2022-yilning yanvar—sentabr oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan qiymati 281,5 million dollarga teng bo‘lgan 189,2 ming tonna qog‘oz va karton import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, qog‘oz va karton importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 22,6 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida O‘zbekiston eng ko‘p qog‘oz va karton import qilgan davlatlar quyidagicha:
- Rossiya – 106,7 ming tonna;
- Xitoy – 38,7 ming tonna;
- Belarus – 9,8 ming tonna;
- Finlyandiya – 9,2 ming tonna;
- Germaniya – 5,2 ming tonna;
- Ukraina – 3,2 ming tonna;
- Shvetsiya – 3 ming tonna;
- Turkiya – 2,4 ming tonna;
- Polsha – 1,3 ming tonna.
Izoh (0)