O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—avgust oylarida avtomobillar va yengil avtomashinalarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlar hajmi 2,25 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,7 foizni tashkil qildi.
Yil boshidan beri avtomobillarni ijaraga berish bo‘yicha xizmatlarning umumiy hajmidagi eng yuqori ulush Toshkent shahrida qayd etildi — 26,4 foiz.
Bu borada ikkinchi o‘rinni Toshkent viloyati (13,7 foiz) egallagan bo‘lsa, Andijon viloyati (9,3 foiz) bilan uchinchi bo‘ldi.
Qashqadaryo (8,4 foiz), Farg‘ona (7,7 foiz) va Samarqand (7,3 foiz) viloyatlari ham yaxshi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan.
Ijaraga berish xizmatlari bo‘yicha eng kam ulushga ega bo‘lgan hudud Sirdaryo viloyati bo‘ldi — 0,9 foiz.
O‘zbekistonda qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilmoqda?
O‘zbekistonda 2022-yilning yanvar—avgust oylarida 187 610 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgan.“Daryo” hisob-kitoblariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davrida ishlab chiqarilgan avtomobillar soniga nisbatan 66 019 taga ko‘p.
Sakkiz oy ichida eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil Cobalt bo‘ldi — 60,6 mingta. Bu rusumda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 65,4 foizga o‘sgan.
Avgustda Cobalt avtomobilini ishlab chiqarish hajmida o‘sish kuzatilgan — 7,7 mingta. Biroq iyul oyida atigi 3,5 mingta bunday avtomobil ishlab chiqarilgan. Iyun oyida bu ko‘rsatkich 10 mingdan oshiq bo‘lgan edi.
Yanvar—avgust oylarida yengil avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha Gentra (55,4 ming) ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, Damas (46,6 ming) uchinchi bo‘ldi.
Bundan tashqari, yil boshidan beri 15 680 ta Nexia-3 (o‘tgan yilga nisbatan 7,3 foizga ko‘paydi), 8 657 ta Spark (33,5 foizga oshdi), 12 168 ta maxsus yengil avtomobillar (37,4 foizga oshdi) va 92 dona Tracker ishlab chiqarildi.
Izoh (0)