Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qonda “bir guruh shaxslar bir kishini ayamasdan do‘pposladi” sarlavhali videolar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Farg‘ona IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 5-avgust kuni Qo‘qon shahar “Obod” mahallasida fuqaro A.N. va A.G‘.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik ortidan janjal kelib chiqib, bir-birlariga jarohat yetkazishgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, ushbu shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52 va 183-moddalari tartibida maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan
Maʼlumot uchun, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yuqorida keltirilgan moddalari yengil tan jarohati yetkazish va mayda bezorilik bilan bog‘liq.
Avvalroq Farg‘ona viloyatida erkak bir guruh do‘stlari bilan sobiq kuyovini do‘pposlagani to‘g‘risida xabar qilingandi.
Izoh (0)