2022-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2 foizga oshgan.
40,1 mlrd dollarlik tashqi savdo aylanmasida eksport 15,5 mlrd dollarni tashkil qildi. Import esa 24,6 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan eksport 3,1 mlrd dollarga, import esa 4,4 mlrd dollarga oshgan.
Yil boshidan beri eksport va import orasidagi farq salbiy saldo shaklida 9,1 mlrd dollarni tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisabatn 1,3 mlrd dollarga ko‘p.
Mavzuga doir:
Izoh (0)