uning parvozi parametrlarini tahlil qilmoqda.

    KXDR raketa uchirgani haqida Yaponiya Mudofaa vazirligi ham xabar berdi. Harbiylar parvoz haqida mahalliy vaqt bilan taxminan 10:14 da (Toshkent vaqti bilan 6:14) xabar bergan. Idora ham uning qit’alararo raketa bo‘lganini taxmin qilmoqda.

    Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, snaryad Koreya yarim orolining g‘arbiy sohillaridan uchirilgan va Yaponiya iqtisodiy zonasiga — Xokkaydo orolidan g‘arbga, dengizga kelib tushgan.

    “Yana bir marta qat’iyan ta’kidlayman: bu mutlaqo nomaqbul”, — deya hodisaga izoh berdi Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida. Bu yil boshidan buyon KXDR tomonidan 34-marta raketa uchirilishidir.

    Shimoliy Koreya ketma-ket ikki kundan buyon ballistik raketalar uchirmoqda. Bir kun avval ham KXDR harbiylari Yapon dengiziga qarata snaryad otgandi. Shu kuniyoq Janubiy Koreya va AQSH Mudofaa vazirliklari raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazdi.

    Davlat budjetini rejalashtirishda jamoatchilik nazorati zarur

    Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi doim muammo bo‘lib kelgan. Bu haqda moliya vaziri Timur Ishmetov Senat yalpi majlisida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri. Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, budjetni rejalashtirishda intizomni shakllantirish qiyin kechmoqda.

    “Davlat budjeti mablag‘larining maqsadli sarflanishi doimo muammo bo‘lib kelgan. Avvalo, bu masala vazirliklarda ishni tashkil etish bilan bog‘liq. Bu muammoni birlashib hal qilish zarur. Budjetni shakllantirish grafigi bor.

    Masalan, 2023-yilning davlat budjetini shakllantirishda hech kimdan o‘z vaqtida, sifatli ma’lumot ololmayapmiz. Raqamlar qayta-qayta ko‘rib chiqilaveradi. Vazirliklar yangi loyihalar vaqtini surish, ularni hukumatga chiqarish, qaror qabul qilishni aytadi, “shu topshiriqni bajarish kerak”, deydi. Moliya vaziri sifatida “yo‘q, bunga pul berish kerak emas”, deya ayta olmaymiz.

    Mana hozir 2022-yil budjetiga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqyapmiz. To‘g‘ri tushunish kerakki, budjet resurslari cheklangan. Birinchi navbatda eng muhim masalalarga pul ajratishni o‘rganishimiz kerak. Vazirliklarning budjet mablag‘laridan foydalanish jarayonini nazorat qilish tizimi yaratilishi kerak.

    Davlat xaridlari bo‘yicha aniqlanayotgan kamchiliklar ochiqlanayotgani ham bir tomondan nazorat tizimi ishining ijobiy tomoni sifatida ko‘rish mumkin. Yana bir og‘riqli masala — budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘larini sarflash. Aslida u ham xalqning puli. Ko‘plab shu kabi jamg‘armalar mablag‘lari xodimlar oylik-maoshlariga qo‘shib berilgan. Ikkinchidan esa kapital xarajatlarga, ya’ni qurilishlarga sarflangan. Aslida bunday qurilishlarni investitsiya dasturi doirasida amalga oshirish lozim”.

    Timur Ishmetovning qo‘shimcha qilishicha, muammoga jamoatchilik nazorati ham muhim yechimlardan biri. “Jamoatchilik nazoratini ta’minlash uchun barcha budjet ma’lumotlari ochiqligini ta’minlash kerak. Ochiq budjet portali bor, lekin Ko‘pchilik undan foydalanishni bilmaydi. Ma’lumotlarni oson topish mexanizmi takomillashtirib borilsa, jamoatchilikning buni nazorat qilishga qurbi yetadi”, — deydi vazir.

    Avvalroq Timur Ishmetov 2023-yil 1-yanvardan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushirilishini, undagi barcha ma’lumotlar tahlili bilan chiqilishini aytgandi.

    18.11.2022, 22:59   Izoh (0)   14712
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Tojikiston MDH mamlakatlari orasida ingliz tilini bilish darajasi eng past deb topildi. O‘zbekiston ham quyi o‘rinda

    18.11.2022, 22:03

    Moldova sobiq prezidenti uy qamog‘idan ozod qilindi

    18.11.2022, 20:46

    Rossiya ukrainalik harbiylar asirdagi rus askarlarini otib tashlaganini ma’lum qildi

    18.11.2022, 20:34

    Rossiya elchisi Kremlning Gaaga sudi hukmidan noroziligi sababli Niderlandiya TIVga chaqirtirildi

    18.11.2022, 20:10

    Bayden ma’muriyati Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi bilan bog‘liq ishda Saudiya valiahd shahzodasiga daxlsizlik berilishi kerakligini e‘lon qildi

    18.11.2022, 19:47

    Makron Osiyo davlatlarini Rossiyaga qarshi turishga chaqirdi

    18.11.2022, 19:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40

    Give me Sport. “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 12 iyul, 13:16

    Irim sababli emas: nima uchun uydagi o‘rgimchakni o‘ldirish tavsiya etilmaydi?

    Layfstayl | 12 iyul, 12:35

    Iroqdagi Kurdiston ishchilar partiyasi a’zolari Turkiya bilan kelishish uchun o‘z qurollarini yoqib yubordi

    Dunyo | 12 iyul, 12:20

    Marlon Tapales Naoya Inoue va Murodjon Ahmadaliyev o‘rtasidagi jang oldidan yaponiyalik bokschiga yordam beradi

    Sport | 12 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.