Surxondaryo viloyati Boysun tumanida YPX inspektori fuqaro tomonidan kaltaklangani haqida xabar tarqaldi. Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati buni tasdiqladi.
Malum bo‘lishicha, 15-oktabr kuni soat 11:50 larda Boysun tumani “Tuzbozor” mahallasi hududida xizmat olib borayotgan inspektor nazorat tariqasida M.A. boshqaruvidagi Nexia’ni to‘xtatib, haydovchining shaxsini planshet orqali tekshirganda u qidiruvda ekanligi aniqlangan.
YPX inspektori fuqaro u bilan tuman IIBga borishi kerakligini aytganida haydovchi uning qonuniy talabga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan va inspektorni urib, tan jarohati yetkazgan.
Inspektorning qo‘lidan o‘ziga tegishli hujjatlarini olib voqea joyidan ketishga urungan vaqtida shu yaqin atrofda xizmatga jalb etilgan IIO xodimlari yetib kelib, fuqaro Boysun tumani IIBga olib borilgan.
Sud tibbiy ekspertizasining 16-oktabrdagi dastlabgi ma’lumotnomasiga ko‘ra inspektorda yengil tan jarohati mavjudligi ko‘rsatilib, holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atigan.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga doir:
Izoh (0)