Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida mast fuqaro yo‘l-patrul xizmati inspektorini onasidan so‘kib, unga kuch ishlatgani aks etgan videolavha tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati rahbari Shohrux G‘iyosov holatga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, holat 21-sentabr kuni soat 15:40 larda Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tuvchi 4R Yakkabog‘—Chiroqchi—Ko‘kdala—Sho‘rbozor avtomobil yo‘lining 66-kilometrida sodir bo‘lgan. Chiroqchi tumani YPX inspektori serjant A.Rahmatov tomonidan tekshirish uchun Nexia transport vositasi to‘xtatilgan. Shunda mashinadagi yo‘lovchi — fuqaro Sh.M. (1991-yilda tug‘ilgan) mast holatda xodimning qonuniy harakatlariga halaqit berib, uni haqorat qilgan.

Xodim jamoat tartibini buzilishini oldini olish uchun ratsiya orqali yordamchi naryad chaqirtirganida, Sh.M. voqea joyidan yashirinmoqchi bo‘lgan.

Tarmoqda tarqalgan videotasvirda xodim huquqbuzarning voqea joyidan qochib ketishini oldini olib, unga nisbatan jismoniy kuch ishlatayotgan holati tasvirlangan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, huquqbuzar protsessual tartibda qamoqqa olingan.

“YPX inspektori A.Rahmatovning o‘z vazifasini bosiqlik bilan, provokatsiyalarga uchmagan holda bajargani, yordamchi kuchlar yetib kelgunga qadar vaziyatni izdan chiqishiga va huquqbuzarni yashirinishiga yo‘l qo‘ymagani uchun navbatdan tashqari rag‘batlantirish masalasi ko‘rilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi