• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Livandagi tinchlikparvar kuchlari kazarmasida portlash, 900 kishi asirga olingan “Nord-Ost” terakti va Nobel mukofotidan voz kechgan Pasternak. Kun xronologiyasida 23-oktabr

    23-oktabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan Livandagi tinchlikparvar kuchlariga qarashli kazarmalarning portlatilishi, “Nord-Ost” myuziklining premyerasidagi terakt va Nobel mukofotini rad etgan Pasternakka oid faktlar o‘rin olgan.

    Livandagi AQSH va Fransiya tinchlikparvar kuchlari

    1983-yilning 23-oktabr kuni Bayrutdagi tinchlikparvar kuchlarining kazarmalarida portlashlar yuz bergandi. Hujum Livandagi AQSH va Fransiya harbiylarini yo‘q qilishga qaratilgan bo‘lib, uning oqibatida 307 kishi halok bo‘lgan.

    Foto: Colonelcassad

    Foto: Colonelcassad
    Livandagi fuqarolik urushi 1975-yilda boshlangan. 1982-yilning 6-iyunida mamlakatga Isroil armiyasi bostirib kirib, ular oldiga Livandagi Falastin ozodlik tashkiloti infratuzilmasini, xususan, Bayrutdagi shtab-kvartirani yo‘q qilish vazifasi qo‘yilgan. Bayrutning ikki oy davomida qamal qilinishi tashkilot a’zolarining majburiy evakuatsiyasiga olib kelgan, ammo mahalliy ittifoqchilar qolib, mojarodagi ishtirokini davom ettirgan.

    14-sentabr kuni Livanning yangi prezidenti Bashir Jmayel terakt qurboniga aylangan. Bunga javoban Isroil armiyasi Falastin ozodlik kuchlari ketganidan keyin himoyasiz qolgan G‘arbiy Bayrutga ehtimoliy tartibsizliklarning oldini olish bahonasida bostirib kirgan. Nasroniy-falangachilar, Isroilning mahalliy ittifoqchilari bundan foydalanib, 1976-yili Sabra va Shatiladagi qirg‘in uchun falastinliklardan qasos olishga kirishgan. Shundan so‘ng mamlakatda barqarorlikni qayta ta’minlash uchun xalqaro tinchlikparvar kuchlari yuborilgan bo‘lib, ular orasida AQSH, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya harbiy bo‘linmalari bo‘lgan.

    Foto: Colonelcassad

    Foto: Colonelcassad

    Amerika kontingenti bitta dengiz piyodalari batalyonidan iborat bo‘lib, Bayrut xalqaro aeroporti hududidagi to‘rt qavatli binoga joylashtirilgan. Dengiz piyodalari mojaroda neytral pozitsiyani egallagan, shu bois ular va Isroil armiyasi o‘rtasida to‘qnashuvlar ham bo‘lib turgan. Shu kabi mojarolarning birida amerikalik ofitser qurol qo‘llash bilan tahdid qilib, Isroil tank kolonnasi harakatini to‘xtatgan. 1983-yilning avgusti oxirlarida Livandagi vaziyat keskin yomonlashgan. Kurashayotgan taraf va dengiz piyodalari pozitsiyalari o‘rtasida tez-tez otishmalar yuzaga kela boshlagan.

    1983-yil 23-oktabr kuni soat 06:20 larda Mercedes-Benz yuk mashinasi Bayrut aeroporti hududiga kirib kelgan. U dengiz piyodalari shtabiga suv tashib yurgan yuk mashinasiga o‘xshash bo‘lgan, shu sababli soqchi hech narsadan shubhalanmagan. Mashina shtab qarshisidagi avtoturargohdan ikki marta o‘tib ketib, birdan tezlashgan va yopilmagan darvoza tomon yo‘nalgan. Livandagi tinchlikparvar kuchlari o‘z qurollarini o‘qlanmagan holda ko‘tarib yurgani bois soqchilar kechikish bilan o‘t ochgan. Yuk mashinasi simli to‘siqdan o‘tib, binoga to‘qnashgan.

    Mercedes-Benz ichida 5 tonna “TNT” portlovchi moddasi bo‘lgan. Oqibatda 400 nafar amerikalik askar uxlayotgan dengiz piyodalarining shtabi binosi butunlay vayron bo‘lgan. Portlashdan 20 soniyalar o‘tib, fransiyalik tinchlikparvar kuchlari shtabida ham shu kabi portlash yuz bergan.

    Foto: Colonelcassad

    Foto: Colonelcassad

    Vayronalar orasidagi qutqaruv ishlari bir necha kun davom etgan, odamlarni qidirish ishlari davomida askarlar tez-tez snayperlar tomonidan o‘qqa tutilib turgan.

    AQSH va Fransiya tinchlikparvar kontingenti shtabidagi terrorchilik hujumi oqibatida 241 nafar AQSH hamda 58 nafar Fransiya harbiy xizmatchilari halok bo‘lgan. Bayrutdagi dengiz piyodalarining kazarmalariga hujum Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSH fuqarolariga uyushtirilib, eng ko‘p qurbonlarni yuzaga keltirgan terrorchilik aktlaridan biri hisoblanadi.

    Hodisa joyiga vitse-prezident Jorj Bush va Fransiya prezidenti Fransua Mitteran tashrif buyurgan. AQSH va Fransiya rahbariyati yo‘qotishlarga qaramay, Livandagi tinchlikparvarlik operatsiyasini davom ettirishga qat’iy sodiqligini bildirgan.

    Foto: Colonelcassad

    Foto: Colonelcassad

    Terakt tashkilotchilari aniqlanmagan. Hujum uchun mas’uliyatni Ozod islom inqilobiy harakati o‘z zimmasiga olgan. 1984-yilning fevralida AQSH, Fransiya, Italiya va Buyuk Britaniya o‘z qo‘shinlarini Livandan olib chiqib ketgan.

    Dubrovkadagi terrorchilik akti (“Nord-Ost”)

    Dubrovkadagi terakt — bundan 20 yil oldin 23-oktabr kuni Moskvada boshlangan terrorchilik aksiyasi bo‘lib, Movsar Barayev boshchiligidagi qurollangan jangarilar Dubrovkadagi Teatr markaziga “Nord-Ost” myuziklini ko‘rish uchun kelgan tomoshabinlarni asirga olgandi. Maxsus xizmat xodimlarining binoga hujumi natijasida barcha terrorchilar yo‘q qilingan, asirlarning aksariyati ozod etilgan. Umumiy hisobda rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 130 asir halok bo‘lgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Dubrovkadagi Teatr markazi binosi 1974-yili Melkinov ko‘chasida qurilgan bo‘lib, 2001-yili Veniamin Kaverinning “Ikki kapitan” romani asosida yaratilgan “Nord-Ost” myuzikli ehtiyojlari uchun qayta ta’mirlanib, nomi o‘zgartirilgan. 2002-yilning 23-oktabr kechasi soat 21:00 da Teatr markazi binosiga kamuflyajdagi qurollangan shaxslar bostirib kirib, besh nafar qo‘riqchini qurolsizlantirgan. Guruhning asosiy qismi “Nord-Ost” myuziklining ikkinchi akti qo‘yilayotgan konsert zaliga yo‘l olgan, u yerda 800 dan ortiq tomoshabin bor edi. Qolgan jangarilar teatrning qolgan qismlarini ko‘zdan kechirgan. Jami 912 kishi asirga olingan, ular orasida xorij fuqarolari ham bor edi.

    Terrorchilar tomoshabinlar zalida havoga qarab o‘q uzib, binoga portlovchi qurilmalar o‘rnatilganini ma’lum qilgan. Ular tomoshabinlar zalining devorida har 5 metrga portlovchi qurilmalarni o‘rnatgan, markaz va balkonga metall ballonlar o‘rnatilgan bo‘lib, uni xudkush-ayol qo‘riqlagan. Har bir ballonning ichida 152 millimetrli artilleriya portlovchi snaryadlari bo‘lgan. Snaryad va ballon devori orasidagi qatlam yakson etuvchi elementlar bilan jihozlangan.

    Terrorchilar ayrim asirlarning uyiga qo‘ng‘iroq qilishga ruxsat berib, ularga har bir o‘ldirilgan yoki yaralangan jangari uchun 10 kishidan o‘ldirishlarini aytishini buyurgan. Shundan keyin barchaning mobil telefonlari olib qo‘yilgan. Terrorchilar asirlarga suv va yegulik bermagan, ko‘pchilik hatto hojatxonaga ham qo‘yilmagan.

    Bosqin boshlangan zahoti xizmat xonasida bo‘lgan teatr aktyorlari va xizmatchilarining bir qismi qochishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq terrorchilar 15 nafar voyaga yetmagan hamda xorij fuqarosini qo‘yib yuborgan. Hujum haqidagi xabar huquq-tartibot organlariga yetib borgach, Teatr markazi binosini militsiya va ichki qo‘shinlar harbiy xizmatchilari qurshab olgan, zirhli texnikalar, “Alfa” maxsus bo‘linmasi harbiylari jalb etilgan. Tezkor shtab tuzilib, Rossiya prezidenti va bosh vazir zudlik bilan xabardor qilingan. Shu sababli Putin Moskvada Germaniya kansleri bilan uchrashuvini va Portugaliyaga ishchi safarini bekor qildirgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Kuch tuzilmalari vakillarining terrorchilar bilan muzokaralari boshlangan. Jangarilar kattasi Movsar Barayev hukumat rasmiylari bilan uchrashishni talab qilgan. Muzokaralarga taniqli insonlar jalb etilgan, ammo u hech kimni eshitishni istamagan. Terrorchilar bilan dastlabki aloqa 24-oktabr kuni o‘rnatilgan: soat 00:15 da markaz binosiga Rossiya Davlat dumasi deputatlari Aslambek Aslaxanov kirgan. Undan keyin 26-oktabr tongiga qadar Barayevning oldiga rossiyalik siyosatchilar (Iosif Kobzon, Grigoriy Yavlinskiy, Irina Xakamada) shifokorlar (Qizil Xoch, Leonid Roshal, iordaniyalik shifokor Anvar Al-Said), jurnalistlar (Anna Politkovskaya, Sergey Govoruxin, Mark Franketti), Ingushetiya sobiq prezidenti Ruslan Aushev, qo‘shiqchi Alla Pugachyova kirgan. Mazkur muzokaralar davomida terrorchilar yigirmadan ortiq odamni qo‘yib yuborgan.

    Asirlarga yordam berish uchun teatr binosiga oddiy fuqarolar ham kirishga uringan, biroq ular terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan. 24-oktabr kechasi binoga kirishga muvaffaq bo‘lgan moskvalik Olga Romanova jangarilarning birinchi qurboniga aylangan. Keyinroq harbiy yurist Konstantin Vasilyev forma va guvohnomasi orqali bino ichiga kirgan va o‘zini asir bolalarga almashishni taklif qilgan, biroq uni ham otib tashlashgan. Shuningdek, asirlar orasida o‘g‘li bor deya xato o‘ylab, binoga kirgan avtokranchi Gennadiy Vlax ham o‘ldirilgan.

    Kundan kunga jangarilar o‘zini tajovuzkor tuta boshlagan. Ular 26-oktabr tongidan asirlarni o‘ldirishni boshlashini ma’lum qilgan. Shu bois belgilangan kunga o‘tar kechasi maxsus xizmat xodimlari binoning birinchi qavatiga kirib, devorlardan kichik teshiklar ochgan. Ular yordamida ventilyatsiyaga yo‘l ochilib, videoapparaturalar o‘rnatilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Shtrum mayda detallariga qadar inobatga olingan edi, ammo operatsiyani ertaroq boshlashga to‘g‘ri kelgan. 26-oktabrga o‘tar kechasi asirlardan birining asablari dosh bermay, suv idishini asosiy bomba yonida o‘tirgan xudkush-ayolga uloqtirgan. Jangarilar o‘t ochishni boshlagan. Otishmada yana ikki kishi yaralangan bo‘lib, ularning biri vafot etgan.

