Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda Nobel haftaligi boshlandi. Birinchi bo‘lib, an’anaga ko‘ra, fiziologiya va tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi.

Bu yil mukofot shvetsiyalik olim Svante Paaboga nasib qildi, uning ilmiy ishi “qirilib ketgan gomininlar (gorilla, shimpanze, shuningdek, zamonaviy odamlar va Homo oilasining qirilib ketgan vakillarini birlashtiruvchi guruh) genomi va odam evolyutsiyasi tadqiqotlari”ga bag‘ishlanadi.

2021-yilda tibbiyot va fiziologiya sohasidagi Nobel sovrindorlari AQSHda faoliyat yurituvchi Devid Julius va Ardem Pataputyan bo‘lgandi. Mukofot ularga harorat va sezgi retseptorlariga oid tadqiqot uchun berilgandi.

4-oktabr kuni fizika, 5-oktabr kuni kimyo, 6-oktabr kuni adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilinadi. 7-oktabr kuni esa Osloda tinchlik bo‘yicha mukofot sohibi ma’lum bo‘ladi. 10-oktabrda esa iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim olgani e’lon qilinadi.

Mukofotlarni topshirish marosimi 10-dekabrda — mukofot ta’sischisi Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda sovrindorlar mukofotlarni Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav ishtirokidagi tantanali marosimda shaxsan qabul qilib oladi. Biroq 2020 va 2021-yillarda koronavirus pandemiyasi tufayli, marosim videoformatda o‘tkazilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Maslahatlar
Bir necha daqiqada ichida djinsi kiyimlardan yog‘ dog‘larini tozalashga yordam beradigan usullar
Mahalliy
Surxondaryoda “Jiguli” qo‘ylar podasini urib yubordi
Mahalliy
“Biz uchun JSTga qo‘shilish mutlaq ustuvor vazifa” –  tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Obidov