Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-noyabr kuni o‘tkazilgan, sanoatni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mebelsozlikka berilgan bojxona imtiyozlari muddatini 2024-yil 1-yanvarga qadar uzaytirish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish vazifasi topshirildi.
Davlat rahbari ta’kidlaganidek, mebelsozlikda kelgusi yilda mahsulot hajmini 5 trillion so‘mga, eksportni 50 million dollarga yetkazish zarur.
Buxoro, Namangan, Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Xorazmda 100 ga yaqin mahalla mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgani, ularni kengaytirish zarurligi qayd etildi. Ushbu viloyatlar hokimlariga bir oy muddatda mahallalar atrofida mebel sanoat markazlarini tashkil qilishga ko‘rsatma berildi. Shuningdek:
- kelgusi yilda 250 ta mebelchilik loyihasini ishga tushirib, 10 mingta yangi ish o‘rni yaratish;
- 15 ta mebelsozlik sanoat zonalari infratuzilmasiga 55 milliard so‘m ajratish topshirildi.
- O‘zbekistonga Turkiya, Eron va Belgiyadan to‘qimachilik bo‘yicha mutaxassislar olib kelinadi
- O‘zbekiston mutasaddilariga Yevropaga 2023-yilda sanoat eksporti hajmini 700 mln dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi
- O‘zbekistonning 3 ta viloyatida sanoatga ajratilgan pullarning 40 foizi ham o‘zlashtirilmagani tanqid qilindi
- O‘zbekistonda 10 ming dollargacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini chetga olib chiqishga ruxsat beriladi
- Angrenda chinni idishlar va santexnika buyumlari ishlab chiqarish klasteri tashkil qilinadi
Izoh (0)