• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti organik sintezning innovatsion uslublari uchun berildi

    Kimyo bo‘yicha 2022-yilgi Nobel mukofoti amerikalik Karolin Bertotssi va Barri Sharplessga hamda daniyalik Morten Meldalga berildi. Bu haqda Nobel qo‘mitasi Twitter orqali ma’lum qildi.

    https://twitter.com/NobelPrize/status/1577596410253508608

    Olimlar “klik-kimyo va bioortogonal kimyo uslublarini ishlab chiqqani” uchun mukofotlandi. Gap organik sintezning innovatsion uslublari haqida bormoqda, ular yangi birikmalarni, shu jumladan, yangi dorilarni yaratish jarayonini ancha soddalashtiradi va samaraliroq qiladi.

    Klik-kimyo juda xilma-xil birikmalar sintezi uchun universal yondashuv (maxsus “adapterlar”)dan foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday yondashuv yangi birikmalarni yaratish jarayonida ikkilamchi reaksiyalarni sezilarli darajada kamaytirish va umuman sintez sxemasini soddalashtirish imkonini beradi. Klik-kimyo Barri Sharpless tomonidan 2000-yillar boshida ishlab chiqilgan va Morten Meldalning ishlanmalari bilan to‘ldirilgan.

    Asosiy hissa Karolin Bertotssi tomonidan qo‘shilgan bioortogonal kimyo deganda xuddi shunday yondashuvlarni endi tirik organizmlar ichida qo‘llash nazarda tutiladi. Bertotssining ishlanmalari yordamida tirik hujayralar yuzasida, ularning o‘ziga zarar bermagan holda, yo‘naltirilgan kimyoviy reaksiyalar o‘tkazish mumkin bo‘ldi.

    2022-yilgi Nobel haftaligi 3-oktabrda boshlandi. An’anaga ko‘ra, birinchi bo‘lib tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot g‘oliblari e’lon qilindi. 2022-yilda shved olimi Svante Paabo “yo‘q bo‘lib ketgan gomininlar genomi va inson evolyutsiyasiga oid kashfiyotlar” uchun mukofotga sazovor bo‘ldi.

    4-oktabr kuni esa fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi. Bu yilgi mukofot uch nafar olim — Alen Aspe (Fransiya), Jon F. Klauzer (AQSH) va Anton Zaylingerga (Avstriya) “chigal fotonlar bilan tajriba o‘tkazgani, Bell tengsizliklarining buzilishini aniqlagani va kvant informatikasidagi kashfiyotlari” uchun berildi.

    6-oktabr kuni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilinadi. 7-oktabr kuni Osloda tinchlik bo‘yicha mukofot sohibi ma’lum bo‘ladi. 10-oktabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim olgani e’lon qilinadi.

    Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.

    2021-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofotini Benjamin List va Devid Makmillan “asimmetrik organokatalizni rivojlantirgani uchun” qo‘lga kiritgandi.

    05.10.2022, 15:16   Izoh (0)   13924
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Green Card nima va uni qanday qo‘lga kiritish mumkin? Eng asosiy ma’lumotlar

    05.10.2022, 14:56

    Qozog‘istondagi prezidentlik saylovlarida To‘qayevning nomzodi ilgari surildi

    05.10.2022, 13:24

    Qirg‘iziston parlamenti rahbari iste’foga chiqdi

    05.10.2022, 12:55

    Internetda Medvedevning KXSHTga harbiy yordam so‘rab yozgan xati paydo bo‘ldi. Rossiya uni qalbaki deb atadi

    05.10.2022, 12:28

    Putin Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi va yangi subyektlar rahbarlarini tayinladi

    05.10.2022, 12:09

    Ukraina Qurolli kuchlari ikkita frontda muvaffaqiyatga erishmoqda — Britaniya razvedkasi

    05.10.2022, 12:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.