• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Rektor va prorektorlar dars berishi kerak” – Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov universitetda 0,5 stavka o‘qituvchilik qilayotganini aytdi (video)

    Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida magistrlar uchun mahorat darsi o‘tdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati e’lon qilgan vazir bilan intervyuda aytilgan. Abduqodir Toshqulov suhbatda universitetda dars berishi, talabalar bilan muloqotda bo‘lishga intilishi, vazirlik va ta’lim muassasalari rahbarlari ham shunday qilishlari lozimligi to‘g‘risida gapirgan.

    Abduqodir Toshqulov

    Abduqodir Toshqulov
    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    “Universitetda dars beraman”

    Umuman olganda, universitetda 0,5 stavka (shtat birligi)da dars beraman va bunga haq olaman. Albatta, bundan ko‘zlangan maqsadlar bor. Birinchidan, o‘zim auditoriyadan chiqib ketmasligim kerak, ya’ni hukumat a’zosi sifatida faqat yig‘ilishlar, topshiriqlar berish bilan cheklanib qolmasligim zarur. Ikkinchidan, talaba bor — oliy ta’lim muassasasi bor, talaba bor — vazirlik bor. Demak, talabalarning tomiri mening qo‘limda bo‘lishi kerak. Dars jarayonida ularning ijtimoiy hayoti va ta’lim sifati haqida so‘rash imkoniyati bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchilar qanday qay tarzda bilim berayotgani, talabalar mustaqil ta’lim bo‘yicha qanaqa topshiriqlar olayotgani, barchasini bilib olamiz. Meni fikrimcha, talaba aldamaydi, u qalbi va tilidagini yuzaga chiqaradi. Shuning uchun dars jarayonida shunday imkoniyatlar bor.

    Bugun magistrlarga dars o‘tdim va ularning bilim hamda saviyasidan haqiqatan qoniqdim. Bizda hamma narsa yomon deydigan norozilik sindromiga duch kelamiz. “Bizda oliy ta’lim sifatsiz”, deydiganlar ham bor. Bor, guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Lekin keyingi 5-6 yilda faqat va faqat sharoit, ta’limda raqobat muhitini yaratish bo‘yicha buni aksini ko‘rayapmiz. Bugun talabalarning savol-javoblaridan ko‘rinadiki, ular nafaqat fan doirasida hozirgi davlatchiligimiz, O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosatiga ham juda qiziqyapti. Qiziqish barobarida fikrlarini ham teran aytayapti. Men universitetga kelganda xursand bo‘lib ketaman, to‘g‘risi. Birinchidan, o‘sha rahbarlik qobig‘idan chiqamiz. Ikkinchidan, O‘zbekistonning kelajagi ishonchli qo‘llarda ekaniga amin bo‘lamiz. Bu bitta shu universitetga xos emas. O‘zini hurmat qilgan rektor va o‘qituvchilar jamoasi, o‘zini hurmat qilgan oliy ta’lim muassasasida geometrik progressiya tarzida rivojlanish bo‘lyapti.

    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    “OTM rahbariyati dars berishi kerak”

    Intervyu va dars jarayonini yoritishga rozi bo‘lishimga ikkita sabab bor. Birinchidan, bu hurmatli rektorlar, prorektorlar, dekanlar, qolaversa, kafedra mudirlariga auditoriyadan uzilmaslik uchun topshiriq, ham signal. Buni vazirlik monitoring qilib, o‘rganib boradi. Nega rektor dars bermasligi kerak? Rektor haq olinadigan tarzda dars berishi kerak. Auditoriyaga kirishi lozim. Uning o‘rniga assistent o‘tishi kerak emas, har holda rektorning tashvishi, yumushi vazirdan ko‘p bo‘lmasa kerak. Bugun ommaviy axborot vositalariga chiqib, o‘zimizning tizimimizga talab qo‘yishga haqqim bor. Rektorlar, prorektorlar, umuman, oliy ta’lim muassasasi rahbariyati dars berishi kerak. Shunda o‘zgarish bo‘ladi. Talabani qalbiga qo‘l solish kerak. Quruq, chiroyli gaplar, tadbirlar, faollar zalidagi yig‘ilishlardagi chiqishlar masalani to‘liq hal qilmaydi.

    Ikkinchidan, hamkasblarim, hukumat a’zolari, davlat boshqaruv organlari rahbarlariga, universitet misolida olib qaralsa, bankirlarga, soliqchilar va bojxona qo‘mitasi rahbariyatiga murojaat qilmoqchimanki, ertangi kadrlaringizni bugun kelib saralang. Kelib ikkinchi, uchinchi bosqichdan, magistrantlarga dars o‘ting. Masalan, men hozir vazirlikka ishga olish bo‘yicha 4-5 nafar talabani ko‘z ostimga olib qo‘ydim. 4-5 ta dars mobaynida sinab, qaysi birlarini menga yordamchi, boshqalarini biror departamentga yarim stavka haq to‘lanadigan ishga ola boshlaymiz. Shuning uchun, har bir soha o‘zining kelajagini kelib saralasin, tanlasin, amaliyotdan o‘rgansin.

    Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

    Ham murojaat, ham topshiriq

    Bugun yoshlarga taklif berdimki, keyingi darslarni vazirlikda o‘tamiz, o‘sha yerda ekskursiya qilasiz, u yerda vazirlik faoliyatini o‘rganasiz deb. E’tibor berdimki, men hozir dars o‘tgan auditoriyani “Turonbank” jihozlab bergan ekan. Ya’ni bularning ko‘z o‘ngida shu muhrlanib qolyapti. Ertaga ular “Turonbank” uchun yaxshi kadr bo‘lib yetishib chiqishga harakat qiladi. Shuning uchun oliy ta’lim sohasini muhokama qilgan yaxshi. Ilmiy darajasi bormi, yo‘qmi, davlat hokimiyatidagilar, yetuk tadbirkorlar, biznesmenlar, marhamat kelib, o‘zini rivojlantirish bo‘yicha leksiyalar o‘qishsin, bittagina fanni olib, bitta auditoriyani jihozlab berishsin, yotoqxonadan to‘rtta xonani jihozlab berishsin. Bu butun jamiyat va davlat ishi. Bugun kelib doimiy darslardan birini yoritilishiga rozi bo‘lganimiz ham bir tomondan murojaat, ikkinchi tomondan topshiriq bo‘lishi uchundir. O‘zimizning yo‘nalish monitoringi bo‘yicha tegishli topshiriqlarni beraman. Har bir rahbar ta’lim muassasalari, davlat organlari bilan jamiyatning aloqasini yaxshilashi kerak, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish lozim. Tanqid o‘z yo‘liga, tanqid ham oyna. Lekin bitta tanqid qilib qo‘yish bilan masala hal bo‘lmaydi. Bunga ishtirokchi kerak, yaxshilash bo‘yicha yelkama yelka turish zarur.

    07.11.2022, 19:14   Izoh (0)   10776
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Farg‘onada Damas urib yuborgan 46 yoshli velosipedchi halok bo‘ldi

    07.11.2022, 19:10

    Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasteri tashkil qilinadi

    07.11.2022, 19:04

    Farg‘onada IIB binosidan 15 yoshli o‘smir murdasi chiqqani aytilmoqda

    07.11.2022, 18:34

    O‘zbekistonda 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi

    07.11.2022, 18:17

    O‘zbekistonda Jazoirning yangi elchisi ish boshladi

    07.11.2022, 18:12

    “O‘zbekneftgaz”: “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy mavsumda 20 ming tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekildi

    07.11.2022, 18:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.