Qirg‘iziston parlamenti spikeri Talant Mamitov iste’foga chiqdi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Men spikerlikdan ketishga qaror qildim, bu shaxsiy qarorim. O‘ylaymanki, hamkasblarim meni to‘g‘ri tushunadi. Bugundan boshlab spiker lavozimi bo‘sh”, — dedi Mamitov 5-sentabr kungi parlament yig‘ilishida.
Mamitovning aytishicha, u iste’foga chiqish haqida avvaldan, 14—17-sentabr kunlari Tojikiston bilan chegarada sodir bo‘lgan to‘qnashuvlar paytida qaror qilgan.
Mamitov 2020-yil 4-noyabrda Qirg‘iziston parlamenti spikeri etib saylangan edi. 2010—2020-yillarda u “Ata-Jurt” va “Respublika-Ata-Jurt” siyosiy partiyalaridan parlament deputati bo‘lgan.
Qirg‘iziston matbuotiga ko‘ra, respublika parlamenti spikeri lavozimiga asosiy nomzod “Ata-Jurt Kirgizistan” fraksiyasi vakili Nurlan Shakiyev bo‘lib turibdi.
Izoh (0)