Jahon banki oktabr oyi oxirigacha Ukrainaga yana 530 million dollar ajratadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
13-oktabr, payshanba kuni Jahon banki prezidenti Devid Malpas ta’kidlaganidek, tashkilot hozirgacha mamlakatga 11 milliard dollar ajratgan.
Biz hozirda sug‘urta shakli bo‘lgan donor kafolatlaridan foydalanmoqdamiz. Hozirgacha biz Ukraina hukumatiga 11 milliard dollar ajratdik. Shu oyning oxiriga qadar Britaniya hukumati tomonidan kafolatlangan yana 530 million dollar bo‘ladi. Shuningdek, Daniyadan yordam ko‘rsatilmoqda, — dedi Malpas.
Jahon banki rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Ukrainaga resurslar jo‘natishda ko‘plab davlatlar ishtirok etmoqda.
Avvalroq urush boshlanganidan beri AQSH Ukrainaga 16,8 milliard dollarlik yordam paketi ajratgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)