    Mutaxassislar ventilyatsiya tizimi orqali uxlatuvchi gazni qo‘yib yuborgan. Soat 05:45 da operatsiya boshlangan, barcha guruhlar binoga turli tomondan kirishni boshlagan. Ayrim joylarda terrorchilar kuchli qarshilik ko‘rsatgan. To‘qnashuv yakunlanmasidan, harbiylar odamlarni evakuatsiya qilishni boshlagan. Gaz ta’sirida bo‘lgan asirlarning aksariyati o‘ziga kelishi uchun deraza oynalari sindirilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Soat 06:30 da FXX rasmiy vakili Teatr markazi maxsus xizmatlar nazoratiga olingani, Movsar Barayev va terrorchilarning katta qismi o‘ldirilganini ma’lum qilgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida 40 nafar terrorchi o‘ldirilgan. Teatr markazidan jami 30 ta portlovchi qurilmalar, 16 ta F-1 va 89 ta qo‘lbola granatalar olingan. Portlovchi moddalarning umumiy trotil ekvivalenti 110-120 kilogrammni tashkil etgan. Binoga umumiy hisobda 60 million rubllik zarar yetkazilgan.

    Foto: “RIA Novosti”

    Foto: “RIA Novosti”

    Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgan Pasternak

    1958-yilning 23-oktabr kuni Boris Pasternak adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilgandi. Biroq shoir undan voz kechgan. 1989-yilda esa Nobel qo‘mitasi tarixiy adolatni tiklab, mukofotni marhum shoirning o‘g‘li Yevgeniy Pasternakka topshirgandi.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Pasternak nafaqat rus adabiyotining betakror shoiri bo‘lgan, balki u ijodiy umri davomida nasriy asarlar yaratish yo‘lida ham ancha mehnat qilgan. Urushdan keyingi yillarda u “Doktor Jivago” romanini yozib tugatgan hamda unda shaxsiy va ijtimoiy hayot orasida arosatda qolgan Sergey Sikorskiyga qondosh rus ziyolisining obrazini yaratgan. Romanda sovet davri yozuvchilari orasida birinchi bo‘lib inqilob g‘oyasi rad etilgan va jamiyatni ijtimoiy jihatdan qayta qurish mumkinligiga shubhalar ochiqlangan. Shunday qilib, asar Pasternakning totalitar tuzum tomonidan tazyiq ostiga olinishiga sabab bo‘lgan.

    Pasternak roman g‘oyasini uzoq vaqt davomida o‘ylab yurgan, unga puxta tayyorgarlik ko‘rgan. Asar 1903–1929-yillardagi voqealarni tasvirlab o‘tadi. 1946-yilning fevralida romanning ilk sahifalari qoralana boshlangan. Avgust oyida asarning birinchi bobi tayyor bo‘lgan edi. “Doktor Jivago” “mafkuraviy jihatdan begona” mualliflarga qarshi kurashning boshlanishiga sabab bo‘lgan. Shunga qaramay, Pasternak romanni davom ettiravergan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    1957-yil 5-sentabrda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi “Doktor Jivago” romanini Italiyada rus tilida nashr ettirgan. Qizig‘i, roman qo‘lyozmasi okean ortiga qanday yetib borgani hozirgacha sir bo‘lib qolmoqda. Lekin muallifning bu ishga roziligi bo‘lgani aniqdek. Asar nusxalari bu orada sobiq sho‘ro hukumatining qo‘liga kelib tushgan. Albatta, romanga qiziqish ortdi, har bir bob o‘rganib chiqilishi kerakligi haqida topshiriq berilgan. Shunday qilib, Pasternakning ushbu romani sotsializm mohiyatini noto‘g‘ri talqin qilgan asar sifatida baholangan.

    Roman sho‘ro tuzimini qattiq tanqidga olgani tufayli Sovet Ittifoqida 1988-yilgacha chop etilmagan. Aynan shu sababdan MRB SSSR aholisiga bu kitobni tarqatishga kirishgan.

    Hammasi shundan keyin boshlangan. Pasternak ijtimoiy hujumga uchragan. 1958-yil 23-oktabr kuni esa u Nobel mukofotini topshirish uchun taklifnoma haqida telegramma olgan. Ushbu asari uchun Nobel mukofotining berilishi Pasternak va hukumat o‘rtasidagi munosabatni yanada keskinlashtirgan. Komsomollar rahbari Semichasniy Moskvadagi yig‘inda “mayli, Boris Pasternak xohlasa, Nobel mukofotini borib olsin, lekin vatanimizga qaytishni o‘ylamasin”, degani ko‘rsatiladi manbalarda.

    Boris Pasternak, albatta, bunga rozi bo‘lmagan. Ijodkor o‘z jasoratini namoyon qilgan va “Rossiyadan ketish men uchun o‘lim bilan barobar”, deya mukofotdan voz kechgan. Shu voqealardan so‘ng Pasternakka qaratilgan hujumlar bir muncha pasaya boshlagan.

    Nobel qo‘mitasi qoidalariga ko‘ra, mukofotni topshirishga bog‘liq barcha hujjatlar 50 yil davomida sir saqlanadi. 2009-yilning yanvarida 1958-yilga oid hujjatlar ommaga oshkor qilingan. Bundan foydalangan Shvetsiya gazetasi o‘sha yilgi mukofotlarga yana kimlar da’vogarlik qilganini aniqlagan.

    Foto: Pinterest

    Foto: Pinterest

    Kim adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureatiga aylanishini an’anaviy ravishda Shvetsiya Akademiyasi maxsus kollegiyasi aniqlaydi. Har yili ular o‘nlab va hatto yuzlab nomzodlarni ko‘rib chiqadi. Nobel mukofotini topshirish qoidalariga muvofiq bitta nomzod Shvetsiya Akademiyasi tomonidan istalgancha ilgari surilishi mumkin. Masalan, daniyalik yozuvchi Yoxannes Yensen nomzodi 18 marta ilgari surilgan va u 1944-yilda mukofotga loyiq ko‘rilgan.

    Ochiq ma’lumotlarda keltirilishicha, Boris Pasternak 1946-yildan boshlab potensial nomzod sifatida ko‘rib kelingan, ya’ni “Doktor Jivago” romani Milanda chop etilishidan 11 yil oldin.

    23-oktabr kuni yozuvchi Nobel qo‘mitasiga telegramma yuborgan: “Minnatdorman, xursandman, g‘ururlanyapman, xijolatdaman”. Biroq 29-oktabr kuni Pasternak hukumat ta’sirida ikkinchi telegrammani yo‘llashga majbur bo‘ladi: “Menga loyiq ko‘rilgan mukofot men mansub jamiyatda qanday qanday qabul qilingani bois uni rad etishim kerak. Mening ixtiyoriy rad etishimni haqorat sifatida qabul qilmangiz”.

    Pasternak o‘limining oxiriga qadar mukofotni olmagan. Buni 1989-yilda shoirning o‘g‘li Yevgeniy Pasternak amalga oshirgan. Nobel mukofotidan voz kechish Pasternakni jamiyatdagi hujumlardan saqlab qola olmagan, daromaddan ayirgan va kasalligini og‘irlashtirgan. Boris Pasternak 1960-yilning mayida vafot etgan.

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: AQSH foydasiga ishlagan SSSR razvedkachisi, mashhur Faberjening zargarlik ustaxonasi ochishi va Kanada parlamentida otishma uyushtirgan erkak. Kun xronologiyasida 22-oktabr

    23.10.2022, 09:30   Izoh (0)   62669
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Texasdagi kasalxonada sodir etilgan otishma oqibatida 2 hamshira halok bo‘ldi

    23.10.2022, 09:17

    Si Szinpin 3-muddatga Xitoy yetakchisi etib saylandi

    22.10.2022, 20:22

    “Terroristlarga xos taktika”. Zelenskiy Rossiya qo‘shinlarining energetika tizimi obyektlariga bergan zarbalari haqida gapirdi

    22.10.2022, 19:46

    Belgorod viloyatidagi Shebekino shahri o‘qqa tutildi. Ikki kishi halok bo‘lgan (foto, video)

    22.10.2022, 17:26

    Ostona shahri yana Ginness rekordlari kitobiga kiritildi

    22.10.2022, 17:07

    Rossiya qo‘shinlari Xerson viloyatining g‘arbidan chekinishni boshladi — ISW

    22.10.2022, 16:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.