Yangi banan zamburug‘i butun jahon bo‘ylab tezlik bilan tarqalmoqda. Zamburug‘ Afrikani o‘n yil avval ham zararlagan edi, hozir esa u juda tez tarqalib boryapti. Bu haqda EastFruit xabar bermoqda.
Bu Vageningen (WUR) va Utrext universitetlari o‘tkazgan genetik tadqiqotlarda tasdiqlandi.
O‘simliklar patologiyasi professori Gert Kema va uning hamkasblari kasallik Afrikaning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotganini aytishmoqda.
TR4 dominant shtammi banan yetishtiruvchi fermerlar plantatsiyalarini zararlamoqda. So‘nggi o‘n yil ichida kasallik Osiyo va Janubiy Amerikaga ham tarqaldi.
Tanzaniya, Malavi, Uganda va Ruanda kabi mamlakatlarda banan millionlab odamlar uchun asosiy oziq-ovqat hisoblanadi.
Ular, ko‘pincha, butun jahon bo‘ylab supermarketlarda sotiladigan “Kavendish” bananlarini, shuningdek, mahalliy navlarni yetishtirishadi.
Professor Gent Kemaning aytishicha, navlarning hammasi ham TR4 ga sezgirmi-yo‘qmi, bu ma’lum emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kasallik mazkur mamlakatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solmoqda.
Avvalroq O‘zbekistonda deyarli barcha bananlar Ekvadordan keltirilishi haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)