Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyat Xatirchi tuman davlat soliq inspeksiyasi xodimi mast holda bir fuqorani urib yuborgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Navoiy viloyati prokuraturasi holatga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 1-noyabr kuni soat 17:30 larda Xatirchi tumanida yashovchi soliq xodimi Q.S o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Matiz avtomashinasini boshqarib borayotib, yo‘lning elektroskuterda kesib o‘tayotgan Xatirchi tumanida yashovchi ayol T.I. va uning voyaga yetmagan qizi E.S.ni urib yuborgan.
YTH oqibatida T.I va E.S. turli darajadagi tan-jarohatlar olib, tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Xatirchi tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)