Noma’lum dron Suriya janubi-sharqidagi AQSH harbiy bazasini raketa bilan o‘qqa tutdi. Bu haqda Al Mayadeen telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, aviazarbalardan so‘ng bazada bir necha portlash sodir bo‘lgan, shundan so‘ng yong‘in boshlangan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, vayronagarchilik ko‘lami, qurbonlar va jarohatlanganlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Shuningdek, telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, keyinroq AQSH harbiylari Mayadin shahri yaqinidagi qishloq xo‘jaligi yerlariga artilleriyadan zarbalar bergan.
Al-Alam telekanalining xabar berishicha, G‘arb koalitsiyasining vertolyotlari Al-Mayadin va Zeybon yaqinidagi shia otryadlari pozitsiyalariga hujum qilgan.
Izoh (0)